molyal kontsentrasiyasiga to’g’ri proportsional.
D t muz = k •C m D t muz = t o muz - t muz
t o muz - toza erituvchining muzlash harorati
t muz - eritmaning muzlash harorati
D t muz - muzlash haroratining pasayishi
C m - molyal kontsentrasiya, mol/kg
k - krioskopik doimiylik, grad.kg/mol.
k ning fizik ma’nosi shundaki, u kontsentrasiyasi 1 mol/kg bo’lgan eritma muzlash haroratining pasayishini ko’rsatadi.
Har qanday suyuqlik uning to’yingan bug’ bosimi tashqi bosimga teng bo’lganda qaynaydi.
Eritma qaynash haroratining ortishi erigan modda molyal kontsenratsiyasiga to’g’ri proportsionaldir.
D t qay = E* Cm D t qay = t qay - t o qay
t qay - eritmaning qaynash harorati
to qay - toza erituvchining qaynash harorati
D t qay - qaynash haroratining ortishi
E - ebulioskopik doimiylik, grad.kg/mol.
Krioskopik va ebulioskopik doimiylar faqat erituvchi tabiatigagina bog’liq kattaliklardir. Suv uchun K = 1,86; E = 0,52.
benzol uchun K = 5,12 ; E = 2,57.
Eritma muzlash haroratining pasayishini yoki qaynash haroratining ortishini o’lchab, noma’lum erigan moddaning molekulyar massasini aniqlash mumkin.
K n
D t muz = K * Cm ; D t muz = ---------
M
K* m* 1000 E *m*1000
M = ---------- ; M = ----------
D t muz* q D t qay*q
Eritmaning eritmadagi zarrachalar soniga bog’liq xossalari ya’ni osmotik bosimi, muzlash va qaynash haroratlarining o’zgarishi uning kolligativ xossalari deyiladi.
Vant-Goff va Raul qonunlari faqat noelektrolit moddalarning eritmalarigagina qo’llaniladi. Agar eritma elektrolit moddaniki bo’lsa, elektrolitning dissotsialanishi natijasida zarrachalarning soni ortadi. Shu sababli elektrolit eritmasining osmotik bosimi, muzlash va qaynash haroratlarining o’zgarishi shunday kontsentrasiyali noelektrolit modda eritmasinikidan yuqori bo’ladi. Yqoridagi formulalarni elektrolitlar eritmasiga qo’llash uchun Vant-Goff izotonik koeffitsientnikiritdi.
P = iCRT D tmuz = i K Cm Dt qay = i E Cm
Izotonik koeffitsient elektrolit eritmasining osmotik bosimi, muzlash va qaynash haroratlarining o’zgarishi teng kontsentrasiyali noelektrolitnikidan necha marta katta ekanligini ko’rsatadi.
DP taj Dt muz taj Dtqay taj
i = ------ = ----- = ----------
DPnaz Dt muz naz Dtqay naz
I= 1+a(m - 1) a -disotsilanish darajasi;
m- har bir molekuladan ionlarning hosil bo’lish
3. Eritmaning fizik-kimyoviy xossalari
Turli kontsentrasiyali ikki eritmani o’zaro aralashtirilsa, diffuziya jarayoni oqibatida ma’lum vaqtdan so’ng ularning kontsentrasiyasi tenglashadi.
Agar turli konsentrasiyali ikki eritma o’rtasiga yarim o’tkazgich parda qo’yilsa, diffuziya asosan bir yo’nalishda ruy beradi. Yarim o’tkazgich parda tirqishlari nihoyatda kichik bo’lib undan faqat erituvchi molekulalarigina o’ta oladi, erigan modda molekulalari esa o’ta olmaydi. Erituvchi molekulalari asosan konsentrasiyasi kam eritmadan kontsentrasiyasi ko’p eritmaga o’tadi. Natijada kontsentrasiyasi yuqori eritmaning sathi balandlashib, kontsentrasiyasi oz eritmaning sathi pasayadi.
Erituvchi molekulalarining yarim o’tkazgich parda orqali bir tomonlama diffuziyasiga osmos deyiladi. Osmos hodisasini to’xtatish uchun yuqori kontsentrasiyali eritmaga berilishi zarur bo’lgan bosim osmotik bosim deyiladi.
Osmos hodisasini o’rganib, Vant-Goff quyidagi qonunni kashf etdi: Erigan modda gaz holatida bo’lib, eritma hajmiga teng hajmni egallaganda hosil qiladigan bosimi shu eritmaning osmotik bosimiga teng bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |