Nonverbal kod va nonverbal kommunikatsiya



Download 276,61 Kb.
bet1/2
Sana16.03.2022
Hajmi276,61 Kb.
#492820
  1   2
Bog'liq
8-мавзу








8-mavzu / 4 soat / 2 juftlik


NONVERBAL KOD VA NONVERBAL KOMMUNIKATSIYA



Mashg`ulot maqsadi:
Fan bo’yicha o’rganiladigan barcha mavzular bo’yicha malaka va ko’nikmalarga ega bo’ladilar.


Mavzuni o’rganish natijasida talaba:
Talabalar madaniyatlararo aloqa fani haqida umumiy tasavvurga ega bo’ladilar.


Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro`yxati:
Communication Between Cultures Edition: 9th edition Author(s): Larry Samovar, Richard E. Porter, Edwin R. McDaniel, Carolyn Sexton Roy. Publisher: 2017 Cengage Learning.
NONVERBAL KOD (NUTQSIZ MULOQOT VOSITASI) – bu jestlar (tana, qo‘l harakatlari), imo-ishoralar (mimika), tegish (qo‘l tegizish, quchoqlash, silash, o‘pish va h.k.), tana holati, kishilar orasidagi masofa kabilar tushuniladi.
NONVERBAL KOMMUNIKATSIYA (NUTQSIZ MULOQOT) – bu muloqot qilayotgan individlarning bir-biriga o‘zaro ta’siri va emotsional holati haqida signal beruvchi muloqot shaklidir.

Nonverbal muloqotning milliy-madaniy xususiyatlari

Nonverbal kommunikatsiya kishilarning eng qadimiy muloqot shaklidir. Kommunikatsiyaning nonverbal vositalari tildan oldin rivojlangan bo‘lib, ularning dastlabki vazifasi o‘zining barqarorligi va samaradorligi bilan ajralib turgan. Astasekin ularning verbal vositalardan afzalligi namoyon bo‘lgan: ular bevosita qabul qilingan, shuning uchun ham adresatga kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Ular vositasi qandaydir sababga ko‘ra so‘z orqali berib bo‘lmaydigan eng nozik tuyg‘ular, munosabatlar ifodalangan.


Nonverbal kommunikatsiya kishilar o‘rtasidagi nonverbal xabarlar almashinuvi va ularning talqinini bildiradi. Har bir madaniyat borliqni o‘ziga xos belgilar va ramzlar yordamida aks ettirgani uchun ham nonverbal muloqot yuzaga chiqadi.
Nonverbal xabar katta ko‘lamdagi ma’lumotlarni berish imkoniyatiga ega. Bu avvalo, muloqotchining shaxsiyati haqidagi ma’limotdir. Muloqot chog‘ida muloqotchining mizoji, hissiy holatini bilib olishimiz, uning shaxsiy xususiyatlari va xislatlari, kommunikativ salohiyati, ijtimoiy maqomini aniqlab olishimiz, shuningdek, uning o‘z shaxsi haqidagi fikrlarini o‘rganib olishimiz mumkin. Shu bilan birga, nonverbal vositalar orqali muloqotchilarning bir-biriga bo‘lgan munosabati, ularning yaqinligi yoki uzoqligi, munosabat turi (ustunlik-tobelik) va o‘zaro aloqalarining ta’sirini bilib olish mumkin. Vanihoyat, muloqot ishtirokchilarining vaziyatga bo‘lgan munosabati, ya’ni ular mazkur vaziyatda o‘zlarini qanchalik erkin tutishyapti, ular uchun muloqot qiziqarlimi yoki tezroq mulotdan chiqib ketishga harakat qilishyaptimi va h.k. haqida ma’lumotga ega bo‘lish mumkin.
Madaniyatlararo muloqot jarayonida nonverbal muloqot verbal muloqotning tarkibiy qismi va u bilan o‘zaro bog‘liq hisoblanadi. Verbal va nonverbal vositalar bir-birini to‘ldirishi, inkor qilishi va almashinishi mumkin:

  • nonverbal muloqot verbal xabarni to‘ldirishi mumkin. Agar siz kulib:

“Salom, ishlar qalay?” desangiz, u holda bu ikki harakat bir-birini to‘ldiradi.

  • nonverbal xatti-harakat verbal xabarga zid bo‘lishi mumkin. Agar siz suhbatdoshingizning ko‘ziga qaramay: “Siz bilan gaplashish juda yoqimli” desangiz, bunday nonverbal harakat sizning ijobiy verbal xabaringizni inkor etadi. - nonverbal xatti-harakatlar verbal xabarning o‘rnini almashtirishi mumkin. Bola: “Bu o‘yinchoqni xohlayman” deyish o‘rniga o‘yinchoqni ko‘rsatishi mumkin. - nonverbal harakatlar verbal xabarni boshqarishi mumkin. Masalan, bosh qimirlatish, qarash, talaffuz yordamida so‘zlash navbati kelganini anglash mumkin. - nonverbal harakat verbal xabarni takrorlashi mumkin: Sekinroq gapirish haqidagi iltimosni, ko‘rsatkich barmoqni labga bosish harakati bilan birga amalga oshirish mumkin.

Nonverbal xabar har doim vaziyatdan kelib chiqadi, undan faqat muloqot ishtirokchilarining hozirgi holatinigina anglash mumkin. Nonverbal xabardan verbal xabardagidek mavjud bo‘lmagan predmetlar yoki boshqa joyda yuz bergan hodisalar haqida ma’lumot olib bo‘lmaydi.
Odatda nonverbal xabar g‘ayriixtiyoriy va o‘z-o‘zidan yuz beradi. Kishilar o‘z maqsadlarini yashirish uchun nutqlarini nazorat qilishlari mumkin, biroq ular o‘zlarining nonverbal xatti-harakatlarini nazorat qila olmaydilar1.



Download 276,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish