MAVZU. KALSINATSIYALANGAN SODA ISHLAB CHIQARISH USULLARI
Reja:
Kalsinatsiyalangan soda ishlab chiqarish jarayonining xomashyolari, fizik- kimyoviy asoslari.
Kalsinatsiyalangan soda ishlab chiqarish bosqichlari, texnologik tizim bayoni.
Soda ishlab chigarish uchun xom ashyolar, ahamiyati
Soda qadim zamonlardan ma’lum bo`lib, uni dengiz o’simliklari kulidan ajratib olingan shu usul bilan olingan soda shisha sanoatida va kir yuvish vositasi sifatida foydalanilgan. Sanoatning rivojlanishi bilan soda mahsulotlariga talab kun sayin oshib boradi. 1775 yilda fransuz farmatsevti Leblan natriy sulfatidan soda ishlab chiqarishni quyidagi reaksiya bo’yicha tavsiya etdi.
Na2SO4 + CaCO3 + C = Na2CO3 + CaS + CO2
Olingan qotishmadan suv yordami bilan sodani eritib olinib, eritmasi bug`lanib qattiq soda olingan. CaS esa tashlanilgan. Tabiiy Na2SO4 bњlmagan mamlakatlarda Na2SO4 ni osh tuzini sulfat kislotasi bilan parchalab olingan. Uz vaqtida Leblan usuli Kimyo sanoatini rivojlanishida malum rol o’ynaydi. Leblan usuli bilan soda olish uchun tabiiy Na2SO4, yoki bo’lmasa osh tuzi va ko’p miqdorda sulfat kislotasi bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |