Tunnel (kanalli) pech. Uzun (200 m. gacha), chuqur kanal bo'lib, ichki devorlari o'tga chidamli g'isht bilan qoplangan, ichida relslar o'matilgan, unda bir-biriga yaqin holda o'rnatilgan ichida kuydiriladigan material ortilgan vagonchalar harakat qiladi. Vagonchalar ham o'tga chidamli g'isht bilan qoplangan va tashqi yon tomonlari temir qalqon bilan o'ralgan. Vagonchalar harakat qilganda yon qalqon qumga botib (100—150 mm gacha botadi) yuradi, natijada pech bo'shlig'ini vagonchalar ostidagi kanal va rels-larni ajratib turadi. Shuning uchun ham issiq gaz, vagon ostiga, kanalga kira olmaydi. Bu narsa vagonchalarning ostki qismini va relslarni harorat ta'siridan himoya qiladi.
Pech kanali qizdirish, kuydirish va sovitish zonalariga bo'linadi. Kuydirish zonasida forsunka (yoqilg'ini yoqadigan asbob) yordamida gazsimon, qattiq yoki suyuq yoqilg'ilar yoqiladi. Tunnel pechini boshqarish, uning ishini avtomatlashtirish oson. Pech uzluksiz ishlaydi, mahsuldorligi yuqori (200 t/sutka va undan ortiq).
Do'stlaringiz bilan baham: |