Нормал физиология курсига кириш



Download 233,62 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana02.04.2022
Hajmi233,62 Kb.
#525327
1   2   3
Fiziologik tekshirish usullari. 
Fiziologiya 
eksperimental
fan. Fiziologiya 
hayot hodisalarini kuzatib va o’rgana borib, ularga sifatli va miqdoriy baho 
berishga, ya’ni (ularni) aniq tasvir qilish va o’lchashga, shuningdek kuzatish 
natijalarini xujjatlashga intiladi. 
O’lchash uchun ham, asoslash uchun ham tekshirish usuliga mos maxsus 
asbob va anjomlar kerak. CHunki ko’pgina jarayonlar shu qadar oz bo’lib, 
shunchalik tez o’tib ketadiki, ularni o’lchash uchun maxsus moslamalar zarurdir. 
Zamonaviy fiziologiya yuksak darajadagi sezgir apparatlardan foydalanayotganligi 
bilish imkoniyatlarini g’oyat kengaytiradi. 
Mutaxassis fiziologiya jarayonlarini kuzatibgina qolmasdan, balki 
nima 
uchun bu jarayon sodir bulayotganligini 
ham bilishi zarur. Buning uchun fiziolog 
maxsus, o’zgarib turadigan sharoitda 
 tajriba, eksperiment
o’tkazishi zarur. 



Fiziologlar organizmdagi har qanday jaryonlarni tajribada tekshirilayotgan 
paytda mazkur jarayonni qanday sharoitda vujudga keltirish, kuchaytirish yoki 
susaytirish mumkinligini aniqlashga intiladilar. 
Fiziologik tajriba shakli tekshirish vazifasiga ham bog’liq. Masalan, tashqi muhit 
ta’siri aniqlanayotganda tekshiriluvchi havoning gaz tarkibi yoki harorati, namligi, 
yorug’ligi o’zgartirilgan xonaga joylanadi. Bunda tahlil aniq bo’lishi uchun 
tekshirilayotgan faqat bir omil o’zgartiriladi, faqat bir ta’sir ko’rsatiladi va 
eksperimentning tekshirilayotgan bir shartidan boshqa hamma shartlari turg’un 
turgan sharoitda o’tkaziladi. 
Organizmdagi biror a’zoning funktsiyasi yoki ahamiyatini bilish uchun 
fiziologlar shu a’zoni yoki uning biror qismini olib tashlashadi (
olib tashlash,
yoki 
ekstirpatsiya usuli
) yoki organizmning yangi joyiga ko’chirib o’tkazishadi 
(
kuchirib o’tkazish, 
yoki 
transplantatsiya usuli
) va bu muolajadan so’ng qanday 
oqibatlar bo’lishini kuzatishadi. A’zo faoliyati nerv tizimi ta’siriga bog’liq 
ekanligini bilish uchun shu a’zoga boradigan nerv tolalari qirqiladi (
denervatsiya 
usuli
). A’zolarning qon tomir tizimi bilan aloqasini uzish uchun turli qon tomirlar 
bog’lab tashlanadi (
ligatura solish usuli
) yoki bir tomirning markaziy qismi 
ikkinchi tomirning periferik qismiga ulanadi (
tomirlar anostomozi usuli
). . 
Gavdaning ichkarisida joylashgan va shuning uchun bevosita kuzatib 
bo’lmaydigan ba’zi a’zolar faoliyatini o’rganish uchun 
fistula qo’yish usuli
qo’llaniladi. Yurak, qon tomirlari, bez yo’llarida o’tkaziladigan bir qator 
tekshirishlarda ularga ingichka naychalar – kateterlar suqiladi, a’zolar faoliyatini 
yozib olish uchun bu kateterlar turli maxsus asboblarga ulanadi yoki muayyan 
moddalar shu kateterlar orqali yuboriladi (
kateterizatsiya usuli
) . A’zolar 
faoliyatini sun’iy qo’zg’atish uchun fiziologlar elektr, mexanik, kimyoviy yoki
boshqa biror yo’l bilan ta’sir ko’rsatishadi. 
Yuqorida aytib o’tilgan usullar o’tkir va surunkali tajribalarda tadbiq etiladi. 
O’
tkir tajribalar
(eki 
vivisektsiya)
hayvonga narkoz berib yoki uni boshqa usulda 
harakatsiz qilib, a’zolarning faoliyati o’rganiladi. 
Suro’nkali tajribalarda
fiziologlar hayvonni har xil usulda operatsiya qilib, u tuzalgandan so’ng tekshira 
boshlashadi. Bunday hayvonda oylab va yillab tajriba o’tkazish mumkin. 
A’zolar funktsiyasi organizmidagina emas,balki organizmdan ajaratilgan 
sharoitda ham o’rganiladi. Qirqib olingan (
ajratib olingan
) a’zo tomirlaridan 
maxsus eritmalar o’tkaziladi, bu eritmalar tarkibini eksperimentator tartibga solib 
turadi (

Download 233,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish