Kumush ko’zgu hosil qilish. Kumushning ammiakli eritmasini hosil qilish. 0.5 g AgNO3 tuzini 4—5 ml suvda eriting va ehtiyotlik bilan tushadigan cho'kma erib ketguncha ammiakning konsentrlangan eritmasidan quying. Aralashmaga 9 ml 3 % li natriy gidroksid eritmasidan qo'shing va loyqalanguncha yana ammiak eritmasidan tomizing. Eritmani o'lchov silindriga soling va 20 ml gacha suv quying. Olingan eritmani qorong'ida yoki rangli idishda saqlang. Eritma nima sababdan qorong'ida yoki rangli idishda saqlanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |