Noorganik kimyo fani maqsadi, vazifasi. Atom molekulyar talimot



Download 95,5 Kb.
Sana21.01.2022
Hajmi95,5 Kb.
#396374
Bog'liq
1473149084 64800


Noorganik kimyo fani maqsadi, vazifasi. Atom molekulyar talimot
Reja:


  1. Noorganik kimyo fanining boshqa fanlar orasidagi o’rni.

  2. Asosiy yo’nalishlari, rivojlanish bosqichlari, asosiy tushunchalari

  3. Atom, molekula, kimyoviy reaktsiya, materiya, massa va energiyaning saqlanish qonuni.

  4. Moddalarning agregat holatlari.

  5. Anorganik birikmalar strukturalarining asosiy turlari

Juda qadim zamonlardan beri odamlar tevarak atrofdagi tabiat bilan doimiy muloqatda bo’lib, unga kimyo vositasida ta‘sir etganlar, hamda o’zlari uchun zarur material va mahsulotlar olganlar. Masalan: metall eritish, shisha va sopol, gazlamalar uchun boyoq tayyorlash, teri oshlash, non yopish va h.k. lar. Shu ma‘noda kimyo inson faoliyatining eng qadimgi sohasidir. Ha fan emas, balki faoliyat sohasidir. Kimyo hozirgi tasavvurimizdagi fanga aylanishi uchun ming yillar kerak bo’ldi. Moddani chuqur bilish va undan inson farovonligi yo’lida foydalanish kimyoning hozirgi asosiy shioridir. Kimyoni bilimlar ko’lami jeda keng. Kimyo dunyoni tashkil etgan elementlarni ham, shu elementlardan hosil bo’lgan turli tuman oddiy va murakkab moddalarni ham, ularning bir-biriga aylanishiga doir murakkab qonunlarni ham o’rganadi.



Jamiyatdagi o’zgarishlar kimyo fanining rivojlanishini taqazo qilmoqda. Hozirgi zamon kimyo fanining rivojlanishi quyidagi sosiy yo’nalishlardan iboratdir:

  • rivojlanish darajasi. (yangi mahsulotlar va yangi moddalar olish) nazariy bilimlar kam rivojlanib amaliyotning oldinga o’tib ketgnligi:

  • informatsiya hajmining juda ko’payib ketganligi (spravochniklar, monografiyalar, jurnallar, yangiliklar);

  • differentsiallanishish (har xil yangi bo’limlarning ochilishi, polimerlar kimyosi, metalloorganik birikmalar, fizikaviy kimyo kabi har xil kichik mutaxassisliklar vujudga kelganligi);

  • kimyo fnini matematikalashtirish, unga EHMni tatbiq qilish;

  • boshqa fanlar bilan aloqasini mustahkamlash (fizika, biologiya, meditsina, geologiya va h.k.);

  • nazariya va amaliyotning birgalikda rivojlanishini ta‘minlash kimyo va kimyoviy texnologiyaning yangi usullarini joriy qilish;

  • kimyoning o’ziga bog’liq bo’lmagan jabxalardagi muammolarni ham xal etishga qaratilgandir;

Kimyo fani kundalik turmushda kuzatilayotgan hodisalar va o’tkazilayotgan tajribalarning mohiyatini tushuntiradi. Lekin hozir NIMA UCHUN? degan savol juda ko’p to’g’ilmoqda. Kimyodagi nazariy apparat endi rivojlanib bormoqda. Hozirgi kunda nazariyalarni hamma jrayontlarga ham qo’llab bo’lmayapti. Juda ko’p bilimlarimizni belgilovchi nazariyalar takomillashmagan (ayniqsa kimyoviy bog’lar tuzilishi, moddalarning tuzilishi). Masalan: ksenon VIII grappada joylashgan, lekin uning XeF2, XeF4 tarkibli birikmalari mavjud, bularni tajribada olgandan keyin bog’lar hosil bo’lishi tushintirildi. Kripton va argon uchun bunday birikmalar hali olinmagan.

Zamonaviy kimyoviy hodisalarni oldindan aytish uchun 4 xil nazariy tushunchalardan foydalanilmoqda:

- kimyoviy termodinamika (kimyoviy muvozanat konstantasi, entropiya, entalpiya);

- mavjud nzariy bilimlr asosida qanday xodisalar bo’lishi va ularning sifatini odindan aytib berish yo’li faqat 2 holda 02 - > Te, F - > 1 qatorda qaynash va suyuqlanish temperaturasi oshadi.

- Empirik bog’lanishlar (o’xshash, analog moddalarga qarab ba‘zi bir xossalarni oldindan aytish mumkin bo’lgan, miqdoriy parametrlarni ham aytish mumkin):

- Empirik bog’lanishlardan foydalanib sifatiy parametrlarni ham oldindan aytish mumkin: HCIO - > HCIO2 - > HCIO3 - > HCIO4 - > qatorida kislotlik kuchi N2 va 02 miqdori qancha farq qilsa shuncha kuchli bo’lib boradi.

Bu shundan dalolat beradiki fanda yangilik qilish uchun juda katta mehnat kerak. birgina pestitsid xossasini namoyon qiluvchi modda olish uchun 14 ming ta yangi moddalarni sintez qilishga to’g’ri kelgan. Fan taraqqiyoti yo’lini quyidagicha sxematik tarzd tasvirlash mumkin:
Ideya - > asboblar - > nazariya - > tajriba - > tushuntirish.
Informatsiya – Bertselius XIX asr kimyogarlarining 1 yillik ilmiy ishlarini to’plab 800 bet bo’lgan 1 tomlik referatik jurnal yozgan. Bertseliusning o’zi ham kimyodan 5 tomlik kitob yozgan.

Hozir Bertseelius obzorini (RJXim) kimyo referativ juranalida rus tilida va “Chmisal Abstrasts” jurnalida ingliz tilida chop etilyapti. Bular 24 tomdan iborat.

1953 yilda 1800 ta referat bo’lgan bo’lsa, 1985 yilga kelib 180 ming referat chop etilgan. bular 1980 yilda:


  • ingliz tilida –64,7%;

  • rus tilida – 19%;

  • yapon tilida – 5,2%;

  • nemis tilida – 4,0%;

- frantsuz tillarida –2,0% maqolalar chop etilgan. buning hammasi kimyo fanining rivojlanib borayotganligini ko’rsatadi.

Kimyo fanining rivojlanishi boshqa tabiiy fanlar bian uzviy bog’liqdir:

1. Kimyo fanining matematika fani bilan bog’liqligini qaraydigan bo’lsak: dastlabki atom massasining aniqlanganligi, 1850 yilga kelib, kimyoviy reaktsiya tezligi matematik ifodalanganligi, keyinchalik: differentsial, integral, matematik statistika, hisoblash matematikasi, EHM, modellashtirish, kimyoviy reaktsiyalarni grafik tasvirlash va prognozlashtirish ishlarini kimyo faniga tadbiqini ko’rsatish mumkin.

2. Fiziklar uchun kimyo bir ob‘ekt sifatida qaraladi: fizika - > moddalarning tuzilishini - > kimyoviy reaktsiyaga kirishish qobiliyatini fizikaviy metodlar yordamida o’rganiladi (YamR, PMR, spestroskopiya va x.k.).

3. Biologiya fanini kimyo fani bilan bog’liqligini qaraydigan bo’lsa: bioorganik kimyo, biokimyo, bioneorganik kimyo (organizmdagi metallarning tuzilishi, tarkibi va ularning migratsiyasini o’rganadi). (Mn, Fe, Cu, Co, Zn, Mo va boshqalar). Ularning koordinatsion birikmalari masalan: [Co (NH3) 6] 2+(3+) oqsillarning g’ishtchalari bo’lmish aminokislotalarning tarkibiy qismi bo’lib, ularni esa «hayot metallari» deb ataydi.

Biologiya fanining kimyo faniga ta‘siri natijasida kimyoviy bionika vujudga keldi.

Geologiya - > yer qobig’ida kimyoviy elementlar va ularning minerallarini tarqalishini o’rganadi.

Texnikada - > “xunarmadlik kimyo” - > XIX asrda texnikaviy kimyo - > kolbadan- > kimyoviy texnologiyaga o’tildi.

Bir qancha amaliy fanlar – ko’mir, suv, neft, shisha kimyolari paydo bo’ldi. Oziq-ovqat sanoati, metallurgiya, meditsina, qishloq xo’jaligida kimyo bir qancha mummolarni hal qildi.
HOZIRGI ZAMON KIMYO FANINING ASOSIY MUAMMOLARI

- yangi kimyoviy birikmalarning sintezi va ularning metodikasini ishlab chiqish;

- har xil kimyoviy omillar ta‘sirida boradigan kimyoviy reaktsiyalarni o’rganish;

- kimyviy analizning –moddiy tarkibi va xossalarini o’rganishning yangi usullarini yaratish;

- kimyoviy elementlar va ularning izotoplarini o’rganish;

- har xil yangi materiallarni yaratish, ularning tuzilishi va xossalaini o’rganish;

- yangi xil yonilg’i va energiya manbalarini yaratish;

- moddalarni tozalash va aralashmalarni ajratishning eksperimental usullarini yaratish va uning nazariy printsiplarini ishlab chiqish;

- kimyoni elektronikaga tadbiq qilish;

- yangi dori-darmonlar, oziq-ovqat mahsulotlarini sintez qilib olish;

- tabiiy resurslardan foydalanish texnologiyasini yaratish;

- kimyoviy bionikani rivojlantirish. (54 Sviridov V.V. ximiya segodnya i zavtra s – 127. Minsk, Izd. Universitetskoe 1987. S. 126.).

1977 yil 4 mln 40 ming kimyoviy birikmalar bo’lib, undan 63 mingtasi amalda qo’llanilgan.

1983 yilga kelib 5 mln 475 ming turdagi modda bo’lgan, Ksenonning 400 dan ortiq birikmasi olingan bular kutilmagan birikmalardir.

Bularga misol qilib quyidagi natijalarni olish mumkin:

1. Cu IV valentli Cs2[CuF6], Cs[AgF6], Cs[AuF6], [Re2CI8] Ag – V, Au – V valentli

2. [AgF6]2 -, [AgF6]3+Bro4 - va XeO4 bir xil strukturani berdi.

3. Ligandlar N2, O2, H2 va boshqa moddalar [Ru(NH3)5N2] CI2

4. CsAu - da Au – I oksidlanish darajasini namoyon qiladi.
KIMYO FANINING KELAJAKDAGI RIVOJLANISHI

Jahonda hozir kimyodan 7000 jurnal chiqarilmoqda, har yili urtacha 100000 ta maqola chop etilmoqda. Kimyo sanoati ishlab chiqarishning eng yuqori % ni tashkil qilmoqda. Rivojlanish asosan quyidagi yo’nalishlarda bormoqda:

- kimyolashtirish (o’g’it, metallurgiya, neft kimyosi, oziq-ovqat);

- chiqindisiz texnologiya yaratish;

- atrof-muhitning tozaligini saqlab qolish;

- chiqindilarni qayta ishlash;

- fotosintez, lazerkimyosi, plazma kimyosi;

- ekstremal sharoitlarda sintez qilish;
KIMYO FANINING ASOSIY MUAMMOSI

Kimyo avvalo ishsoniya uchun eng kerakli materiallarni tabiiy moddalardan olish uchun zarur – metallar, keramika, bog’lovchi moddalar, farfor, shisha, o’g’itlar, farmatsevtik materiallar, kauchuk, plastmassa, sun‘iy tola, yoqilg’i oziq-ovqat mahsulotlari. Kompozitsion materiallar va ko’pgina boshqa materiallar olishga qaratilgandir. Buning uchun kimyo o’zining asosiy muammosini yechishi kerak: ya‘ni ayni modda qanday kimyoviy elementlardan tashkil topgan va kerakli materiallarni olish uchun qanday o’zgartishlar qilish kerak. bundan kimyoning asosiy vazifasi – xossasi oldindan ma‘lum moddani olish va modda xossasini boshqarish yo’llarini bilishi yoki aniqlashdan iborat.


KIMYO FANINING VUJUDGA KELISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Insoniyat -> tabiat -> olov ta‘sirida bir xil predmetlar yo’qotilib ularning o’rniga boshqasi hosil bo’ladi. Masalan: loyni qizdirib ynga kattalik berish, ganchkorlikni vujudga keltirdi. Rudalardan metallarni eritib olib, metallardan qotishmalar olib – metallurgiya sanoati vujudga keldi.

Eng birinchi kimyoviy reaktsiya olovda moddalarning bir-biriga o’tishi bo’ldi, shuning uchun kimyo tarixchilaridan biri Figurovskiy olov o’ziga yarasha kimyoviy laboratoriyadir deydi.

Bizning eramizgacha 1000 yil oldin qadimiy Yegipitda – keramika, lazur, shisha, oxra boyog’i, indigo, pigmentlar ishlatilgan. Shuning uchun frantsuz kimyogari Bertlo kimyo yegipitcha “xemi” deb atadi (xunarmandchilikni rivojlantirgan odamlarni xemi deb atagan) grek alximigi Zosima kimyo – oltin va kumush yasash san‘ati (xemia-metall quyish san‘ati) degan so’zdan olingan deydi. Kimyo so’zining ma‘nosi haqida turlicha fikrlar mavjud. “Ximiya” (grekcha) – “Xyumos” so’zidan olingan bo’lib “Sharbat” deganidir, yoki “Xima” (grekcha) – quyma metall degani.

“Xyuma” – “Quyish”, “Okim”, “Ximevsis” – aralashtirish xitoycha “Kim” – oltinni bildiradi. Qadimgi Yegipitka “chemi” – qoratuproq, Yegipitni nomi, rimcha “Ximiya” – nodirmas metallarni oltin va kumushga aylantirish san‘atidir.

“Xemiya” – Yegipitcha oltin va kumush olish san‘atidir. “Ximoyya” – so’zi juda qadimgi tushunchalar bilan bog’langan bo’lib, “quyish”, “tindirish” ni bildiradi.

Hozirgacha “Kimyo” so’zining kelib chiqishi haqida aniq bir fikr yoki ma‘lumotlar yo’q.

Kimyoni butun rivojlanishini asosan 5 ta bosqichga bo’lish mumkin:

1 – Bosqich. Har bir bosqich kimyoviy muammolarni hal qilish usullari bilan farq qiladi. Birinchi bosqich-kimyo rivojlanishining qadimgi naturfilosofiya va alkimyo davridan, bizning tariximizgacha bo’lgan davr bo’lib uni biz “alximiya” davri deb ataymiz. Bu davr asosan moddalar haqidagi faktlarni to’plash bilan shug’ullanib ularning bir-biriga o’tish xollarini o’rgandi. U 2 ming yil XVII asrning 2 chi yarmigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Ularning asosiy maqsadi filosofiya toshini topish bo’ldi.

2 – Bosqich. XVII asrning 2 chi yarmidan boshlanadi. Bu davr eksperimental kimyo deb atalib, ular kimyoni moddalar tarkibi haqidagi fan ekanligiga asos soldi. Sintez o’tkazdi, moddalar tarkibini tekshirish natijasida ularning bir-biriga o’tishini o’rganib qoida, qonun, nazariyalarni vujudga keltirdi, analitik kimyo – sifat fani sifatida vujudga keldi.

3 – Bosqich. XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlanadi va analitikadan kimyo – undan keyin esa sintetikaga o’tib – “strukturnaya ximiya” (tuzilish kimyosi) vujudga keldi, natijada-ranglovchi buyoqlar, dorilar, sun‘iy ipak olindi. Bu davr kimyoviy strukturaning boshlanishig asos bo’ldi (1860-1880 yillar) va organik kimyoning rivojlanishining shuhrat qadamlarini ortishiga sabab bo’ldi.

4 – Bosqich. XX asr-sanoat va texnikaning intensiv rivojlanish davrini o’z ichiga oladi. Bu davr-sanoat va qishloq ho’jaligi uchun kerakli bo’lgan aniq tarkibli moddalardan juda ko’p mikdorda olish bir xarakterlanadi. Ma‘lum xossag ega bo’lgan plastmassa, sintetik, kauchuk, suniy tola, yuvuvchi moddalar, azotli o’g’itlar va boshqalardan ko’plab miqdorda ishlab chiqarila boshlandi.

5 – Bosqich. Hozirgi zamon rivojlangan ishlab chiqarish talabiga binoan rivojlanish davri. Bu davrda har xil erituvchi tanlash, biokatalizatorlar yordamida kerakli tarkibdagi moddalarni olish uchun ishlatiladigan kimyoviy jarayonlar haqidagi ta‘limotni yaratishni o’z oldiga maqsad qilib qoygan.

Kimyo fani-atrofimizni o’rab olgan butun olamni, uning xilma-xil shakllarini va olamda sodir bo’ladigan turli tuman hodisalarni tekshiruvchi tabiat fanlaridan biridir. Tabiat, butun olamishson ongidan tashqarida va inson ongiga bog’liq bo’lmagan holda mavjuddir. Olam materiyadan iborat, mavjud narsalarning hammasi doimo harakat qilib turadigan materiyaning har xil turlaridir.

Kimyo fani jonli va jonsiz tabiatni tashkil qilgan moddalarni, ularning xossalarini, tuzilishini, bir-biriga aylanishini shular natijasida roy beradigan o’zgarishlarni va bu o’zgarishlar orasidagi bog’lanishlarni tekshiradi. Butun koinot, jonli va jonsiz olam, koinotda sodir bo’ladigan barcha jarayonlar materiyaning ayrim formalaridir.

Materiya (mater rerum – narsalar onasi degan ma‘noni bildirib) – bu bizning ongimizga bog’liq bo’lmagan holdagi ob‘ektiv reallikdir, bizning ongimiz undan surat oladi, nusxa oladi va uni aks ettiradi.

Materiya – formalari – maydon va moddadir. Har ikkalasi zarrachalari – massa, energiyaga ega bo’lib korpuskulyar va to’lqinli harakat bilan xarakterlanadi. Modda zarrachalarining massasi bir xil, zichligi katta, maydon doimo to’lqinli harakatda bo’lgan uning zichligi esa kichik.

Materiya – doimo harakatda tabiatdagi o’zgarishdan tortib to fikrlash qobiliyatimizgacha. Harakat shakllari mexanik, kimyoviy, issiqlik va x.k. lar. Kimyoviy reaktsiya kimyoviy harakat formalari bilan xrakterlanadi.

Materiya zarrachalariga – elementar zarrachalar, atom va molekulalar, assotsiatsiya va agregatsiya natijasida hosil bo’lgan mahsulotlar kiradi (birinchi sxemaga qarang). Elementar zarrachalar 3 ta sinfga bo’linadi: 1 – Fotonlar (elektromagnit nurlar) 2- Leptonlar, Elektronlar va myuonlar yengil zarrachalar; 3- yengil va og’ir zarrachalardan tashkil topgan adronlar – mezonlar (pion, kaon, mezon) va barionlar (proton, neytron giperonlar) hammasi bir necha yuzlardan tashkil topgan. Kimyogarlar uchun atomlar asosini tashkil qilgan: - elektron, proton, neytron ahamiyatlidir.

Elementar zarrachalar -> atom -> molekula -> assotsiat -> agregat

Materiyaning harakat formasiga qarab energiya: mexanik, issiqlik, yorug’lik, elektr, kimyoviy energiya to’g’ri keladi.

Massa tushunchasi bilan energiya tushunchasi orasida o’zaro bog’lanish mavjud. Harakatdagi zarrachaning massasi harakat tezligiga bog’liq ravishda ifodalanadi:

Bu yerda: mo – v = 0 bo’lgandagi zarrachaning tinch massasi:

m - harakatdagi zarrachaning massasi;

s – yorug’lik tezligi 3,1010 sm/sek2.

Bu tenglamadan agar zarracha tezligi V=S bo’lsa zarrachaning massasi cheksiz katta bo’ladi: agar zarracha tezligi kichik bo’lsa m=mo bo’ladi degan xulosa kelib chiqadi. Massa bilan energiya orasidagi miqdoriy bog’lanish borligini dastlab M.V.Lomonosov ko’rsatgan edi.

M.V.Lomonosov tomonidan taklif qilingan massa va energiyaning saqlanish qonuni tbiatning fundamental qonuni hisoblandi. Materiya massasi xuddi energiyasidek vaqt o’zgarishi bilan doimiy bo’lib qoladi.

SM = const SE = const

Massa va energiyaning bog’liqligi A.Eyshteyn tenglamasi bilan ifodalanadi. (1905 E = mc2 DE = Dmc2) E=*C2 DE=DM*C2

Bu tenglama energiya o’zgarganda massa o’zgarishini va aksincha massa o’zgarganda energiya ham o’zgarishini ko’rsatadi.

S-vakuumda yorug’lik tezligi 3. 1010 sm\s2.

Kimyoning dastlabki asosiy tushunchalari.

Kimyo-moddalar, ularning tuzilishi, xossalari va yangi moddalar olinishiga olib keladigan reaktsiyalar to’g’risidagi fandir. Kimyo-o’zining vazifalari va ishlash usullari bilan farq qiladigan, ammo o’zaro bog’langan yoki qator chegara sohalariga ega bo’lgan bo’limlarga bo’linadi.

Kimyoning eng muhim bo’limlari.


Bo’lim

Tadqiqot

Anorganik kimyo

Elementlar va ularning birikmalari

Organik kimyo

Uglerodning birikmlari (S-ng oksidlari, karbonat kislota va uning tuzlari, karbidlardan va boshqalar)

Umumiy nazariy va fizikaviy kimyo

Moddalarning tuzilishi, fizikaviy hodisalar va kimyoviy reaktsiyalarning qonuniyatlari.

Termokimyo

Kimyoviy reaktsiyalarda energiyaning aylanishi

Elektrokimyo

Kimyoviy reaktsiyalar vaelektrik hodisalar orasidagi o’zaro bog’liqlik.

Kimyoviy texnologiya

Kimyoviy bilimlarni va ishlash usullarini texnologik ishlab chiqarish jarayonlariga qo’llash va bu uchun kerakli sanoat uskunalari.

Tahliliy kimyo

Moalarning sifat va miqdor tarkibini aniqla

Preparativ kimyo

Moddalarni aniqlash

Biokimyo

Tirik organizmlarda kimyoviy reaktsiyalar

Demak, kimyo moddalar va ularning o’zgarishlari haqidagi fandir.

Modda nima? Materiyaning muayyan sharoitida o’zgarmas fizik kattaliklar bilan ifodalanadigan har qaysi turi kimyoda modda deyiladi. Barcha moddalr dastlab 4 ta guruhga bo’linadi. (2 –chi sxemaga qarang).

Modalarning sinflari.

Modda - Bir yoki bir necha kimyoviy elementlarning zarrachalaridan tarkib topgan, qattiq, suyuq yoki gaz holatida bo’ladigan, massa va hajmga ega hamma turga aytildi.

Moddalar sinflarining sxemasi:


Oddiy modda

Toza modda – Bir xil element atomlaridan tuzilgan moddalar. (Masalan: rux, faqat rux elementi atomlaridan). Faqat bitta moda zarrachalaridan tarkib topgan moddalardir; SO-faqat SO2 molekulalaridan tarkib topgan.

Aralashmalar - Bir necha modalar zarrachalaridan tarkib topgan moddalardir. Shakarning svdagi eritmasi-saxaroza va suv molekulalaridan tashkil topgan. Xavo-azot, kislorod va boshqa zarrachalardan tashkil topgan.

Kimyoviy element- Hamma atomlari bir xil yadro zaryadlaridan iborat moddalardir. Kislorod kimyoviy elementining hamma atomlari yadro zaryadlari 8 ga teng.

Metall – yaxshi issiqlik o’tkazuvchanlik, elektr o’tkazuvchanlik, plastiklik va metallik yaltiroqlik kabi xarakterli xossalarga ega elementlardir.

Metallmas - hech qanday yoki metallikning ayrim belgilariga ega bo’lgan elementlardir. Metalmaslar ko’pchilik hollarda juda kichik issiqlik va elektr o’tkazuvchanlikka, murt kabi xossalarga ega. Xlor, N2, S, 02, R, N2 g’ va x. k. lar.

Yarim metall - ham metall, ham metallmas. Xossalarini namoyon qiladigan elementlardir. (bularga: V, Si, Ge, As, Se, Te . . . va x. k. lar misol bo’ladi ).

Murakkab moddalar yoki kimyoviy birikmalar - hech bo’lmaganida ikkita o’zaro bog’langan yoki bir nechta element atomlaridan tuzilgan, massalari ma‘lum (stexiometrik) nisbatlarda bo’lgan moddalardir. Kimyoviy birikmalar g’ elemetlarning o’zaro reaktsiyalaridan, yoki boshqa birikmalaridan, yoki birikmalar va elementlardan hosil bo’ladi. Ularning xossalari olingan moddalarnin xossalaridan farq qiladi.

Ayrim anorganik birikmalarning turlari: oksidlar-A1203, kislotalar-NNO3, 3. Asoslar-NaOH, 4. Tuzlar-NaCI.

Kimyoviy belgilar (simvollar)- Simvol – kimyoviy element belgisi.. Simvol quyidagi axborotlarni beradi: Kimyoviy element-R element fosfor, modda miqdori-1 mol zarracha, mol-kimyoviy element massasi-31 g. fosfor

Formula - Kimyoviy birikmani hamda, kimyoviy elementni - molekulasi hech bo’lmaganda 2 atomdan tuzilgan ifodalaydi. Formulalar-kimyoviy simvol atrofiga quyidagi 4 kattalik quyiladi.

Massa soni 16

Ion zaryadi 02-

Simvol 0


Protonlar soni 8

Formula turlari: 1) summar formula-formulaning oddiy turi. Modda tarkibi to’g’risidagi axborot bersada, atom yoki ionlar orasidagi bog’lanish turi, hamda moddaning tuzilishi to’g’risida hech qanday ma‘lumot bermaydi.

AICI3, CN4

2) Struktura formula – atomlar tasvirlashda foydalaniladi.

N=N, - C=C-H azotni struktura formulasi,

N N etilenni struktura formulasi.

3) Qisqartilgan struktura formula CH3-CH2-COOH

Reaktsiya tenglamalari-borayotgan jarayonidagi reaktsiyani sifat va miqdor o’zgarishlari tasavvurini beruvchi yozish usuli. Reaktsiya tenglamalari beradigan axborot:

-Dastlabki (boshlang’ich) birikmalar va oxirgi reaktsiya mahsulotlari. SN+202=SO2+2N2O

-Reaktsiyaga kiruvchi vahosil bo’lgan moddalar mollari soni.

1 mol metan, 2 mol 02 bilan birikib 1 mol SO2 va 2 mol suv hosil qiladi.

-Reaktsiyaga kiruvchi va hosil bo’lgan moddalar massalari. 16 g metan 64 g 02 birikib 44 g CO2 va 36 g suv hosil qiladi.

Moddalar agregat holatining (qattiq, suyuq, gaz va plazma) o’ziga xosligi. Ularning mavjud bo’lishining issiqlikga bog’liqligi. Standart sharoit haqida tushuncha. Molekulyar strukturali moddalar. Nomolekulyar strukturali moddalarning kristall va amorf holatlari. Grafik formulalari va ularning har xil tuzilishli modalarga qo’llanilishi.

Stexiometrik qonunlarning ta‘rifi. Molekulyar va nomolekulyar moddalar uchun qo’llanishi. Nestexiometrik birikmalar mavjudligining asosiy shartlari. Metallarning nestexiometrik oksidlari va sulfidlari (intermetall birikmalar). Kimyoviy metrologiyaning asoslari.

Strukturalar to’g’risida tushunchalar. Moddalarning tuzilishi (Strukturasi) qattiq, suyuq, gaz, plazma holatidagi molekulalarning xossalarini tushuntirishda juda katta rol oynaydi. Eng avvalo modda strukturasi modda zarrachalarining bo’shliqda ma‘lum bir qonuniyatlar bilan joylashishini, uning maydonda vaqt davomida barqaror bo’lishini tushuntiradi.

Struktura bilan xarakterlanadigan material ob‘ektda uchta tarkibiy qism mavjudligi bilan harakterlanadi: ular orasida energetik ta‘sirlashuv (bg’lanish tabiati) bilan, tarkibiy qismlarning bir-biriga nisbatan aniq geometrik joylanishi, fazoviy va vaqt barqarorligi.

Birinchi belgi oyu‘ektning murakkabligidan, unda ichki tuzilishi mavjudligidan guvohlik beradi. Ikkinchi belgi tarkibiy qismlarning bir-biriga nisbatan harakatchanligining cheklanganligi va ularning umumiy xossa namoyon qilishini bildiradi.

Uchinchi belgi fazoda va vaqtda simmetriyaning saqlanish barqarorligi zarrachalarning joylanishiga bog’liq emasligini aniqlaydi va strukturani tajriba usulida o’rganish imkoniyatini to’g’diradi.

Yuqorida bayon qilinganlarga asoslanib struktura deganda – fazo va vaqtda barqaror bo’lgan moddadagi o’zaro ta‘sirlashayotgan zarrachalarning qonuniy fazoviy joylanishi tushiniladi.

Vaqt va fazoda beqaror sistemalar (masalan ta‘sirlashayotgan moddalarning o’tuvchan holati yoki aktiv kompleks) uchun struktura tushunchasi o’rniga «konfiguratsiya» tushunchasi foydalaniladi.

«Konfiguratsiya» -(mgnovenno) daqiqada o’zgaradigan struktura ( . . <10-13 sek)

Reaktsiya koordinatasidagi-kinetik energiya egri chizig’idagi ta‘sirlashayotgan sistema energiyasining maksimumiga to’g’ri keladigan energiya holati o’tuvchi holat deyiladi. Ikki molekula orasidagi reaktsiya:


FORMULA
A-B, S-D- holatlarga boshlang’ich yoki dastlabki holat,

/ABSD/* - utuvchi, AS, BD-oxirgi holatlar deyiladi.

Moddalarning dastlabki va oxirgi holatlari struktura bilan harakterlanadi, a utuvchan – konfiguratsiya bilan. Materiyada quyidagi strukturaviy darajalarni farqlash maqsadga muvofiqdir: yadroviy struktura; atom struktura; molekulyar struktura, nadmolekulyar struktura. Kimyoda asosiy diqqat atom, molekulyar va nadmolekulyar strukturga qaratiladi.

Atom struktura: Atom struktura – bir tomondan elektronlar bilan uralgan atom yadrolari o’zaro ta‘siri va ikkinchi tomorndan elektronlar o’zaro ta‘sirlari bilan aniqlanadi.

Stom struktura deganda – bir-birlari bilan o’zaro elektrostatik va elektromagnit ta‘sirlashuvida bo’lgan barqaror yadro va uni o’rab olgan elektronlar to’plami tushuniladi.

Element atomlari – aniq elektron konfiguratsiyalari bilan xarakterlanadi yoki elektronlar energetik qavat va qavatchalarda (atom orbitallarida) taqsimlangan bo’ladi.

Atom orbitalarining elektronlar bilan to’lish tartibi ma‘lum qonuniyatlarga: Pauli printsipiga, Xund qoidasiga boysunadi. Bunda eng qulay usullardan biri Klechkovskiy qoidasidir. Bu qoidaga binoan qavatchalarning elektronlar bilan to’lishi (n+L) kvant sonlar yig’indisiga bog’liqdir.

Molekulyar struktura. Molekulyar struktura deganda –valent elektronlari yordamida bir-biri bilan kimyoviy bog’langan va fazoda qonuniy joylanishiga ega bo’lgan ma‘lum sondagi atomlar yig’indisi tushiniladi. Odatda molekulyar struktura: atomlar struktura (geometrik) va elektron strukturaga bo’linadi.

Atomlar strukturali molekulalar – atom yadrolarining bir-biriga nisbatan joylanishi bilan, yadrolararo masofa va valent burchagi bilan aniqlanadi.

Absalyut noldan yuqori temperaturada ko’pchilik molekulalar atom yadrolarining tebranishi hisobiga va birlamchi s – bog’ atrofida molekulalarning ayrim qismlarini erkin harakatlanishlari natijasida cheksiz ko’p atomlar strkuturalarni namoyon qiladi.

S – bog’ atrofida aylanishi natijasida bir daqiqaga yuzaga keladigan murakkab molekulalarning strukturalariga konformatsiya deyiladi. Hech qanday sharoitda ham ularni ajratish mumkin emas, shuni uchun ular izomerlar bula olmaydi, ular bitta molekulaning fazoviy formulalaridir.

Elektron strukturali molekulalar – energiya va bog’langan va bog’lanmagan elektronlarning elektron bulutlari taqsimlanishi simmetriyasi bilan aniqladanadi. Hozirgi paytda elektron strukturalarga nisbatan atomlar strukturali molekulalar ko’proq o’rganilgan.

Kimyoviy tuzilishi nazariyasi va uni organik birikmalarga tadbiqiga 1861 yilda A.M.Butlerov tomonidan asos solingan.

Stereokimyo, molekulada atomlarning fazoviy joylanishi va uning modda xossasiga ta‘siri dastlab Vant-Goff tomonidan asos solingan (1884 yillardan 1901 yilgacha birinchi Nobel mukofoti laureati). Noorganik steriokimyo dastlab Verner tomonidan koordinauion nazariya (1893) asoslandi. 1911 yilda Nobel mukofoti laureati bo’ldi. Molekulalarning geometrik konfiguratsiyalari valent elektronlarning xossalari bilan, ularning simmetriyasi va energiyasi hamda atomlar va atomlar gruppalarining o’zaro itarilishi bilan aniqlanadi. Bu omillar fazoda kimyoviy bog’lanishning yo’nalishini va bu bog’ning tiplarini (s, p, s) aniqlaydi.

Atomlar struktura valent bog’lanishlar usuli asosida yaxshi tushuntiriladi.

Nadmolekulyar struktura – atom-molekulyar zarrachalar tarkibini katta murakkabligi va simmetriyasi bilan molekulyar strukturalardan farq qiladi.

Nadmolekulyar struktura – sistemada ikki yoki ko’p sondagi molekulalarning o’zaro kuchsiz ta‘sirlashuvi asosida hosil bo’ladi.

Nadmolekulyar strukturada molekulalar – spetsifik kuchlar (vodorod bog’lanish) yoki nespetsifik kuchlar (dipol-dinol, Vander-vals kuchlari) ta‘sirida kuchsiz bog’langan bo’ladi.

Lekin juda yirik molekulalarda (makromolekula) molekulalar orasidagi bog’lanish kuchlar summasi juda katta bo’lishi mumkin. bu oqsillarda, nuklein kislotalarda, polisaxaridlarda kuzatiladi. Bu xollarda molekulyar strukturalarning murakkab kombinatsiyalari yuzaga keladi.

Odatda bunday nadmolekulyar strukturalarni molekulyar strukturalarga ajratish ancha oson xatto erituvchi ta‘sirida ham sodir bo’ladi. Suyuqliklar strukturasi – deganda biz ma‘lum bir atom molekulyar zarrachalarning ma‘lum bir zarracha atrofida yaqin va uzoq o’rab olingan (ikki atom o’rtasini yaqin, keyingi zarrachalarni esa uzoq deyiladi) zarrachalarning teng holdagi tartibli (statistik tartibli) ta‘sirlashishi va ularning bog’lanish tartibi tushiniladi. Bularni ko’pincha biz assotsiatlar yig’indisi deb qaraymiz. Masalan H2O, suyuq holda vodorod bog’lanish yordamida tetraedr shaklida joylashgan bo’lib, ma‘lum bir qaynash va suyuqlanish temperaturasiga ega bo’ladi.

Qattiq moddalar strukturasi.

Qattiq jismlar. Jismlarning agregat holatidagi farq ularning ichki tuzilishi bilan tushintiriladi, ya‘ni gaz va suyuqliklarda zarrachalar birmuncha erkin harakatlansa, qattiq jismlarda zarrachalar ma‘lum nuqtalarda juda kichik masofada tebranma harakatda bo’ladi. Shu narsa ma‘lumki fazoda bu nuqtalar qat‘iy qonuniyat bilan joylashgan bo’lib, u yoki bu fazoviy panjaralar tipiga muvofiq keladi. Qattiq moddalar 2-gruppaga: kristallik va amorf ga bo’linadi. Ammo bu shartli bo’linishdir. Chunki ko’p hollarda amorf va kristallik formalar bir moddaning turli xil holatlari bo’lib ular ayni moddaning olinish sharoitiga bog’liq bo’ladi. Masalan tabiatda kremnezem SiO2- ning kristallik formasi mineral kvarts, va amorf formasi mineral kremen uchraydi.

Shisha – amorf jism, lekin shishani tez-tez qizdirib sekin sovitilsa u kristallana boshlaydi. Bu jarayonga rassteklovaniem deyiladi.

Kristallik va amorf jismlar bir-birlaridan quyidagi belgilari bilan farq qiladi:

1. Kristall moddalar – aniq va yorqin ifodalangan suyuqlanish temperaturalari va ma‘lum geometrik shalga egaligi bilan xarakterlanadilar.

Kristallar – bir jinsli jismlardir, ammo shunga qaramasdan ularda bitta xossaning o’zi har xil qiymatga ega bo’lishi mumkin, bu hol kristallarning yo’nalishiga bog’liq bo’ladi.

Masalan: slyuda bir yo’nalishiga qarab oson sinadi, qarama-qarshi yo’nalishiga esa qiyin sinadi, xuddi shunday xossani issiqlik o’tkazuvchanlikda ham namoyon qiladi.

Bunday hodisaga anizotropiya hodisasi deyiladi, kristallarga esa anizotrop jismlar deyiladi.

Ayrim kristallmas jismlarda masalan shishada uning xossalari yo’nalishiga bog’liq bo’lmaydi, bunday jismlarga izotrop jismlar deyiladi.

2. Amorf jismlar yorqin ifodalangan suyuqlanish temperaturasiga eg bo’lmaydilar, geometrik shaklga ega emas ya‘ni izotrop jismlar, ular vektorial xossalarni namoyon qilmaydilar. Amorf qattiq jismlar, monokristallardan atomlarnineg to’liq tartibsiz joylanishi bilan farq qiladi. Bu kristallanish paytida atomlarning yetarlicha harakatsizligi (podvijnost) natijasidir, ya‘ni sust harakatchanlik atomlarning ma‘lum tartibda joylanishiga halaqit beradi.

Fizik xossalariga (toS), ichki tuzilishi (molekularlarining tartibsiz joylanishi)ga qarab hozirgi paytda amorf moddalarga, sovutilganda qovushqoqligi juda yuqori bo’lgan suyuqliklar deb qarash mumkin.

Qattiq moddalar sifatida – faqat kristall moddalar tushiniladi. Kristallarni shaklini va xossalarini kristallografiya fani o’rganadi. Kristallarning formalarini ko’rsatish uchun uch sistemali kristallografik o’qlardan foydalanadi.

Bular elementar yacheykalarning uzunligiga a, B, s va burchaklari a, b, g ni ko’rsatadi.

Kristall moddalarning shakliga (tuzilishiga) qarab ularni 6-gruppaga yoki kristall sistemaga bo’lish mumkin.



  1. to’g’ri – kub shaklida;

  2. kvadrt-tetrogonal;

  3. rombik;

  4. geksagonal;

  5. monoklinik;

  6. triklinik.

Hammasi bo’lib kristallarning 230 shakli mavjud.

Bu sistemalar bir-birlaridan kristall ichida ma‘lum tartibda koordinat o’qlarining nisbatan taqsimlanishi bilan va kristall qirralaridagi bo’lakchalarning qiymati bilan farq qiladi.

Geometrik xossalari boyiyaa kristallarning klassifikatsiyasida kristallar simmetriyasi elementlari asosiy rol oynaydi.

Kimyo kursida hozirgi paytda kristallar klassifikatsiyasining asosida kristallarni tashkil qilgan zarrachalar orasidagi bog’lanish xarakteri asos qilib olingan.

Kristallarni tashkil qilgan zarrachalar: ionlar, neytral, atomlar va butun molekulalar bo’lishi mumkin.

Kristallarda ion va kovalent bog’lanishdan tashqari, metall bog’lanish, molekulalararo (Van-der-Vals) bog’lanish bo’lishi mumkin. ayrim kristallarda bu bog’lanishlar bilan bir qatorda, vodorod va ion-dipol bog’lanishlar ham namoyon bo’ladi. Qattiq jismlarning xossalari – (fizikaviy va kimyoviy) ko’pincha ularning elektron va atom strukturalariga bog’liq bo’ladi.

Ion bog’lanish. Agar o’zaro birikayotgan atomlardan biri yetarlicha elektromusbat, ikkinchisi esa elektromanfiy bo’lsa, birinchi atom valent elektronlarini ikkinchi atomga beradi va elektrostatik tortishuv hisobiga + va – ionlr birikadi va ion bog’lanish vujudga keladi. Ion bog’lanishga birinchi navbatda ko’pgina anorganik tuzlar (KF, KCl, NaCl, KNO3 va x.k.) kiradi. Kristallarda har bir ion ma‘lum sondagi qarama-qarshi ionlar bilan o’ralgan bo’ladi.

Masalan: NaCl – hosil bo’lishi. Ion bog’lanishda – kristallarni tashkil qilgan ionlar tugallangan elektron konfiguratsiyaga ega bo’ladi.




























Na+ ck- Na+ cl- Na+
11 Na – 1s22s22p63s1

17 cl – 1s22s22p63s23p5

Na+ - 1s22s22p6

cl- - 1s22s22p63s23p6

Kuchli elektrostatik tortishuv hisobiga vujudga kelganligi uchun kristallardagi ion bog’lanish juda kuchli, bunday moddalar yuqori barqarorligi, qattiqligi va yuqori temperaturaga chidamliligi bilan harakterlanadi.

Kovalent bog’lanish. Bir xil atomlar yoki har xil atomlar orasidagi umumlashgan elektronlar hisobiga vujudga keladigan bog’lanishga kovalent bog’lanish deyiladi.

Kovalent bog’lanishli kristallarga almaz misol bo’la oladi. Bunda har bir uglerod atomi 4-ta boshqa uglerod atomlari bilan tetrdedrik bog’langan bo’ladi.

C - C=109o281

Almazda uglerod atomlari uzluksiz fazoviy panjara hosil qiladi.

Kovalent bog’lanish yo’naluvchanlik harakteriga ega bo’lganligi uchun, ion va metall bog’lanishlarga nisbatan zarrachalar uncha tig’iz joylashmaydi.

Shu sababli kovalent bog’lanish juda barqaror, yuqori suyuqlanish temperaturaga va kam uchuvchanlikka ega (masalan: almaz). Bularning ko’pchiligi suyuqlik va par holatiga o’tmay, yuqori temperaturada parchalanib ketadi.

Metall bog’lnish. (atom bog’lanish) Tipik metall kristallarda zarrachalar orasidagi bog’lanish birinchi navbatda metallar atomlarida zaif bog’langan elektronlar borligi bilan xarkterlanadi. Xuddi shu xossasi bilan metalliklik xossa aniqlanadi. Metallardagi bog’lanish qattiq jismdagi hamma atomlarni bitta yaxlit hisoblanib, hamma atomlarning valent elektronlari butun kristall uchun taalluqli bo’ladi. Metallarning ko’pchilik xossalari “erkin elektron” nazariyasi asosida tushuntiriladi. (Drude nazariyasi).

Molekulyar kristallar. Kuchsiz elektrostatik kuchlar (Van-der-Vals kuchlari), ham birikish kuchlari bo’lishi mumkin, bular yordamida qattiq jismlarda bog’lanish vujudga keladi. Bu kuchlar atom va molekulalardagi elektronlar harakati natijasida bir daqiqa elektr dipol hisobiga vujudga keladi, kuchsiz tortishadi. Bu tortishuv kuchlari kuchsiz bo’lganligi sababli, molekulyar kristallardagi bog’lanish ham juda zaif.

Misol tariqasida qattiq holda (past temperaturada) inert gaz atomlari orasidagi bog’lanishni keltirish mumkin, yoki organik moddalar kristallaridagi molekulalar. Bunday molekulyar kristallar past toS, va uncha yuqori bo’lmagan barqarorlik bilan harakterlanadi.

Poliformizm, izomorfizm. Bitta birikmaning bir necha xil struktura formasida kristallanishiga polimorfizm deyiladi.

Masalan: ZnS – kub strukturasida, (tetraedrik koordinatsiyaga muvofiq keladigan) geksagonal strukturada kristallanadi.

Ikkita har xil, kimyoviy o’xshash moddalarning bir xil kristallik strukturada kristallanishiga izomorfizm (izomorf) deyiladi.

Ikkita modda (kimyoviy har xil) bir xil strukturasha tuzulishiga ega bo’lsa, ularni izostrukturali moddalar deyiladi.

Qattiq eritmalar: o’zgaruvchan tarkibli bir jinsli qattiq kristall yoki qattiq amorf moddalarga qattiq eritmalar deyiladi.

Izomorf elementlar va birikmalar osonlik bilan qattiq eritmalar hosil qiladi. Masalan: metallar qotishmalari. Agar kristall strukturalari o’xshash, ammo kimyoviy tabiati butunlay boshqacha bo’lsa, bunday tuzilishga ega bo’lgan moddalarning qattiq eritma hosil qilish ehtimoliyati kamdan-kam bo’ladi.

Qachonki izomorf birikmalarda 2-kation (yoki anion) bir xil o’lchamga, anionlar esa o’xshash yoki o’lchamlari yaqin bo’lsa, qattiq eritma (hamma kontsentratsiya intervallarida) hosil bo’ladi. (NaO-CoO).

Agar izomorf birikmalarda 2-ionlar o’lchailari farq qilsa (NaCl-KCl) - chegaralangan sohadagina qattiq eritma hosil bo’ladi.

Qattiq eritmalar uch xil sulda hosil bo’ladi:


  1. Almashinish (zameshenie) – zichlik yo ortadi yoki kamayadi.

  2. Kiritish (vnedrenie) – zichlik ortadi.

  3. Ayirish (vchitanie) – zichlik kamayadi.

  1. NiO*CoO – almashishga misol qilish mumkin bo’lgan qattiq eritma

  2. Metallarda kristallik panjara tugunlari orasida C, N, N. joylashadi qattiq eritma kiritish (vnedreniya) hosil bo’ladi.

  3. Ayirish (vchitanie) – bitta atom uchub ketadi, o’rniga boshqa (nestexometrik birikmalar) birikadi.

Plazma – holati-moddalarning ming, million gradus kiedirilganda ionlashgan gaz holati tushuniladi. 10-100 ming gradusda sovuq plazma, million gradusda issiq plazma deyiladi. Plazma elektron, ionlar, yadrolarning harakatidan tashkil topadi, u elektroneytral, elektron va ion o’tkazish xossalariga ega; chaqmoq, neon, argon lampalar, elektr duga lampalari olovlari plazmaga misol bo’ladi. Yuqori bosimda ko’pgina moddalar o’z holatini o’zgartiradi. Polimorf o’zgarishlar vujudga keladi, grafit almazga, bor nitriddn-borazon, oltingugurt yarim o’tkazgich, Te, 12, P-metallik xossalarini namoyon qiladi bosim 109-1010 Pa bo’lganda Itterbiy 2 .109 Pa da metall, 2 . 109 – 4 . 109 Pa da yarim o’tkazgich, undan yuqorida yana metallik xossasini namoyon qiladi. Bu hodisalar moddalar holatlarining cheksizligidan dalolat beradi.

Kimyoning fan sifatida vujudga kelishi va rivojlanishida D.I.Mendelevning dvriy qonuni, Gibss energiyasi (elektronga bo’lgan moyillik energiyasi, termodinamika-oldindan aytish metodi sifatida), massa va energiyaning saqlanishning fundamental qonuni, A.Eynshteynning massalar ta‘siri qonuni, ya‘ni Ye=m. C2 massaning va energiya bog’liqligi, har qanday kimyoviy jarayon massa o’zgarishisiz yuzaga kelmasligi (C-2, 997925. 105m/sm2 yorug’lik tezligi) kabi ta‘limotlar juda katta rol oynadi. Tabiatshunoslikdagi yana bir fundamental qonunlardan biri davriylikdir. Eng barqaror yadrolar magik sonlar –2, 8, 20, 28, 50, 82, 126 tabiatda ko’p turqalgan, izotoplari barqaror.

4He (2p, 2n), 160 (8p, 8n), 40Ca (20p, 20n)

Elektron qavatlar 2, 8, 18, 32 bo’ladi. Yuqoridagi qonuniyatlr tabiatshunoslikning asosiy qonunlari. Bulardan tashqari kimyoning o’z qonuniyatlari mavjud.

1. Moddalar massasining saqlanish qonuni (M.V.Lomonosov – 1748 y.) reaktsiyaga kirishayotgan moddalarning massasi reaktsiya natijsida hosil bo’lgan moddalarning massasiga teng bu qonunki matematik ifodasi quyidagicha ifodalanadi: Smg. m = Smp. m Moddalar massasini saqlanish qonuni kimyoviy jarayonlarni borish harakterini, moddalarning tarkibi miqdorriy analizini ilmiy jihatdan asoslab beradi.

2. Ekvivalentlar qonuni. Nemis fizigi Rixter ekvivalentlar qonunini yaratdi. reaktsiyaga kirishayotgan modalarning massasi ularning ekvivalentiga to’g’ri proportsional bo’ladi.



Ekvivalent deb kislota asosli reaktsiyalarda bir vodorod ioniga, oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalarida 1 elektronga to’g’ri keladigan modd miqdoriga aytiladi. Ekvivalentning molyar massasi quyidagicha topiladi:

mME = M/n NsI + NaON = NasI + N2O

Bu qonunni quyidagicha ham ifodalash mumkin: Molekulyar birikmalarda ularning tarkibiga kirgan elementlar miqdori kimyoviy ekvivalentiga to’g’ri keladi. Agar shu agregat holatda molekulyar strukturasi o’zgarsa shunga qarab ekvivalentlar miqdori ham o’zgaradi. TiO 47, 9 : 8; agar Ti00, 82 47, 9 : 6, 56 da 02 ning kimyoviy ekvivalenti 8-6, 56=1, 44 ga kamayadi.

3. Tarkibning doimiylik qonuni. Ko’pgina anorganik moddalar hosil bo’lishida ular to bir jinslilik (gomogen) holati davom etguncha tarkibi o’zgaradi. Tarkibi o’zgarmas moddalar 5% dan kamroqni tashkil qiladi. Bu qonun: modda qanday usulda olinishidan qat‘iy nazar tarkibi o’zgarmas bo’lib qoladi. Agar tarkibi molekulyar strukturadan farq qilsa bu agregat holatda uning tarkibi qayta ishlash va olish sharoitiga bog’liqdir. Masalan: ammiak doimiy tarkibli TiO – o’zgaruvchan tarkibli.

4. Karrali nisbatlar qonuni: Agar ikki element bir-biri bilan bir qancha molekulyar birikma hosil qilsa, ular bir-biri bilan kichik butun sonlar kabi nisbatda birikadi. Molekulyar bo’lmagan birikmalar bir-biri bilan butun bo’lmagan kasr sonlar bilan birikadi: CO2, CO, C3)2 1:2:3.

TiO0, 58 – 1, 1331, TiO1, 45 – 1,56, TiO1, 9 – 2,0

Kristallarda esa olinish usullariga va qayta ishlashiga bog’liq bo’ladi. Agar gazlar reaktsiyaga kirishsa und Gey-Lyussak J. (1808)ning hajmiy nisbatlar qonuniga boysinadi: Reaktsiyaga kirishayotgan gaz molekulalari bir-biri bilan hosil bo’layotgan gaz mahsulotlariga kichik butun sonlar nisbati kabi bo’ladi. Avagadro A. bir xil sharoitda teng hajmdagi har xil gazlarning molekulalar soni bir xil bo’ladi. Avagadro qonuni ya‘ni Avagadro soniga teng bo’ladi. NA = 6, 02. 1023 mol-1. Gaz molekulasi hajmi, bosim, temperatura shunday bog’langan bo’ladi pV = RT n-mol uchun:

n- mol uchun: PV = nRT = m/M * RT Mendeleev – Klapeyron tenglamasi yoki ideal gazlarning holat tenglamasi.

Qattiq moddalar uchun Dyulong – Pti (1819) solishtirma issiqlik sig’imi (s) qoununini A . S = 6, 3 =25, 9. 103 Dj/K.

D.I.Mendeleeev davridan boshlab kimyoviy birikmalarni tarkibi doimiy va o’zgarmas, faqat eritma va qotishmalarda tarkibi noaniq bo’lishi mumkin deb kelindi. Asosan metall qotishmalar tarkibi o’zgaruvchan deb kelindi. Hozir esa binar birikmalarning ko’pchiligi qattiq holatda o’zgaruvchan trkibli bo’ladi. Bularga oksidlar, sulfidlar, selenidlar, telluridlar, nitridlar, fosfidlar, karbidlar kiradi. Qattiq holdagi ham o’zgaruvchan harakterga ega. masalan: FeS – Fe1 – xS (Fe 50-45%), FeO, FeO, 910, Te 0,53-1,00.

Agar shu stexiometrik tarkibli modda ichiga kirsa buni gomogen oblast yoki nestexiometriya oblasti deyiladi TiO da 0 0,58-1, 33 gacha bo’ladi. Stexiometrik tarkibi 0-1,0 o’rtasida bo’ladi. FeS va FeO bir fazali chunki stexiometrik holatning bir tomonida o’zgarishlar bo’ladi. Gomogen soha juda kichik ham bo’lishi mumkin. Aniqlanishicha o’zgaruvchan tarkibli bo’ladigan birikmalar asosan kovalent, metall va ba‘zi hollarda ionli panjarali ham bo’lishi mumkin. Masalan: NaCl, CaF2.

O’zgaruvchan tarkibli moddalar uchun molekulyar massa o’rnig formuladagi massa kiritildi. Ti 00, 82=47, 9=16 0, 82=61, 02. Akademik Kurnakov o’zgarmas tarkibli birikmalarni (N20, NN3), haqiqiy yoki daltanoidlar deb ataydi, nestexiometrik birikmalarni bertoloidlar Masalan: ZrNO, 69 deb ataydi. Bir yoki bir necha metallar bir-biri bilan hosil qiladigan birikmalarini intermetall birikmalar deyiladi. Intermetallarning elektr va issiqlik o’tkazish xossalari oddiy metalldan kam bo’lgani bilan ular qattiq, suyuqlanish tempiraturasi juda yuqori bo’lai. Intermetall birikmalar suvda erimaydi. Ko’plari kimyoviy barqaror, suvsiz eritmalara olinadi.

Masalan: Suyuq ammiakda:

4Na+9Pb = Na4Pb9 (yashil)

3Na+7Sb=Na3Sb7 (qizil)

Kimyo fanida miqdoriy usullarning keng tadqiqot qilinishi kimyoviy metrologiyani yaratishni talab qildi. Atom molekulyar ta‘limot nazariyasi asosida kimyodagi asosiy o’lchov birliklari:

-mol- Moddaning asosiy o’lchov birligi qilib qabul qilingan.

1971 yilda Parijda o’tkazilgan bosh Assambliya konferentsiyasida Si (xalqaro o’lchov birliklari sistemasida) mol – modda miqdori etib qabul qilingan.

Mol – bu moddaning 0,012 kg uglerod izotopi 12s uglerod izotopi 12S da nechta atom bo’lsa, tarkibida shuncha strukturaviy birliklar (molekula, atom, ion, elektron va boshqalar) bo’ladigan miqdoridir. Bitta uglerod atomining massasini (1,993x10-26 kg) bilgan holda 0,012 kg ugleroddagi atomlar soni NA ni hisoblab topish mumkin: kg/mol

kelib chiqadi.

Bunga Avogadro soni deyiladi va istalgan moddaning bir molidagi struktura birliklari sonini ko’rsatadi.

Molyar massa – modda massasining modda miqdoriga nisbatiga teng kattalik. Uning o’lchov birligi kg/mol yoki g/mol; odatda u M harfi bilan belgilanadi.

Kimyoviy metrologiyada atom va molekulyar massalar juda katta ahamiyatlidir.



Ularni aniqlanishning juda ko’p usullari mavjud Masalan: atom massani topish Avogadro usulida, Kannitsaro usulida, Mendeleev usulida, Masspektrometrik usulda va x.k. larda aniqlanadi. Molekulyar massalarni topishda esa Avogadro qonuni, Mendeleev-Klapeyron tenglamalaridan foydalaniladi. mOddalarning reaktsiyaga kirishish qobiliyatining asosiy o’lchov birligi bo’lib ekvivalent birligi xizmat qiladi.
Download 95,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish