«Noorganik moddalar ishlab chiqarishning uskunalari va loyixalash»



Download 2,9 Mb.
bet22/23
Sana28.09.2021
Hajmi2,9 Mb.
#188274
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Natriy nitratni bug'latish { Qudratov Bekzod}

HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI

Mehnatni muhofaza qilish – bu ijtimoiy, iqtisodiy, sanitariya – gigiena, mehnat qonunlari va tashkiliy chora – tadbirlar tizimidan iborat bo‘lib, uzluksiz faoliyat jarayonida inson sog‘ligi va mehnat qobiliyatini saqlashni ta’minlashga qaratilgan fandir.

Insonning jamiyatni taraqqiy ettirish hamda ishlab chiqarishni boshqarishda asosiy kuch ekanligini hisobga olib, uning havfsizligi va sog‘ligini saqlash ijtimoiy taraqqiyot yo‘lidagi muhim omil hisoblanadi. Shuning uchun ham sanoat korxonalarida mahsulot etishtirish jarayonida ishlab chiqarish sharoitini yaxshilash, ishlab chiqarishda jarohatlanish va kasb kasalliklarining kelib chiqish manbalarini yo‘qotish, shuningdek ish faoliyati inson uchun charchash, toliqish va kasallanish manbai bo‘lmasdan, quvonch va baxt keltiruvchi faoliyat bo‘lishini ta’minlashga harakat qilish zarur.

Sanoat korxonalarida to‘kis sanitariya – gigiena sharoitlarini ta’minlash, og‘ir qo‘l kuchi bilan bajariladigan mehnatni tugatish va kasb kasalliklarini butunlay yo‘qotish chora – tadbirlarini amalga oshirish kerak, zero, mehnat qilish faqat yashash vositasi bo‘lib qolmasdan, balki hayot talabi bo‘lib qolishi kerak.

O‘zbekiston Respublikasida mehnatni muhofaza qilishning huquqiy, texnik va sanitariya – gigiena qoidalari bilan belgilab qo‘yilgan qonunlari qabul qilingan va yangidan tahrir qilingan qoidalar umumjahon talablari darajasida ishlab chiqilmoqda.

Har qanday demokratik jamiyatda shu jamiyat taraqqiyoti qay darajada bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘zining huquqiy manfaatlaridan kelib chiqib va inson huquqlarini himoyalashga asoslangan qonun asoslari, ya’ni Konstitutsiyasi bo‘lishi zarur. Bu Konstitutsiya, avvalo, inson huquqlarini himoya qilish, shu bilan bir qatorda iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar ham himoyalanishi kerak.

Sanoat korxonalarida havfsizlik texnikasi, sanoat sanitariyasi va yong‘in havfsizligi qoidalariga, me’yor va tavsiyanomalariga rioya qilmaslik ishchilarni jarohatlanishga, zaharlanishga va kasb kasalliklariga olib kelishi mumkin.

Inson tanasining teri yoki ayrim qismlari tashqi mexanik, kimyoviy, issiqlik va elektr ta’siri natijasida shikastlansa, buni jarohatlanish deb ataladi. Jarohatlanishga urilish natijasida lat eyish, kesilish, suyak sinishi va chiqishi, kimyoviy yoki issiqlikdan kuyish, issiq urishi, sovuq urishi, o‘tkir zaharlanish va elektr toki ta’sirida organizmning ba’zi qismlarida hayot faoliyatining buzilishi kiradi. Jarohatlanish tushunchasini baxtsiz hodisa deb ham yuritiladi.

Jarohatlanish uch turga bo‘linadi. Birinchisi, ishlab chiqarishda, ish joyida jarohatlanish, ikkinchisi, ish bilan bog‘liq, lekin ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan jarohatlanish va uchinchisi, ishlab chiqarish va ish bilan bog‘liq bo‘lmagan jarohatlanish.

Ishlab chiqarishda, ish joylarida olingan jarohatlanishga, ishchi ma’muriyat tomonidan buyurilgan ishni bajarish chog‘ida ish joyida, sexda, zavod hududida yuk ortish va yuk tushirish yoki ba’zi yuklarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish vaqtida olgan jarohatlanishlar kiradi.

Ikkinchi tur jarohatlanishlar ishga borib – kelish vaqtida transport vositalarida, komandirovka vaqtida yoki korxona ma’muriyatining topshirig‘iga muvofiq ishlab chiqarish hududidan tashqaridagi ba’zi bir ishlarni bajarganda olingan jarohatlanishlardan iborat.

Inson hayotida havoning ahamiyati juda katta ekanligi ma’lum. Uning kimyoviy tarkibi, fizik xususiyatlari va tarkibida har xil moddalarning bo‘lishi, havodan nafas olib, mehnat qilayotgan kishilar uchun juda muhim. Chunki havoning tozaligi inson salomatligini saqlovchi muhim omil hisoblanadi.

Ma’lumki, inson uchun eng muhimi havo tarkibida kislorodning bo‘lishidir.

Havo holati uning bosimi, zichligi, harorati, absolyut namligi, namlik sig‘imi, nisbiy namligi, issiqlik sig‘imi va boshqalar bilan belgilanadi.

Ajralib chiqadigan havoni tozalash uni zararsizlantirishning muhim bosqichi hisoblanadi, shu yo‘l bilan zavod hududidagi va korxona tashqarisidagi havo muhitining tozaligi ta’minlanadi. Zavod va fabrika atrofidagi sanitariya – himoya zonalarida havoni ifloslanishdan saqlash ham katta ahamiyatga ega.

Hozirgi vaqtda havo atmosferasini ifloslantiruvchi asosiy manba ishlab chiqarish ob’ektlaridir. Kimyo sanoati bularning eng asosiylaridan biri hisoblanadi. Atrof muhitni muhofaza qilish hozirgi vaqtda eng muhim muammolaridan biri bo‘lib, bu ishga butun dunyo mutaxassislari diqqat – e’tiborini jalb qilmoqdalar.

Havoni changdan tozalashda turli vositalardan foydalaniladi. Chang tozalagichlarning turlari ko‘p. Ularni qo‘llaganda asosan chang tozalovchi apparatning ishlatish jihatidan qulayligiga, uning chang tozalash darajasiga va arzon – qimmatligiga qarab tanlanadi.

GOST 949-73 ga asosan sanoat korxonalari uchun kerakli gazlarni suyultirilgan va yuqori bosimdagi holatida saqlash imkoniyatini beradigan ballonlarni kam hajmli 0,4-12 l, o‘rtacha 20-50 l va katta hajmli 80-500 l qilib belgilangan. Ballonlarning kam va o‘rtacha hajmlari, agar ularning ishchi bosimlari 10, 15 va 20 MPa atrofida bo‘lsa, uglerodli po‘latdan, yuqori bosimdagilari esa sifatli nikel, xrom va boshqa metallar qo‘shilgan po‘latdan tayyorlanadi.

Ballonlarga to‘ldirilgan gazlarni bir – biridan farqlash uchun ular ma’lum ranglar bilan bo‘yaladi. Shuningdek kerakli belgilar qo‘yilib, gazning nomi yozib qo‘yilishi mumkin. Bundan tashqari ballon bo‘g‘zining tekis qismiga tayyorlagan zavodning tovar belgisi, tayyorlangan oyi va yili, sinalgan vaqti va sanoatda havfsizlikni ta’minlash nazorati qoidalariga asosan keyingi sinash davri yozib qo‘yiladi.

Ballonlar to‘ldirish joylarida ularning ichki bosimi 0,05 MPa dan kam bo‘lmasligi kerak. Chunki qoldiq gaz ballonda qanday gaz borligini aniqlash imkonini beradi. Agar ballon atsetilen uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, unda qoldiq gaz 0,65 MPa dan kam va 0,10 MPa dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Ma’lum miqdordagi gazning bo‘lishi unda qanday gaz borligini aniqlashdan tashqari idishning zich yopilganligini kafolatlaydi va shuningdek idishga tashqi havoning kirib, havfli vaziyat vujudga kelishiga yo‘l qo‘ymaydi.


Xulosa
Kundan kunga kimyo sanoati mahsulotlariga talab ortib bormoqda. Respublikamizning yanada gullab yashnashida kamyob sanalgan metall va yog’och mahsulotlari o’rnini polimerlar egallab borayotgan kimyo texnologiya xalq iste’moli mollari va miqdorining oshayotganligi katta ahamyatga ega. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni miqdori va sifati qo’llanilayotgan uskunalarning samarali va ishonchli ishlashiga bog’liq.

Shu maqsadda kimyo texnologiyada ishlayotgan jihozlar uchun avvalambor optimal sharoitni yaratish lozim. Mahsulot unumi o’z navbatida qurilmalarning vaqtida texnik ta’mirlashga bog’liq. Jarayon jadalligi, reaksiyaning borish tezligi apparatlarning ishlashiga bog’liq. Bu esa qaysi jarayonda, qanday konsentratsiya, temperatura, bosimda bir so’z bilan aytganda qanday sharoitda apparat maksimal unumda ishlashini bilishni talab etadi. Shunday ekan bug’latish jarayoni uchun ham bug’latkich turi va o’lchamlarini tanlashda shu jihatlarga katta e’tibor qaratiladi. Xulosa qilib aytganda bug’latish qurilmalarini loyihalashdan ko’zlangan maqsad ham shu jarayon uchun optimal sharoitlarda ya’ni maksimal unumda ishlaydigan apparatlarni yaratishdir.



Bu kurs loyihamizda 4,5 kg/s unumda NaHCO3 ni bug’latish apparatini hisoblaganimizda bug’latilgan suvning miqdori W= 2,25 kg/s ga teng bo’ldi. Bug’latilgan suvning miqdoridan kelib chiqib bug’latishga sarflanadigan issiqlik Q ni topamiz. Hisob-kitoblar natijasida Q =5286510 Vt ga teng bo’ldi. Issiqlik miqdori bo’yicha tanlagan materialimiz uchun issiqlik o’tkazish koeffitsienti K ni ma’lumotnomalardan oldik. Foydali temperaturalar farqini isituvchi bug’ning temperaturasi va kondensat temperaturalari orasidagi farq asosida hisoblaganimizda 54 oC ga teng bo’ldi. Hisob so’ngida esa issiqlik almashinish yuzasi F ni sarflangan issiqlik miqdori Q ni issiqlik o’tkazish koeffitsienti K va foydali temperaturalar farqi t ga nisbatidan hisoblaganimizda 100 m2 chiqdi. Bu yuza bo’yicha erkin sirkulatsion ko’chma kamerali bug’latish qurilmasining kerakli parametrlarini tanladik.



Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish