1. ehmni dasturiy ta’minotining tasniflanishi. Raqamli yoki belgili ro’yhat tashkil qilish



Download 18,26 Kb.
Sana27.05.2022
Hajmi18,26 Kb.
#611667
Bog'liq
Mavzu4444


Mavzu: Raqamli yoki belgili ro’yhat tashkil qilish, abzatsning birinchi xarfini kattalashtirish
REJA:
1. EHMni dasturiy ta’minotining tasniflanishi.
2. Raqamli yoki belgili ro’yhat tashkil qilish
3. Abzatsning birinchi xarfini kattalashtirish
4. Katalog va fayllar bilan ishlash buyruqlari.


EHMni dasturiy ta’minotining tasniflanishi. Zamonaviy axborot texnologiyalarining rivojlanishi va uni qo’llash sohasining kengayishi dasturiy ta’minotning rivojlanishiga olib keldi. Axborot tizimlarining dasturiy ta’minoti deganda, xisoblash texnikasi vositalari bilan ma’lumotlarni kayta ishlash tizimini yaratish va undan foydalanish uchun dasturiy va xujjatli vositalarni jamlash tushuniladi. Dasturiy ta’minotni ikki guruhga bo’lish mumkin: tizimli dasturiy ta’minot va amaliy dasturiy ta’minot. Tizimli dasturiy ta’minot kompyuterda axborotni qayta ishlash jaraenini tashkil etadi va amaliy dasturlar uchun me’erdagi ish muxitini ta’minlaydi. Amaliy dasturiy ta’minot foydalanuvchining aniq vazifalarini hal etish va umuman axborot tizimining hisoblash jaraenini tashkil etish uchun mo’ljallangan. Tizimli dasturiy ta’minoti tarkibiga quyidagilar kiradi: - operatsion tizimlar; - servis dasturlar; - dasturlashtirish tillari translyatorlari; - texnik hizmat dasturlari. Bajariladigan vazifalardan kelib chiqib, operatsion tizimlarni uch guruxga bo’lish mumkin: - bir vazifali OT; - ko’p vazifali OT; - tarmoqli OTlar. Servis dasturiy ta’minoti - foydalanuvchiga kompyuter bilan ishlashda qo’shimcha hizmatlar taqdim etuvchi va operatsion tizimlar imkoniyatlarini oshiruvchi dasturiy mahsulotlar turkumidan iboratdir. Servis dasturiy ta’minotini quyidagi guruxlarga bo’lish mumkin: 19 - qobiqlar; - utilitalar; - antivirus dasturlari. Texnik hizmat dasturlarini test dasturlari va maxsus nazorat dasturlariga bo’lish mumkin. Amaliy dasturiy ta’minoti anik vazifalarni echishga mo’ljallangan bo’lib, quyidagicha tasniflanishi mumkin: - operatsion tizimlar imkoniyatlarini kengaytiruvchi paketlar; - umumiy belgilanishdagi paketlar; - ABTda ishlashga mo’ljallangan paketlar. Umumiy belgilanishdagi paketlar guruxiga quyidagilarni kiritish mumkin: MBBT paketlari: ACCES, FoxPro, Paradox. MB serverlari: Oracle, SQL. Matnli protsessorlar: Word. Jadvalli protsessorlar: Lotus, Excel. Grafik vositalari: Power Point. 2.2. Operatsion tizimining umumiy tushunchasi. Operatsion tizim (OT) - bu EHM zaxiralarini boshqarish, amaliy dasturlarni chiqarish va ularning tashqi qurilmalar, boshqa dasturlar bilan o’zaro aloqasini amalga oshiruvchi, shuningdek, foydalanuvchining kompyuter bilan muloqotini ta’minlovchi dasturiy vositalar yig’g’indisidir. EHMning istalgan komponentlari va ularga beriladigan imkoniyatlar: markaziy protsessor, tezkor yoki tashqi xotira, tashqi qurilmalar, dasturlar va boshqalar zaxqira bo’lib hizmat qiladi. OT foydalanuvchiga hisoblash tizimi bilan qulay muloqot qilish usulini (interfeys) taqdim etadi. Interfeys bunda dasturiy va foydalaniladigan bo’lishi mumkin. Dasturiy interfeys - hisoblash tizimi doirasida qurilma va dasturlar o’zaro ta’sirini ta’minlovchi vositalar yig’g’indisidir. Foydalaniluvchi interfeys - foydalanuvchining dasturiy yoki EHM bilan o’zaro ta’siridagi dasturiy va apparat vositalaridir. O’z navbatida foydalaniluvchi interfeys buyruqli yoki ob’ektliyo’naltirilgan bo’lishi mumkin. Buyruqli interfeys kompyuter zaxiralarini boshqarish bo’yicha harakatlarni bajarishda foydalaniluvchi tomonidan buyruqlarni klaviaturadan kiritishni ko’zda tutadi. Ob’ektli-yo’naltirilgan interfeys - fayllar, kataloglar (papkalar), diskovodlar, dasturlar, hujjatlar va boshqalarni taqdim 20 etuvchi ob’ektlar ustidan operatsiyalarni amalga oshirish vositasida hisoblash tizimlari zaxqiralarini boshqarishdir. Har bir kompyuter albatta operatsion tizim turkumiga ega bo’ladi, ularning har biri uchun amaliy dasturlarning (ilovalarning) o’z turkumi yaratiladi. Ko’pgina operatsion tizimlar xatolarni tuzatish va yangi imkoniyatlarni kiritish yo’nalishida modifikatsiyalashadi va takomillashadi. Vorislikni saqlash maqsadlarida operatsion tizimning yangi modifikatsiyasi qayta nomlanmaydi, balki versiyalar nomini oladi. OT versiyalari (odatda) 6.00, 2.1, 3,5 va hokazolar ko’rinishida «o’nli kasr»ni anglatadi. Bunda raqamning nuqtagacha oshib borishi operatsion tizimga kiritiladigan jiddiy o’zgarishlarni, nuqtadan keyin turuvchi raqamning oshib borishi esa uncha axqamiyatsiz o’zgarishlarni eks ettiradi (masalan, xatolarni to’g’rilash). Versiyaning tartib nomeri qancha oshiq bo’lsa, sistema shunchalik ko’p imkoniyatlarga ega bo’ladi. 2.3. Operatsion tizimlarining tasniflanishi. Operatsion tizimlar quyidagi faktorlar bo’yicha klas-sifikatsiya qilinadi: bir vaqtda ishlaydigan foydalanuvchilar soniga ko’ra; qo’llab-quvvatlovchi jarayonlar: birprotsessorli, ko’p-protsessorlilar soniga ko’ra; OT kodi razryadliligi: 8-razryadli, 16-razryadli, 32-razryadli, 64- razryadliligiga ko’ra; interfeys tipi: buyruq (matnli) va ob’ektli-yo’nal-tirilgan (grafik)ligiga ko’ra; foydalanuvchining EHMga kirishi tipi: paketli qayta ishlash, vaqt bilan bo’linishi, real vaqtga ko’ra; zaxqiralardan foydalanish tipi: tarmoqli, lokalliligiga ko’ra. Klassifikatsiyaning birinchi belgisiga muvofiq, ko’p (kishi) foydalanuvchi operatsion tizimlar bir (kishi) foydalanuvchisidan farqli ravishda turli terminallardagi bir necha foydalanuvchilar EHMning bir vaqtdagi ishini qo’llab-quvvatlaydi. Ikkinchi belgiga muvofiq, ko’pprotsessorli OTlar bir protsessorlidan farqli ravishda u yoki bu vazifani hal etish uchun bir necha protsessorlar zaxiralari rejimini taqsimlashni qo’labquvvatlaydi. Uchinchi belgi operatsion tizimlarni 8-, 16-, 32- va 64- razryadlilarga bo’ladi. Bunda operatsion tizim razryadliligi protsessor razryadliligidan oshib ketmasligi anglashiladi. 21 Turtinchi belgiga muvofiq, OT foydalanuvchi interfeys tipiga ko’ra ob’ektli-yo’naltirilgan (odatda grafik interfeys bilan) va buyruqli(matnli interfeys bilan)ga bo’linadi. Beshinchi belgiga ko’ra, OT quyidagi tizimlarga ajratiladi: - paketli qayta ishlash, ularda bajarishga tegishli dasturlardan EHMga kiritiladigan va navbatchilik tartibida ustivorlik hisobga olingan holda bajariladigan paketlar(turkumlar) shakllantiriladi; - vaqtni bo’lish(TSR), unda EHMga bir necha foydalanuvchilarning turli terminallarida kirishning bir-vaqtli muloqotli(interaktiv) rejimi ta’minlanadi, ularga navbati bilan mashina zaxqiralari ajratiladi, bu ishlar hizmat ko’rsatish intizomiga muvofiq operatsion tizimga muvofiqlashtiriladi. Oltinchi belgiga muvofiq, OT tarmoqli va lokalga bo’linadi. Tarmoqli OT ma’lumotlardan birgalikda foydalanish maqsadida tarmoqlarga birlashtirilgan kompyuterlar zaxiralarini boshqarish uchun mo’ljallangan va butunligi hamda saqlanganligini ta’minlash doirasida ma’lumotlarga kirishni cheklashning kuchli vositalari, shuningdek, tarmoq vositalaridan foydalanishning ko’plab servis imkoniyatlarini o’zida namoyon etadi. Ko’pgina hollarda tarmoq operatsion tizimlari faqat tarmoqqa xizmat ko’rsatish va birgalikda foydalanadigan zaxiralar uchun ajratiladigan bir va undan ortiq ancha kuchli kompyuter-serverlarga o’rnatiladi. Barcha qolgan OTlar lokal hisoblanadi va istalgan shaxsiy kompyuterda, shuningdek, ishchi stantsiya yoki mijoz sifatida tarmoqqa ulangan alohida kompyuterda foydalanilishi mumkin. Hozirgi paytda operatsion tizimlarning DOS; OSG’2; UNIX; Windows oilalari keng tarqalgan. DOS oilasidagi operatsion tizimlar: Bu oilaning birinchi vakili - MS-DOS tizimi (Microsoft Disk Operating System - Mikrosoft firmasining diskli operatsion tizimi) 1981 yilda IBM PC (ShEHM) paydo bo’lishi munosabati bilan chiqarilgan. DOS oilasining operatsion tizimlari birvazifali bo’lib, quyidagi o’ziga hos xususiyatlarga ega: - EHMli interfeys foydalanuvchi kiritadigan buyruq yordamida amalga oshiriladi; - tizimni EHMning boshqa tiplariga o’tishini sodda-lashtiradigan tuzilma modulligi; - operativ xotiraga kirish hajmining uncha katta emasligi(640 Kbayt). DOS operatsion tizim oilalarining jiddiy kamchiligi ShK va OT zaxqiralariga beruxsat kirishdan muxqofaza vositalarining yo’qligidir. 22 2.4. Katalog va fayllar bilan ishlash buyruqlari. Kataloglar (Mundarijalar). Diskda fayllarning nomlari ma’lum mundarijalarda saqlanadi. Agar mundarijada faylning nomi bo’lsa, demak shu fayl ushbu diskda joylashgan deb tushuniladi. Har bir diskda bir nechta mundarija (asosiy mundarija va uning ichki mundarijalari) bo’lishi mumkin. Kompyuterning qattik diski bir nechta qism (S,D,E,F)ga bo’lingan bo’lishi mumkin. Bunda ular bilan ishlash alohida disklar bilan ishlagandagicha o’xshaydi. Bitta diskdagi mundarija bir qancha pag’onasini o’z ichiga olishi mumkin.
NC muhitida funktsional klavishalar erdamida bajariladigan amallar. Endi har bir funktsional klavisha bajaradigan vazifalarini qiskacha ko’rib chiqamiz. HELP-erdam berish. F1 klavishasi NS sistemasi bilan ishlash haqida qiskacha ma’lumot beradi. USER - foydalanuvchi. F2 klavishasi ish jaraenida tuzilgan menyudan foydalanishingizga imkon beradi. VIEW-ko’zdan kechirish. F3 klavishasi kursor ramkasi erdamida tanlangan fayl mazmunini ko’rib chiqishga imkon beradi. View rejimiga utilganda asosiy menyu o’rnini egallaydigan menyuni ko’rib chiqamiz. 1 HELP 7 SEARCH 10 QUIT erdam berish izlash tashlab chiqish 26 F 7 klavishasini bosishingiz bilan ekranning o’rtasida : «kalit - so’zini kiriting» degan xabar paydo bo’ladi. Izlanaetgan so’z klaviaturadan terilib, Enter klavishasi bosilgan zahoti ekranga shu so’z qatnashgan tekst chiqariladi. Kursor ramkasi esa shu so’zda joylashgan bo’ladi. F 10 klavishasi Wiew rejimi menyusidan asosiy menyuga qaytishi bildiradi. EDIT - tahrir kilish. F 4 klavishasi kursor ramkasi bilan belgilangan fayl mazmunini ekranga chiqarish va F3 klavishasidan farqli ularok, unga o’zgartirishlar kiritishga imkon beradi. Bunda keraksiz ma’lumotlar o’chirilishi, yangi ma’lumotlar qo’shilishi mumkin. EDIT rejimining tegishli menyu quyidagicha ko’rinishda bo’ladi: 1 HELP 2 SAVE 7 SEARCH 8 REPLASE 10 QUIL saqlab kolish qayta joylash COPY - nusxa kuchirish. F5 klavishasi tanlangan fayldan (fayllardan) nusxa ko’chirishda ishlatiladi. Buning uchun dastlab ALT - F1 eki ALT - F2 klavishalari erdamida nusxa olinishi kerak bo’lgan fayllar joylashgan disk mazmuni ekranga chiqarilishi kerak. Agar bitta fayldan nusxa ko’chirilishi kerak bo’lsa, kursor ramkasi bilan uni belgilab, sungra F5 klavishasi bosiladi. Aksincha, bir nechta fayldan nusxa ko’chirilishi kerak bulsa, fayl nomlari INSERT klavishasi erdamida belgilab chiqiladi. Shundan sung F5 klavishasini bosish mumkin. F5 klavishasidan faylni bosmaga chiqarish maqsadida ham foydalanish mumkin. Bunda, nusxa ko’chiriladigan qurilmaning nomi talab etilganda, PRN nomini kiritish kifoya. F6 klavishasi ikkita funktsiyani bajaradi. 1) faylni bir joydan ikkinchisiga ko’chirish; 2) fayl nomini o’zgartirish. Birinchi holda tanlangan fayl boshqa diskka eki shu diskning boshqa katalogiga ko’chiriladi. Ikkinchi holda esa tanlangan faylning nomi o’zgartiriladi. Buning uchun tanlangan faylning joylashgan paneli qoldirilib, ikkinchi panel ctrl-F1 eki Ctrl-F2 klavishalari erdamida vaqtincha o’chirib quyiladi (panelni qayta ekranga chiqarish uchun yana shu klavishalaridan foydalaniladi). F 7 klavishasi diskda yangi mundarija vujudga keltirishga xizmat qiladi. F8 klavishasi tanlangan fayl eki fayllarni o’chirishga xizmat qiladi. 27 F9 klavishasining bosganingizda displey ekranining yuqori qismida qo’shimcha menyu paydo bo’ladi. Menyudagi rejimlar kursor erdamida tanlanadi. Tanlangan rejimni ishga tushirish uchun, Enter klavishasi bosilishi bilan amalga oshiriladi. F 10 klavishasi bosilganda NS sistemasi o’z ishini tugallaydi va boshqarish MS DOS operatsion tizimiga uzatiladi. qurilmalarni tanlash uchun ALT-F1 eki ALT-F2 klavishalar kombinatsiyasi ishlatiladi. Kursor «yunalish» klavishalar erdamida kerakli qurilma nomiga o’tkazilib, Enter klavishasi bosiladi. Natijada panelda yangi tanlangan disk mundarijalarning mazmuni paydo buladi. Har bir panel o’zida ma’lum miqdordagi katalog va fayllar nomini aks ettirishi mumkin. Agar ko’rilaetgan mundarija tarkibida
Foydalanilgan electron manba:

  1. https://hozir.org/download/informatika-va-informatsion-texnologiyalar-faniga-kirish-va-ku.doc

  2. https://fayllar.org/zamonaviy-axborot-texnologiya-vositalari-bilan.html

  3. https://uz.wikipedia.org/wiki/Axborot_texnologiyalari

Download 18,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish