AMALIY MASHG’ULOT №6
MAVZU: QATTIQ OLTIGUGURTNI ERITISH VA FILTRLASH BO’LIMI MODDIY VA ISSIQLIK HISOBLARI
Oltingugurtdan kontakt usulida sulfat kislota olish. Tarkibida mishyak va selen tutgan oltingugurtdan (masalan, oltingugurt bug‘idan) kontakt sulfat kislota ishlab chiqarishning texnologik sxemasi kolchedanni qayta ishlash sxemasidan deyarli farq qilmaydi. Boshqacha aytganda, faqat pech bo‘linmasi qayta jihozlangan, unga oltingugurtni yoqish uchun tegishli pech o‘rnatilgan bo‘ladi va quruq elektrofiltrlar bo‘lmaydi. Ammo mishyak va selen tutmagan tabiiy oltingugurt ishlatilganda bu sxema deyarli to‘la o‘zgaradi. Bu holatda kuyundi gazlarini maxsus tozalash talab etilmaydi hamda shu sababli uning sovitilishi va yuvilishi shart emas. 6.1- rasmda tabiiy oltingugurtdan sulfat kislota ishlab chiqarish sxemasi tasvirlangan. Oltingugurt osti suv bug‘i o'tadigan po‘lat quvurlardan panjara hosil qilingan bunker-suyuqlantirgichga kelib tushadi. Panjaralarda oltingugurt suyuqlanadi va tindirgich (4) ga oqib tushadi, u yerda suyuq oltingugurtdagi muallaq qo‘shimchalar tozalanadi. So‘ngra oltingugurt nasoslar bilan filtr (5) orqali yig‘gich (6) ga uzatiladi,
6.1- rasm. Tabiiy oltingugurtdan sulfat kislota ishlab chiqarish
sxemasi:
u yerdagi nasos uni pech (7) ning forsunkasiga yo‘naltiradi. Ortiqcha toza oltingugurt yig‘gich (6) dan tindirgich (4) ga oqib tushadi. Yondirish jarayoni uchun kerakli havo quritish minorasi (1) tomchi ushlagich (2) lardan o'tib pech (7) va kontakt jihozi (10) ga purkaladi. Oltingugurtni yondirish uchun pech silindrik ko'rinishdagi himoyalangan jihoz bo‘lib, undagi yuttirish qozoni (bug'latkich) (8) va bug‘li qizdirgich (9) uning oxiri hisoblanadi. Pechda hosil bo’ladigan 1100-1200°C haroratdagi sulfit angidrid yuttirish qozonida 440-450°C gacha sovitiladi va besh qatlamli kontakt jihozining birinchi qatlam kontakt massasiga tushadi. Kontakt massasining birinchi qatlamida haroratni to‘g‘rilab turish uchun gazning bir qismi pechdan to‘g‘ridan to‘g‘ri kontakt jihoziga uzatiladi. Kontakt massa birinchi qatlamidan chiqadigan gaz bug‘li qizdirgich (9) ga, so‘ngra kontakt massaning ikkinchi qatlamiga keladi. Kontakt massaning birinchi va ikkinchi qatlami kontakt jihozining pastki qismida joylashgan. Kontakt massaning ikkinchi qatlamidan chiqadigan gaz birin-ketin issiqlik almashtirgich (11), kontakt massaning uchinchi va to‘rtinchi qatlamlaridan o‘tadi, undan so‘ng quritilgan atmosfera havosi kiritish orqali sovitiladi va so‘ngra kontakt massaning beshinchi qatlamiga kiradi. Kontakt jihozidan chiqadigan gaz angidridli sovitkich (12) da sovitiladi va oleumli (13) va monogidratli (14) absorberlardan iborat hamda tegishli qo‘shimcha jihozlari bo ig an absorbsiya bo‘linmasiga yuboriladi.
Tabiiy oltingugurt tarkibida kerosin va bitumlar aralashmasi (flotoreagent qoldiqlari) bo‘ladi, ular pechda yonganda suv bug‘i hosil qiladi. Oltingugurt tarkibida kerosin va bitumlar miqdori ko‘p bo‘lganda, hosil bo’ladigan suv bug‘ining miqdori belgilangan me’yordan ortib ketishi natijasida absorbsiya bo‘linmasida sulfat kislotali tuman hosil boiishiga va kislotaning bir qismini chiqindi gazlari bilan yo‘qotilishiga olib keladi. Sulfat angidrid absorbsiyasida tuman hosil bo‘lishining oldini olish uchun harorat sulfat kislota (98,3% li H2SO4) bilan suyuqlik taqsimlanadigan monogidratli absorberda jihozga kirishda 80-90°C va chiqishda 110-120°C da ushlab turiladi. Haroratning ortishi bilan bug‘lanadigan sulfat kislota bug‘larining to‘yinishi kamayadi va tuman hosil boimaydi yoki uning miqdori anchagina kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |