ORGANIK BIRIKMALARNING ENG MUHIM SINFLARINI O’QITISH METODIKASI
2.1.Oksidlar mavzularini o’qitish metodikasi
Oksidlar mavzularini o’qitish masalalariga bag’ishlangan ishlar quyidagi ilmiy-metodik adabiyotlarda o’z aksini topgan[12-20,29].
Mavzu.Oksidlarning olinishi va kimyoviy xossalari.
Darsning maqsadi:
a) O’quvchilarga oksidlarning kimyoviy xossalari va olinishi haqida tushunchalar berish;
b) kimyo haqidagi bilimlarini rivojlantirish, o’uvchilarni kimyoning hayotiy jarayonlar bilan bog’liqligi asosida tarbiyalash;
s) O’quvchilarning kimyoviy savodxonligini oshirish, o’zi egallagan kasb-hunar yo’nalishi bo’yicha kimyoviy bilimlarni boyitish. Mustaqil fikrlash va shu asosda ishlashga o’rgatish. Kimyogarlik kasbiga yo’naltirish, fanga nisbatan qiziqishlarini uyg’otish.
Mavzuga oid tarqatilgan materiallarni o’uvchilar tomonidan yakka va guruhlarda o’zlashtirib olishlari hamda suhbat va munozara orqali tarqatma materiallardagi matnlar qay darajada o’zlashtirilganligini nazorat qilish va o’quvchilar bilimini baholash.
Darsning usuli;
Kimyoviy didaktik, savol-javob, “Sehirli qopcha”, “Topqirlar”, “Klaster”, “Qiziqarli mo’jizalar”, “Sirli so’z”, “Lotolar ”, “Aqliy hujum”.
Dars shakli;
Suhbat-munozara, amaliy mashg’ulot, kichik guruh va jamoalarda ishlash.
Darsning jihozi;
Kimyoviy elementlar davriy sismavzusi, “To’rtinchisi ortiqcha” savol kartochkalari, testlar, videoproektor, vatman qog’oz, rangli qog’oz, qaychi, yelim bo’r, doska.
Dars usuli;
Tayyor yozma materiallar va chizmalar asosida ishlash.
Nazorat;
Og’zaki nazorat, savol-javoblar, kuzatish, o’z-o’zini nazorat qilish.
Baholash:
Rag’batlantirish, “ 5 ” balli tizim asosida baholash.
Kutilgan natija:
a)o’qituvchi; mavzuni qisqa vaqt ichida barcha o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishiga erishadi. O’quvchilar faolligini oshiradi. O’quvchilarga darsga nisbatan qiziqish uyg’otadi. Bir mashg’ulot davomida o’quvchilarni baholaydi. O’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishadi. Yangi bilimlarni egallaydi. Yakka holda va guruh bo’lib ishlashni o’rganadi. Nutqi rivojlanadi va eslab qolish qobiliyati kuchayadi;
b) o’z-o’zini nazorat qilishni o’rganadi. Qisqa vaqt ichida ko’p ma’lumotga ega bo’ladi.
Kelgusi rejalar:
O’qituvchi; a) yangi pedagogik texnologiyalarni o’zlashtiradi va darsga tatbiq etadi, takomillashtiradi. O’z ustida ishlaydi. Mavzuni hayotiy vaqealar bilan bog’laydi. Pedagogik mahoratini oshiradi.
b) matn bilan mustaqil ishlashni o’rganadi. O’z fikrini ravon bayon ayta oladi. Shu mavzu asosida qo’shimcha materiallar topadi, ularni o’rganadi. Guruh fikri va o’z fikrini tahlil qilib, bir yechimga kelish malakasini hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |