Tuzlarning nomlanishi. Tuzlarning xalqaro nomlanishi eng ko’p tarqalgan. Bunda tuzning nomi kationning nomi bilan anionning nomidan hosil qilinadi. Odatda anion va kationlarning soni ko’rsatilmaydi. Agar bitta metallning o’zi turli xil oksidlanish darajalarini namoyon qiladigan bo’lsa, uning oksidlanish darajasi metall nomidan keyin qavs ichida rim raqami bilan ko’rsatiladi. Masalan, KNO3 – kaliy nitrat, FeSO4 – temir (II) sukfat, Fe2(SO4)3 – temir (III) sulfat, NaCl – natriy xlorid.
Nordon tuzlarning nomi anion nomiga gidro –old qo’shimcha qo’shish yo’li bilan hosil qilinadi.: NaHSO4 – natriy gidrosulfat, KH2PO4 – kaliy digidrofosfat.
Asosli tuzlarning nomi tegishli o’rta tuz anionnining nomiga “gidrokso” old qo’shimchani qo’shib hosil qilinadi. Al(OH)SO4 - aluminiy gidroksosulfat, Al(OH)2Cl - aluniniy digidroksoxlorid.
Olinishi. Tuzlar turli sinflar birikmalari bilan oddiy moddalarning kimyoviy o’zaro ta’siridan olinadi. Tuzlarni olinishning eng muhim usullarini qayd qilib o’tamiz[2,21,28].
1. Neytrallanish reaksiyasi:
KOH+HNO3=KNO3+H2O
2. Kislotalarning asosli oksidlar bilan o’zaro ta’siri:
H2SO4+CuO=CuSO4+H2O
3. Kislotalarning tuzlar bilan o’zaro ta’siri:
H2S+CuCl2=CuS↓+2HCl
4. Ikkita turli tuzning o’zaro ta’siri:
Na2SO4+BaCl2=BaSO4↓+2NaCl
5. Asoslarning kislotali oksidlar bilan o’zaro ta’siri:
Ca(OH)2+CO2=CaCO3↓+H2O
6. Ishqorlarning tuzlar bilan o’zaro ta’siri:
3KOH+FeCl3=3KCl+Fe(OH)3↓
7. Asosli oksidlarning kislotali oksidlar bilan o’zaro ta’siri:
CaO+SiO2=CaSiO3
8. Metallarning metallmaslar bilan o’zaro ta’siri:
2K+Cl2=2KCl
9. Metallarning kislotalar bilan o’zaro ta’siri:
2Al+6HCl=2AlCl3+3H2
10. Metallarning tuzlar bilan ta’siri:
Fe+CuSO4=FeSO4+Cu
Tuzlar olishning boshqa usullari ham bor.
Xossalari. Tuzlar ba’zilaridan mustasno qattiq kristall moddalardir. Suvda eruvchanligiga qarab ularni eriydigan, kam eriydigan va amalda erimaydigan tuzlarga bo’lish mumkin.
Nitrat va sirka kislotalarining barcha tuzlari suvda eriydi. Xlorid kislotaning AgCl, Hg2Cl2 va PbCl2 dan boshqa tuzlari suvda eriydi
Tuzlarning kimyoviy xossalari ularning metallarga, kislota va tuzlarga munosabati bilan belgilanadi[2,4,5].
1. Standart elektrod potensiallar qatorida har qaysi metall o’zidan keyingi metallni tuzlarining eritmalaridan siqib chiqaradi. Masalan: Zn+Hg(NO3)2=Zn(NO3)2+Hg
2. Tuzlar ishqorlar bilan o’zaro ta’sirlashadi:
CuSO4+2NaOH=Cu(OH)2↓+Na2SO4
3. Tuzlar kislotalar bilan ta’sirlashadi:
CuSO4+H2S=CuS↓+H2SO4
4. Ko’pchilik tuzlar bir – biri bilan reaksiyaga kirishadi:
CaCl2+Na2CO3=2NaCl+CaCO3↓
1 – 4 – reaksiyalarni o’tkazishda odatda tuzlarning eritmalari olinadi. Hosil bo’ladigan mahsulatlardan biri reaksiya doirasidan chiqib ketadigan, ya’ni cho’kma holida tushadigan, gaz holida chiqib ketadigan yoki kam dissotsilanadigan birikma bo’lgandagina reaksiyalar oxiriga qadar boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |