Zich joylashuvlarga kirmaydigan va eng ko’p tarqalgan strukturalardan biri hajmi markazlashgan kub struktura; primitive kub struktura kamdan- kam uchraydi. Uyqorida ko’rsatilgan strukturalardan metallarning murakkab strukturalari oddiy struktiralarning buzilgan variantlaridir.
2.1. Rengenostrukturaviy analiz Qattiq jismlar va molekualarda atomlarning joylashgan joyini aniq
ko’rsatadigan eng tarqalgan va aniqligi uyqori bo’lgan usullardan biri bu
rengenostrukturaviy usuldir. Noorganik kimyoda rentgenostrukturaviy usul organic
kimyodan ham ahamiyati kata, chunki noorganik moddalar molekulalari va qattiq
jismlarning strukturalari juda xilma xildir. Organik modda molekulalarining
taxmin qilingan struturasi spektroskopik usullar bilan aniqlanishi mumkin, lekin
noorganik moddalarda bu usullarni yaroqligi kam. Buni ustiga noorganik modda
molekulalarida bog’lar ancha ko’p e’tiborga olinadi va noorganik kimyogarlar
kimyoviy bog’tabiatini baholashda bog’ uzunligi va valent burchaklar
to’g’risidagi ma’lumotlarga tayanadilar.