BuxDU qoshidagi 1-son akademik litsey kimyo o’qituvchisi G’aniyev Baxtiyor Shukurulloyevich
‘’MO’JIZAKOR KIMYO INTELLEKTUAL YOSHLAR NIGOHIDA’’
nomli tadbir senariysi
‘’MO’JIZAKOR KIMYO INTELLEKTUAL YOSHLAR NIGOHIDA’’ nomli tadbir ssenareysi:
1-boshlovchi:Assalomdan boshhlanadi amalimiz,
Assalomdan yorishdi jamolimiz,
Assalomni jo aylasak qalbimizga,
Bu dunyoda kam bo’lmaydi kamolimiz!
2-boshlovchi:Dillarning cho’g’iyu,qalblar qo’ridan,
Sadoqat nomasin bitib nomma-nom,
Quyoshning tongdagi teran nuridan,
Mehmonlar sizlarga deymiz assalom!
1-boshlovchi:Assalomu alaykum aziz va mehribon ustozlar,qalbida bilimnng jo’shqin nafasi ufurib turgan serg’ayrat talabalar.
2-boshlovchi:Mana bugun ‘’Mo’jizakor kimyo intellektual yoshlar nigohida’’mavzusida o’tkazilayotgan kimyo kechasiga xush kelibsiz!
1-boshlovchi:Bugungi kechamiz asosiy qomusimiz bo’lgan Konstitutsiyamizning 23 yilligiga bag’ishlanadi.Mustaqillikka erishganimizdan so’ng o’z tilimiz,o’zligimiz,dinimiz,urf-odatlarimiz,ramzlarimiz va muhimi o’z qonunimizga ega bo’lik.Konstitutsiyamizda har bir insonning haq-huquqlari himoya qilinadi.Jumladan 41-moddada ‘’Har kim bilish bilim olish huquqiga ega.Bepul ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi’’.Shunday ekan aziz o’quvchilar yaratilayotgan shart-sharoitlardan unumli foydalanaylik.
2-boshlovchi:Tadbirimizni ochib beish uchun so’zni BDU qoshidagi 4-son akademik litseyinng o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Boltayev SH. S ga beramiz.
Ushbu kechada litseyimizning 1-bosqich talabalaridan tashkil topgan ‘’TAFAKKUR’’ hamda ‘’LOURENSI’’ jamoalari o’zaro bellashadilar.Jamoalarni sahnaga taklif etamiz.
1-boshlovchi:Bugungi kimyo kechasining qisqacha rejasi bilan sizlarni tanishtirib o’tamiz:
1-shart: Tanishtiruv
2-shart: savol-javob
3-shart:Sahna ko’rinishi
4-shart: Davriy sistema tuzish
5-shart: Sardorlar bellashuvi
SHartlar 5 ballik sistemada baholanib boriladi.
2-boshlovchi:Hay’at a’zolari bilan tanishtirib o’tamiz:
4-son akademik litseyining Kimyo fani o’qituvchisi Qorayev M.T, 4-son akademik litseyining Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha director o’rinbosari Obidov.S.A,BDU Kimyo kafedrasi o’qituvchisi Nuritdinova.F.M, 4-son akademik litseyining Kimyo fani o’qituvchisi Tohirova Z,BDU Kimyo yo’nalishining 4- bosqich talabasi Berdiyev S.G’.
Endi 1-shart bo’yicha guruhlarimiz chiqishini tomosha qilamiz.SHartni Lourensi jamoasi boshlab beradi.1-shart uchun ajratilgan vaqt 7 daqiqa.
1-boshlovchi:Endigi navbat Tafakkur jamoasiga.
2-boshlovchi: 1-shart bo’yicha ballar e’lon qilingunga qadar 101-guruh talabalari tayyorlab kelgan sahna ko’rinishini tomosha qilamiz.
1-boshlovchi:Gyotening shunday fikri bor:’’Haqiqatdan ko’ra ko’proq xatoni topish oson.Xato ko’rinib turadi,uni darrov payqaysan,haqiqat esa pinhona yashiringan bo’ladi va uni har kim ham topavermaydi’’.Endigi navbat 2-shart intellectual ya’ni,tezkor savol-javob shartiga.
2-boshlovchi:Bu shart 3-bosqichdan iborat bo’lib,savollarga javob bergan ishtirokchi keyingi savollarga javob berish uchun o’yinda qoladi,savolga javob berolmagan ishtirokchi esa o’yinni tark etadi.Savollarga ishtirokchilar yakka tartibda javob beriwlari kerak.
1-boshlovchi:2-shart bo’yicha guruhlar baholangunga qadar Tafakkur jamoasi tayyorlab kelgan musiqiy chiqishlarini tomosha qilamiz .
2-boshlovchi: Davriy sistema kashfiyotchisi D.I.Mendeleyev aytgan ediki:’’Tajribada sinalmagan nazariya o’zining butun mmaqbulligiga qaramay ahamiyatini yo’qotadi,tan olinmaydi.Nazariya o’lchoviga tayanmagan amaliyot esa yutqazadi va ziyon keltiradi.
1-boshlovchi:3-shart sahna ko’rinishi.Bunda jamoalarimiz qiziqarli tajribalar asosida tayyorlagan sahna ko’rinishlarini taqdim etadilar.
2-boshlovchi:Ballar e’lon qilingunga qadar ‘’Kim chaqqon’’ o’yinini o’tkazamiz.Buning uchun tomoshabinlardan ixtiyoriy qatnashuvchilarni sahnaga taklf etamiz.
1-boshlovchi:3-shart bo’yicha guruhlar to’plagan ballarni bilish uchun hakamlarga yuzlanamiz.
1 boshlovchi:- Kimyo fanidir ko’zimiz ochgan .
Ilmga,samoga biga yo’l ochgan.
Ma’rifat olamin quyoshin sochgan,
Yashar zamonlar o’tsada bu fan!
Navbat 4-shart Davriy sistema tuzish shartiga,bu shartga binoan to’rtta davr bo’yicha elementlar ketma-ketligini to’g’ri joylashtirib chiqish kerak.
2-boshlovchi:Kimyo fani o’zining qiziqarliligi,mo’jizakorligi hamda insonda fikrlash qobiliyatini shakllantirishi bilan ajralib turadi.Alifbodagi harflar birikuvidan minglab so’zlar paydo bo’lganidek kimyoviy elementlar birikishidan turli-tuman elementlar vujudga keladi.
1-boshlovchi:Navbatni oxirgi shartimizga,sardorlar bellashuviga beramiz.Bunda ishtirokchilar berilgan anagrammadan kimyoga oid so’zlarni berilgan 3 daqiqa ichida topishlarii kerak bo’ladi.
2-boshlovchi:Oxirgi shart bo’yicha to’plangan ballarni e’lon qilamiz va umumiy ballarni eshitish uchun hakamlar hay’atiga yuzlanamiz.
Bellashuvda g’olib bo’lgan guruh e’lon qilinadi va taqdirlanadi.
1-boshlovchi:Misol,she’r o’qishdan to’xtab nihoyat,
Chin dildan sizlarga etaamiz ta’zim.
Azizlar shu bilan topdi nihoya,
Kimyoga atalgan tantana, bazm!
2-boshlovch:iAzizlar shu bilan bugungi kechamiz o’z nihoyasiga yetdi.Barchangizga tashakkur bildiramiz.Kelgusida o’qish va ishlaringizga omad tilaymiz!
Do'stlaringiz bilan baham: |