Noorganik bog‘lovchilar asosidagi bo‘yoqlar
Ohakli bo‘yoqlar so‘ndirilgan ohak bog‘lovchisi asosida olinadi. Ularning suv ushlashlik xususiyatini oshirish uchun tarkibiga kalsiy xlorid, osh tuzi, maxsus polimerlar kiritish kerak. Ohakli bo‘yoqlar- ning atmosfera muhitiga chidamliligi yuqori emas.
Sementli bo‘yoqlar oq va rangli sementlar asosida tayyorlanadi. Ularning suv ushlashlik xususiyatini yaxshilash uchun ohak- pushonkasi, kalsiy xlorid, polimerlar qo‘shiladi. Sementli bo‘yoqlar binolarning tashqi tomonidan va namlik yuqori bo‘lmagan xonalarni esa ichki tomondan beton hamda suvoq yuzalarini bezash uchun ishlatiladi.
Silikatli bo‘yoqlar suyuq shisha tarkibida pigmentlar va aktiv mineral dispers kukunlarning (trepel, opoka, diatomit va sh.k.) suspenziyasi bo‘lib, suv muhitiga chidamlidir. Silikatli bo‘yoqlar bilan bino fasadlari bezatiladi, namlik yuqori bo‘ladigan xonalar hamda yonishdan saqlash maqsadida yog‘och konstruksiyalar himoyalanadi.
Yelimli bo‘yoqlar hayvon yoki o‘simlik yelimlarining suvdagi eritmasida pigmentlar va bo‘r kukuni aralashmasidan tashkil topgan.
Ular yuqori namlikka chidamli bo‘lmagani uchun quruq ichki xonalar suvoqli yuzalarini qoplashda ishlatiladi.
Kazeinli bo‘yoqlar kazein, pigment, bo‘r, ohak, bura aralashma- sini qurilish maydonida qaynoq suvda eritib olinadi. Bo‘yoqqa kiritilgan ohak uning atmosferaga chidamliligini oshiradi.
Pastali bo‘yoqlar. Pastali bo‘yoq tarkiblari sintetik smola yoki polimerlarning suvdagi dispersiyasi bog‘lovchilari asosida tayyorlanadi. Kukun to‘ldirgich sifatida sement, gips, gipssement, gipssementpussolan va sh.k.lar ishlatiladi. Masalan, «Defas» pastasi tarkibi VD-VA-17 markali polivinilatsetat bo‘yog‘i, kvars qumi va marshalit asosida olinadi. Binolarni bezashda pastali bo‘yoqlar asosida bir yo‘la 1000 mkm qalinlikdagi qoplamalar olinadi. Ular bilan binolar bezatilganda suvoqchilik ishlariga zarurat bo‘lmasligi mumkin. Pastali bo‘yoqlarni yuzalarga surkash yoki sepishni to‘la ravishda mexanizatsiyalashtirish imkoniyati bor.
Kukun bo‘yoqlar qattiq polimerlar, kukun to‘ldirgich, pigmentlar va modifitsirlovchi qo‘shimchalardan iborat dispers quruq qorish- malardir. Ularning dispersligi 10–100 m2/kg, o‘ta sochiluvchan xususiyatga ega. Kukun bo‘yoqlar tomchi-suyuq holatidan quruq eritma holatiga maxsus apparatlar yordamida o‘tkaziladi.
Kukun bo‘yoqlar yuzalarga surtilganda monotilizatsiyalanadi, ya’ni material zarrachalari birlashib va qotib kimyoviy muhitlarga chidamli qoplama hosil qiladi. Bog‘lovchi sifatida termoreaktiv (epoksid, poliefir, poliuretan) va termoplastik (polietilen, poli- vinilxlorid, poliamid) polimerlar ishlatiladi. Quruq bo‘yoq qorishmalari keng oraliqdagi haroratda va vaqt davomida shakllanadi. Quruq bo‘yoq tarkiblari maxsus pistolet yordamida qizdirilgan holda qoplanadi.
Ular yuqori mustahkamlik, zichlik, suv va korroziya muhitiga chidamliligi bilan oddiy bo‘yoqlardan farqlanadi. Hozirgi kunda quruq bo‘yoq tarkiblarini ishlatish keng tarqalgan. Ularni tashish, saqlash tejamli, ishlatish esa juda qulaydir.
Keramik mikrosferali bo‘yoqlar. Choksiz issiqlik izolatsiyasi materiallari (ChIIM) mikrodarajada havo to‘ldirilgan o‘ta yupqa devorli keramik mikrosferalar asosida olingan yangi materialdir. ChIIM lar oq va rangli, cho‘ziluvchan, polimer bog‘lovchilarga keramik mikrosferalar qo‘shib tayyorlanadi. Uning 20°C haroratdagi
issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti – 0,001 W/(m·°C). Bo‘yoq qurigach yengil, cho‘ziluvchan issiqlik izolatsiyasi qoplama materialga aylanadi. ChIIM lar yuzalariga –10°C dan +200°C gacha haroratda surtiladi, –60°C dan +250°C gacha haroratda 15 yilgacha ishlatilishi mumkin. Antikorroziya qoplamasi bug‘ni o‘tkazadi, yuzaga katta kuch bilan yopishadi. ChIIM lar binolar, fasadlar, ichki devorlar, tomlar, beton pollar, issiq va sovuq suv truboprovodlari, paroprovodlar, sovitish tizimlari, havo o‘tkazgichlar issiqlik izolatsiyasi va bezash uchun ishlatiladi.
Keramik mikrosferali bo‘yoqlar quyidagi avzalliklarga ega: – metall, beton, g‘isht, cherepitsa, keramika, fasad, plastik, shisha va boshqa yuzalarga yuqori adgeziyasi; neft mahsulotlari, tuzli eritmalarga, ishqorlarga, ultrabinafsha nurlarga, atmosfera muhitiga, harorat o‘zgarishiga bardoshli; issiqlik saqlashda samarador. Issiqlik nurlarini 85% qaytaradi; metall konstruk- siyalarning deformatsiyalanishining oldini oladi; qoplamali purkash jarayonining mehnat talabligi kam; +260°C da kirishadi, +800°C da parchalanadi va uglerod oksidi hamda azot oksidi ajratadi, olovni tarqalishini sekinlashtiradi; ekologik xavfsiz, pH – 8,5 – 9,5.
Nazorat savollari
Bo‘yoq tarkiblari olishda ishlatiladigan bog‘lovchilar qaysilar.
Pigment nima? Ularning xossalari va turlarini aytib bering?
Moyli bo‘yoqlar nima?
Suvli bo‘yoqlar haqida nimalarni bilasiz?
Polimerli bo‘yoq tarkiblari haqida gapirib bering.
Suv-dispersiyali bo‘yoqlar va ularning asosiy xossalari qaysilar?
Pastali va kukunli bo‘yoqlar va ularning afzalliklari haqida gapirib bering.
251
Do'stlaringiz bilan baham: |