МUNDARIJA
№1
|
Mundarija
|
Beti
|
1
|
Kirish
|
5
|
2
|
Ishlab chiqarish jarayonining nazariy asoslari
|
11
|
3
|
Xom ashyo va tayyor mahsulotning fizik-kimyoviy xossalari
|
14
|
4
|
Texnologik sxemalarni solishtirish va tanlash
|
20
|
5
|
Moddiy balans
|
31
|
6
|
Issiqlik balans
|
31
|
7
|
Asosiy apparat hisobi
|
36
|
8
|
Xulosa
|
38
|
9
|
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
|
39
|
1. Kirish
Yurtimizda qabul qilingan so’ngi yillarda sanoatni ustuvor darajada rivojlantirish dasturi va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir tarmoq dasturlarining izchil amalga oshirilishi natijasida sanoat tarkibida yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan, raqobatdosh mahsulotlar tayyorlayotgan qayta ishlash tarmoqlarining o‘rni tobora ortib bormoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining 78 foizdan ortig‘i aynan ana shu tarmoqlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan maxsulotlar ishlab chiqarish natijasida 2030 yilda, yangi turdagi tovarlar tayyorlashni o‘zlashtirish asosida neft-gaz-kimyo soxasida maxsulot ishlab chiqarish hajmi 3.2 barobar, rangli metal maxsulotlari 2.2 marta qora metaldan tayyorlanadigan buyumlar 2.3 karra kimyo sanoati maxsulotlari jumladan, mineral o‘g‘itlar 3.2 barobar ko‘payishi mumkin
Telekommunikatsiya uskunalari, kompyuter texnikasi va mobil telefonlar, keng turdagi maishiy elektronika maxsulotlari ishlab chiqaradigan yangi zamonaviy korxonalar tashkil etilmoqda. Iqtisodiyotimizning deyarli barcha tarmoqlari modernizatsiya qilinib, amalda texnologik jixatdan yangilanmoqda.
Zamonaviy texnologiyalar asosida paxta tolasini va meva-sabzavot mahsulotlarini chuqur qayta ishlash tashqi va ichki bozorda talab yuqori bo‘lgan tayyor, ekologik toza to‘qimachilik va engil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2030 yilda 5.6 marta meva-sabzavot mahsulotlarini qaytaishlash hajmini esa 5,7 karra oshirish imkonini beradi.
Mamlakatimizda iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni tubdan oshirish bo‘yicha o‘z vaqtida ko‘rilgan chora-tadbirlar ham amaliy samarasini bermoqda.
O‘tgan yili ana shunday tovarlar ishlab chiqarishning o‘sish hajmi 14,4 foizni tashkil etdi va yalpi sanoat hajmida ularning ulushi 35,5 foizga etdi. Bunday tovarlarning raqobatdoshligi nafaqat ichki bozorda, balki tashqi bozorda ham tobora ortib bormoqda.
Hech shubhasiz, bu borada sanoat ko‘peratsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha bajargan ishlarimiz muhim rol o‘ynadi.
So’ngi yillarda kimyo sanoati korxanalari moliyaviy iqtisodiy sog’lomlashtirish va ularning faoliyatini barqarorlashtirish amaldagi ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish uglevadarod xom ashyosi va mineral resurslarni chuqur qayta ishlash bo’yicha yangi quvvatlarni barpo etishga qaratilgan invistitsia loyxalarini amalga oshirish orqali tarmoqni yanada rivojlantirishning asosiy yo’nalishlarini gelgilab berish, shuningdek ishlab chiqarilayotgan yuqori qo’shilgan qiymatli kimyoviy maxsulotlar nomenklaturasini kengaytirish borasidagi chora tadbirlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga kimyo sanoatini jadal rivojlantirish va diversifikatsiya qilishga qaratilgan loyxalarni amalda ro’yobga chiqarish eng avvalo davlat aktivlarini xususiy mulkka sotish xisobiga korxonalardagi davlat ulushini qisqartirish korporativ boshqaruvni zamonaviy uslublari moliyaviy xisobotlarni xalqaro standartlarni joriy etish xamda korxonalarning boshqaruv tuzulmasini takomillashtirish orqali tarmoqning invistitsiaviy jozibadorligini osghirish bo’yicha ta’sirchan choralar ko’rilishi zarurligini taqozo etmoqda.
Texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlanayotgan korxonalarda haridorgir, zamon talablariga mos va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi ortib, ko`plab ish o`rinlari yaratilmoqda. Tarmoq korxonalari mamlakatimiz qishloq xo`jaligiga ko`plab miqdorda fosfatlashtirilgan ammiak selitrasi, A markali metanol, ammiak ishlab chiqarish uchun katalizatorlar, karbamid-ammiak aralashmasi, natriy nitrati, trinatriyfosfat, va karboksilmetilselluloza kabi keng turdagi kimyo mahsulotlari yetkazib berilyapti.Bularning barchasi mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim tarmog`i – kimyo sanoatini yanada rivojlantirish, ichki va tashqi bozorda xaridorgir yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, energiya sarfini kamaytirish, korxonalarda qo`shimcha ish o`rinlarini yaratish, qishloq xo`jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning mineral o`g`itlarga bo`lgan talabini qondirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar berayotgan yuksak samaradandir.
Respublika sanoatining ko’pgina tarmoqlarini, jumladan, paxta tozalash, to’qimachilik, yengil sanoatni, oziq-ovqat, kimyo sanoati, qishloq xo’jalik mashinasozligini va boshqalarni rivojlantirish istiqbollari, ularning murakkab o’tish davridagi iqtisodiy moliyaviy ahvoli bevosita qishloq xo’jaligiga bog’liqdir. Qishloq xo’jaligi maxsuloti, ayniqsa paxta, hozirgi vaqtda asosiy valyuta resursi, respublika uchun hayotiy muhim bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon, naft va neft mahsulotlari, texnika va texnologiya uskunalarini import bo’yicha sotib olishni taminlayotgan asosiy manbadir. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish hamda valyuta resursi bo’lgan paxtani yetishtirish uchun kimyo sanoati kata o’rin egallaydi buning isboti sifatida chiqarilayotgan turli xil mineral o’g’itlar, kimyoviy preparatlar ya’ni g’o’zaga tushadigan turli xil kasalliklarga qarshi va oldini oluvchi vositalar ishlab chiqaradi.
Qishloq xo’jaligini rivojlantirish masalasi rispublikamiz iqtisodiyotini rivojlantirishning muxim ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida etirof etilmoqda.
Mustaqillik yillarida qishloq xo’jaligini islox qilish bo’yicha juda ulkan va arzigulik ishlar amala oshirildi. Fan va shu jumladan kimiyo rivojini boshqa fanlarning yutuqlariga suyangan holda shunday yutuqlarga erishdikki, hozirgi kunga tabiatning o’zida mavjud bo’lmagan minglab moddalar yaratilmoqda. Bu narsa kishilik jamiyatining oldinga qarab rivojlanishida kata ro’l o’ynamoqda.
Ishlab chiqarishga yangi texnika va ilg’or texnolgiyalarni joriy etish ishlari yildan-yilga jadallashib, cheklangan yer va suv resurslaridan, kapitaldan va mexnat resurslaridan foydalanish samaradorligi yuksalmoqda. Aytib o’tish kerakki Rеspublikamizda ko’plab kimyo korxonalari mavjud bo’lib, turli tuman moddalar, mineral o’g’itlar, sulfatlar, plasmassalar, sintetik smolalar, sement, sun`iy tola, lak bo’yoqlar va boshqa maxsulotlarni ishlab chiqarmoqda. Misol tariqasida Rеspublikamizdagi eng yirik korxonalardan bo’lgan “ Navoiyazot ” AJ, “ Farg’оnaazot ” AJ kabi korxonalarida, azotli moddalar ishlab chiqarilmoqda. Azotli o’g’itlar va brikmalar ishlab chiqarishda asosiy xom ashyo ammiak xisoblanadi. Ammiak ishlab chiqarish sulfat kislotadan keying ikkinchi o’rinda turadi. Bugungi kunda ishlab chiqarishda ammiak karbamid, ammoniyli selitra, murakkab o’g’itlar olishda ishlatiladi. Barcha o’simliklarning ozuqa elementi xisoblangan azotni, tuproqdan oladi. Qishloq xo’jaligida maxsulot serxosilligi ma`lum darajada tuproq tarkibidagi azotga bog’liq. Ammiak ishlab chiqarishni beto’xtov o’sishi natijasida, uni ishlab chiqarishning yani usullarini rivojlantirish va texnologiyalarni rivojlantirish muxim axamiyatga ega bo’lmoqda.
Qishloq xo’jaligida tarkiybiy o’zgartirishlarni orqali ishlab chiqarishni izchil rivojlantirish, aholini oziq-ovqat maxsulotlari, qayta ishlash sanoatni xom ashyo bilan uzluksiz taminlash orqali mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustaxkamash, ekologik toza maxsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, agar sektorning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish istiqbolida amalga oshirish ko’zda tutilgan eng muxim vazifalardan sanaladi.
Shu jumladan Rispublikamizda olib borilayotgan oqilona siyosat o’z samarasini bermoqda. Shu yilning aprel oyida Respublikamiz Prezidenti “Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Qaror bilan "O‘zkimyosanoat" AJning O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda optimallashtirilgan va yangi istiqbolli loyihalar bilan to‘ldirilgan, hisoblangan qiymati 12,1 milliard AQSh dollariga teng, shu jumladan, 1,7 milliard AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan - to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobiga 31 ta investitsiya loyihasini amalga oshirishni nazarda tutuvchi hamda quyidagilarga qaratilgan 2019-2030 yillarda kimyo sanoatini rivojlantirish dasturi ma'qullandi:
Azotli, fosforli, kaliyli va murakkab mineral o‘g‘itlarni, shu jumladan, ushbu mahsulotlarni “Navoiyazot” AJ, “Samarqandkimyo” AJ, “Farg‘onaazot” AJ, “Qo‘qon superfosfat zavodi” AJ, “Ammofos-Maksam” AJ, “Dehqonobod kaliy zavodi” MChJ negizida, shuningdek, Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahri va Navoiy viloyatining Tomdi tumanida ishlab chiqarish bo‘yicha amaldagi quvvatlarni modernizatsiya qilish, kengaytirish hamda energiya jihatidan samarador yangi quvvatlarni barpo etish;
“O‘zbekneftgaz” AJ bilan birgalikda va yetakchi xorijiy kompaniyalar ishtirokida hamda ilg‘or texnologiyalar va zamonaviy innovatsion ishlanmalarni qo‘llagan holda polimer mahsulotlari, shu jumladan, polietilentereftalat (PET), polivinilxlorid (PVX), sintetik kauchuk, polistirol, poliuretan, poliol, akrilonitril-butadiyen-stirol (ABS) plastik, poliakrilonitril (PAN) mahsulotlarini chiqarish bo‘yicha yangi ishlab chiqarishlarni barpo etish; tarmoq korxonalarining mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish samaradorligini, ularning negizida iqtisodiyot tarmoqlarida talab etilayotgan kimyoviy mahsulotlarning yangi turlarini, shu jumladan, melamin, metilamin, formaldegidli, karbamid-formaldegidli va melamin-formaldegidli saqichlar, etilatsetat, ozuqa tuzi, natriy bikarbonati, xlor-sirka kislotasi, natriy nitrati, butilatsetat, trinatriy fosfat, nitrosellyuloza, metallurgiya, neftgaz va to‘qimachilik sanoatlari uchun reagentlar, katalizatorlar va kimyoviy qo‘shilmalar, shuningdek, polimer fitinglar, biaksil yo‘naltirilgan polipropilen plyonkasi (BOPP), o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari va ularni ishlab chiqarish uchun amaldagi moddalarni chiqarish bo‘yicha ishlab chiqarish klasterlarini tashkil etish; quyidagilarni nazarda tutuvchi kimyo tarmog‘ida islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi: tarmoqning ayrim korxonalari aktivlarini mahalliy va xorijiy investorlarga sotish orqali amaldagi ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish va kengaytirishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish; “O‘zkimyosanoat” AJ tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish va jamiyat boshqaruvi organlarining mustaqilligi va mas'uliyatini oshirishga qaratilgan korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublarini joriy etish; kimyo tarmog‘i korxonalarining faoliyati samaradorligini oshirish va moliyaviy holatini yanada yaxshilash, haqida so’z olib bordilar.
Qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirishning uctuvor yo’nalishlarida quydagi fikrlar aytib o’tilgan “ Qishloq xo’jaligi maxsulotlarini chuqur qayta ishlash asosida oziq- ovqat va qadoqlash maxsulotlarini ishlab chiqaradigan zamonaviy qayta ishlash korxonalarini qurish, mavjudlarini rekanstruksiya va madernizatsiya qilish ”.
Xulosa qilib aytganda, qishloq xo’jaligini jadal rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo’yicha «2017- 2021 yillarda O’zbekiston Rispublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha Harakatlar stategiyasi»da belgilangan chora tadbirlar O’zbekiston Rispublikasining viloyat, tuman va shaxarlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud saloxiyatidan samaraliva optimal foydalanish, xududlarda axolining ozgarib borayotgan extiyojlarini to’liq qondirishga erishish, xududiy korxonalar faoliyatiga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni keng tadbiq etish, xududiy raqobatdosh va xalqaro standartlarga javob berdigan sifatli maxsulotlar ishlab chiqarish, hududlarda ishlab chiqarish ixtisoslashuvini to’g’ri tashkil etish va ekologik toza maxsulot ishlab chiqarishga o’tish, hududlarning tabiiy resurs salohiyatidan oqilona foydalanish mexanizmlarini takomillashtirishga, hududlardagi mavjud mineral xom ashyo resurslari imkoniyatlarini to’g’ri baxolash va qazib olish hamda hamda qayta ishlash borasida tejamkor texnologiyalarni joriy qilish hududlarda kichik sanoat zonalarini tashkil etish maxanizmini yanada takimillashtirish va ishlab chiqarishning to’liq siklini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subiektari faoliyatini shakillantirish, hududlarda kichik sanoat zonalari, hududlarda yangi invistitsiyaviy loyxalarni amalga oshirish tijorat banklarinining ishtirokini kengaytirishha erishishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |