Nordon gazlarni tozalashda aminli absorbentlarni taqqoslash orqali ularning selektivligini aniqlash


Yuqori bosimli gazni kompleks tayyorlash



Download 414,5 Kb.
bet21/27
Sana29.12.2021
Hajmi414,5 Kb.
#84221
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27
Bog'liq
Nordon gazlarni tozalashda aminli absorbentlarni taqqoslash orqa

2.4. Yuqori bosimli gazni kompleks tayyorlash

Hozirgi paytda viloyatimizdagi asosiy foydalanilayotgan konlar gaz konlar bo‘lib, ularning mahsuloti tarkibida og‘ir uglevodorodlar miqdori 30-90 gm ni tashkil etadi.

Gaz konlar mahsulotning tarkibidagi og‘ir uglevodorodlar gazni qazib olish davomida bosim va haroratning pasayishi bilan suyuq holatga o‘tadi. Shuning uchun gaz konlaridan farqliroq gaz konlar, gazini tashishdan avval gazni suvsizlantirish bilan bir qatorda uning tarkibidagi kondensatlarni ham ajratib olish zarurati tug‘iladi. Qazib olinayotgan xom-ashyo gaziga ishlov berish usullariga bog‘liq ravishda gazni uning tarkibidagi namliklardan quritish va og‘ir uglevodorodlarni ajratib olish jarayonlari bir qurilmaning o‘zida yoki alohida alohida qurilmalarda amalga oshiriladi.

Gaz konlarda turli xil tizimdagi gazni yig‘ish tizimlari qo‘llaniladi. Yuqori qatlam bosimli konlarda asosan gazni guruhiy yig‘ish tizimi qo‘llaniladi

Gazni tayyorlashning asosiy jarayoni drossel-effektdan foydalangan holda past haroratli separatsiya usuli hisoblanadi. Agar gaz bosimi 0,6 MPa dan pasayib ketsa past haroratli separatsiya usuli yaxshi samara bermaydi. U holda boshqa usullardan, masalan, absorbsion yoki gazni bosh binoda sun’iy sovutish usullaridan foydalaniladi.

Gazni konlardan guruhiy yig‘ish tizimi markazlashgan holda amalga oshirilishi Zevarda va Alang konlari gazni kompleks tayyorlash qurilmalarida amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yilgan. Gazni tayyorlash butun sikli asosan GKTQ sida bajariladi va tayyorlangan gaz magistral gaz quvurlari orqali Muborak gazni qayta tayyorlash zavodi bosh binosiga uzatiladi, u yerda gaz tarkibidagi vodorod sulfiddan tozalanib undan oltingugurt ajratib olinadi.

Gaz konlardan qazib olinayotgan mahsulotlarning qatlam bosimi va harorati o‘zgarishi bilan gazni tayyorlash qurilmalari ish rejimlari va qabul qilingan texnologik meyorlarga ta’sir qiladi. Bu jarayon asosan gaz tarkibida suv bug‘lari va og‘ir uglevodorodlarning ruxsat etilgan qiymatlaridan yuqori bo‘lishi bilan tavsiflanadi.

Ba’zi bir gaz konlarda gazni kompleks tayyorlash ishlarini amalga oshirishda alohida texnologik jarayonlar qo‘llaniladi. Masalan, Sho‘rtan gaz konidan mahsulotlarni qazib olishda avval qazib olinayotgan gaz dastlabki tayyorlash qurilmalarida qatlam suvlari, mexanik qo‘shimchalar va og‘ir uglevodorodlardan tozalanadi. Bunda maxsus gorizontal separatorlar yordamida tabiiy gaz sirtga uyurmali harakatda urilishi natijasida suv va og‘ir uglevodorodlarning ajralishi va cho‘kishi hisobiga qisman qatlam suvlari va kondensatlar ajratib olinadi. Lekin gaz tarkibidagi suv bug‘lari va kondensatlar bu holda to‘liq ajratib olinishiga erishilmaydi.

Dastlabki tayyorlangan tabiiy gaz tarkibidan past haroratli separatsiya qurilmasida suv bug‘lari va og‘ir uglevodorodlar ajratib olinadi. Gaz tarkibidagi vodorod sulfidni olish jarayoni qisman bosh binoning o‘zida aminli absorbsion usulda va bir qismi Muborak gazni qayta ishlash zavodida, bir qismi esa Sho‘rtan gaz kompleksi bosh binosida gazni oltingugurtdan tozalash qurilmalarida amalga oshiriladi.

O‘rtacha va boy gazlarga ishlov berishda kompressiya va moyli absorbsiya usullari ham qo‘llaniladi. Gaz tarkibida kam uglevodorodlar bo‘lsa adsorbsion jarayonlar qo‘llaniladi. Bunday konlarga Sho‘rtan neft-gaz USHK ga tegishli bo‘lgan konlardan qazib olinayotgan gazlarni tayyorlash jarayonini keltirish mumkin. Lekin bu konlarda ham qatlam bosimining kamayishi qo‘shimcha kompressiya usullarining qo‘llanilishini taqazo qilmoqda [51].




Download 414,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish