Nomusga tegish (O`zr jk 118-moddasi)


Nomusga tegish vaqtidagi qo`rqitish



Download 17,14 Kb.
bet2/12
Sana15.03.2023
Hajmi17,14 Kb.
#919465
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlar

Nomusga tegish vaqtidagi qo`rqitish deganda, jabrlanuvchiga nisbatan yoki uning irodasini sindirish maqsadida uning yaqin kishilariga nisbatan qo`llaniladigan turli xil ruhiy ta`sir vositalarini tushunish lozim. Qo`rqitish va uni amalga oshirish imkoniyati jabrlanuvchini shunday ahvolga solib qo`yishi kerakki, u aybdorning shahvoniy intilishlariga qarshilik ko`rsata olmay qolgan bo`lishi lozim. Qo`rqitish og`zaki, qo`rqinchli imo-ishoralar, qurol yoki jabrlanuvchining sog`lig`iga shikast yetkazishi mumkin bo`lgan jism bilan qo`rqitib, mol-mulkni nobud qilish bilan qo`rqitish, sharmanda qiluvchi ma`lumotlarni oshkor etish bilan qo`rqitish va hokazolar tarzida ifodalanishi mumkin.
Jabrlanuvchining irodasini sindirish usuli sifatidagi qo`rqitish ishonarli bo`lishi kerak. Qo`rqitish ham jabrlanuvchining manfaatlariga nisbatan, ham uning yaqin kishilari (bolalari, ota-onasi, yaqin qarindoshlari va hokazo)ga nisbatan bo`lishi mumkin. Badanga har xil shikast yetkazish bilan qo`rqitish uchun javobgarlik JK 118-moddasi 1-qismi bilan qamrab olinadi, shu sababdan JK 112-moddasi bilan qo`shimcha kvalifikatsiya talab qilinmaydi.
Agar jabrlanuvchi tajovuz qiluvchi bilan jinsiy aloqaga kirishmasa, uning o`zini o`ldirish yoki sog`lig`iga shikast yetkazish bilan qo`rqitish jabrlanuvchini noiloj ahvolga solib qo`ymaydi, uning qarshilik ko`rsatish irodasini to`la falaj qilmaydi, shu munosabat bilan bunday hollarda nomusga tegish yoki shunga tajovuz uchun javobgarlik bo`lmaydi.
Qo`rqitish jabrlanuvchining erkin harakatlarini falaj qilish, uning irodasini sindirishga qodir darajada jiddiy bo`lganmi-yo`qmi, buni alohida olingan har bir holda sud hal qiladi.
Shuni nazarda tutish kerakki, qo`rqitish ishonarli, aniq, bevosita va yetarli darajada jiddiy bo`lishi lozim.
Jabrlanuvchining ojizligidan foydalanish deganda, o`ziga nisbatan sodir etilayotgan harakatning mohiyati va ahamiyatini idrok qila olmaydigan yoki idrok etgan taqdirda ham zo`ravonga qarshilik ko`rsatish imkoniyatiga ega bo`lmagan jabrlanuvchi bilan jinsiy aloqada bo`lish tushuniladi. Ojizlik holati ruhiy yoki jismoniy bo`lishi mumkin.
Ruhiy ojizlik deganda, jabrlanuvchining ruhiy xastaligi, hushsizligi, yoshligi natijasida o`ziga nisbatan sodir etilayotgan jinsiy aloqaning ahamiyatini idrok etmasligi tushuniladi.

Download 17,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish