Nomli aksiya hisoboti shahrisabz -2022 farzandlarimiz kelajagiga befarq bo’lmaylik



Download 96,45 Kb.
Sana10.06.2022
Hajmi96,45 Kb.
#649796
Bog'liq
aksiya


QASHQADARYO VILOYATI SHAHRISABZ TUMANI
XTBGA QARASHLI
45-SONLI MAKTABDA
«FARZANDLARIMIZ KELAJAGIGA BEFARQ BO’LMAYLIK”

NOMLI AKSIYA
HISOBOTI

Shahrisabz -2022


«FARZANDLARIMIZ KELAJAGIGA BEFARQ BO’LMAYLIK”

Ushbu aksiya doirasida ota onalarga telegram kanallari orqali e’lonlar, foydali ma’lumotlar berib borildi. Ular bilan ye’g’ilishlar o’tkazildi, yakka tartibda maslaxatlar tashkil etildi. Quyidagi masalalar kabi ma’lumotlar berildi.


Har bir ota-ona farzandining baxti kelajagi ertangi kunini o’ylab hamisha yaxshi tilaklar, orzu intilishlar va maqsadlar bilan yashaydi. Shunday ekan oilada farzandlarni ma’naviy-ma’rifiy,yuksak barkamol etib voyaga yetkazishda pedagogik-psixologik tarbiyaning ahamiyati, o’rni beqiyos.
Bola 14 yoshgacha ota-onadan quvvat oladi. Shu yoshgacha tanqid va aybdorlik hissini o’rniga mehr bergan bo’lsangiz bu albatta qaytadi. Inson o’zidan oshib-toshib ketgan narsanigina beminnat shunchaki bera oladi. Siz ham o’zingizdagi mehrni berayotgan bo’lsangiz bola ham shunday qiladi, sizni o’zingizga mehr yetmayotgan bo’lsa boladan ijobiy xulq atvorni va mehrni kutmang, chunki unda bu yo’q. Agar bola qo’rquvda yashasa u bezovta bo’lib qoladi. Agar bolaning iqtidori tan olinsa, u o’zining oldiga maqsad qo’yishni o’rganadi. Agar bola achinaverilsa, u achinishga o’rganadi. Agar bolaning xatti-harakatlari ma’qullansa u o’zini yaxshi ko’rishni o’rganadi. Agar bola rashk hissi bilan yashasa, u aybdorlik hissiga ega bo’ladi. Agar bolaga do’stona munosabatda bo’linsa, u dunyo yaxshi yashash uchun yaxshi maskan ekanligini anglaydi.
Ota-onalar farzandingiz yolg’on gapiryaptimi? Demak siz uni qattiq nazorat ostiga olgansiz.
Farzandingiz o’ziga ishonmayaptimi? Demak siz uni ruhlantirmas ekansiz.
Farzandingiz yaxshi gapira olmayaptimi? Siz u bilan suhbatlashmas ekansiz.
Farzandingiz o’g’irlik qilyaptimi? Demak siz unga sovg’a-salom bermayotgan ekansiz.
Farzandingiz qo’rqoqmi? Demak siz uni ko’p himoya qilarkansiz.
Farzandingiz boshqalarni hurmat qilmayaptimi? Demak siz uning yonida ovozingizni pasaytirmas ekansiz.
Farzandingiz doim qovog’i osilganmi? Demak siz uni maqtamas ekansiz.
Farzandingiz qizg’anchiqmi? Demak siz u bilan o’zaro hamkorlik qilmas ekansiz.
Farzandingiz boshqalarga nisbatan tajovuz qilyaptimi? Demak siz unga nisbatan qo’pol munosabatda bo’lar ekansiz.
Farzandingiz sizni qizg’anyaptimi? Demak siz unga nisbatan be’etibor ekansiz.
Farzandingiz sizni bezovta qilib, tinchingizni buzyaptimi? Demak siz uni bag’ringizga bosib yuzlaridan o’pmas ekansiz.
Farzandingiz sizga bo’ysunmayaptimi? Demak siz undan ko’p narsa talab qilar ekansiz!
Farzandingiz odamovi bo’lib qolganmi? Demak siz o’zingiz bilan o’zingiz ovvora ekansiz!
Oilada bolalarni bir-biriga solishtirib ajratish uning hayotini barbod qiladi. Jismoniy qo’pollik, urish yoki qo’pol uyat so’z ishlatish bular bolaning o’ziga bo’lgan ishonchini barbod qiladi. Bolalarni masxaralash doim masxara qilingan bola o’zini hurmat qilmaydigan bo’lib qoladi. Oilada bolarni ortiqcha erkalatish taltayib ketgan bola ma’suliyatsiz bo’lib qoladi. Bolani haddan tashqari tergash-doimiy nazorat va ortiqcha izoh talab qilish boshqalar fikrini qabul qilish xususiyatidan mahrum qiladi. Bolaning dardiga quloq solmaslik, u bilan muloqatga vaqt ajratmaslik undagi xotirjamlik his-tuyg’usini barbod qiladi.
Shijoatlantirmaslik. Rag’batlantirilmagan bola yangilik yaratishdan, ijod qilishdan mahrum bo’lib qoladi. O’smirlik davri bu inson hayotida qiyin va muhim bosqich hisoblanadi. Bolalik tugaydi bola teng xuquqli ishtirokchi sifatida o’zini kattalardek tutishni boshlaydi. O’smir xali jismonan va psixologik jixatdan balog’atga yetmagan, shunday bo’lsada bu davrda bir qator o’zgarishlar ro’y beradi. Bu muammolar qatoriga o’ziga bo’lgan ishonch hissining pasayib ketishi, fidoiylikning shakllanib qolishi, asabiylik, jizzakilik xolati kuchayishi, xotira pasayishi, yig’loqilik, o’zini yolg’iz his qilish, beqarorlik, tez kulib - tez xafa bo’lish kabi xolatlari uchraydi. Bu paytda kattalarning o’smirlik davri hususiyatlaridan xabardor emasliklari, farzandlaridagi bu tabiiy xolatlarni tushunmasliklari bir qator salbiy muammolarni keltirib chiqarmoqda. Aynan shu salbiy muammolar sababli ayrim oila farzandlarida uydan chiqib ketish, yolg’iz xonaga qamalib olish, ko’p muddat tushkun kayfiyatda yurish kabi xolatlar kuzatilmoqda. Xo’sh! Endi bunday vaziyatda ota-ona nima qilishi kerak? Nima qilsa Farzandini yuqoridagi kuzatiladigan o’tkinchi muammolardan oson olib chiqa oladi? Bunda oddiy tajribaga ega ota-onaning bilmlari bilan kifoyalanib qolmasdan, psixologik jixatlarini xam bilish lozim.

  1. Avvalo Ota -ona o’z muammolarini bir chetga surib, farzand uchun doimgidan ko’proq vaqt ajratishi kerak.

  2. Bunday vaziyatda o’smir tarafiga o’tishi, uni tushunishi , undagi o’zgarishlarni his eta olishi kerak.

  3. Xar bir kichik yutug’ini xam rag’batlantirishi kerak. Bu o’smirdagi o’ziga bo’lgan ishonchni kuchaytiradi.

  4. Mexr berish! Farzand ota-ona uchun eng kerakli ne’mat ekanini ko’p takrorlashi va uning ongiga singdirishi lozim. Bu farzandni hayotda yashashga intilish uyg’otadi.

  5. Tez-tez va yengil mehnat bilan band qilish. Bu insondagi dangasalikni yo’qotishga yordam beradi.

  6. Bolalikdagi foto suratlar va video lavxalarni birgalikda tomosha qilish. Bu bolada oilasiga nisbatan mexrni shakllantiradi.

  7. Uning his-tuyg’ulari, kelajak rejalari xaqida dildan gaplashish. Bu boladagi irodani paydo qiladi.

  8. Hurmatli ota-ona! Farzand misoli nihol. Uni izg’irindan, quyosh jaziramasidan asrab to meva bergunga qadar parvarishlash sizning burchingizdir.

Aziz ota-onalar! “Farzandim men istagandek farzand bo’lsin” deb orzu qiling. Farzandlarimiz qalbidagi hissiyotlarni fikr mulohazalarni ifoda qilish uchun farzandingizga imkon bering. Bolani tushunishning eng maqbul yo’li unga yaxshi niyat bilan muloyim muomala ilinjida yaqinlashishdir. Aziz ota-onalar farzandlarimizni tarbiyasiga befarq bo’lmaylik.


Bundan tashqari maktabda ta’lim beradigan pedagog hodimlarga xam o’z farzandlariga bo’lgan e’tiborni yanada kuchaytirish maqsadida trening mashg’ulotlari o’tkazildi.

Maktab direktori: H.Boboqulov

Maktab psixologlari: A.Allayeva
Z.Eshqobilova



SHAHRISABZ TUMANI XTB GA QARASHLI 45- SONLI MAKTABDA «FARZANDLARIMIZ KELAJAGIGA BEFARQ BO’LMAYLIK” NOMLI AKSIYA O’TKAZILISH JADVALI



T/R

Tadbir nomi

O’kazilgan sana

Ishtirokchilar toifasi

Mas’ul

1

Farzandlarimiz kelajagiga befarq bo’lmaylik nomli aksiya xaqida e’lon berish, mavzuga mos rasmlarni ma’lumotlarni tarqatish.

28.03

Maktabdagi umumiy ota-onalar va pedagog hodimlar

Maktab psixologi.
Sinf raxbarlari

2

Ota onalar uchun “Farzandimga kitob sovg’a qilaman” nomli aksiya tashkil etish.

29.03

Maktabdagi umumiy ota-onalar va pedagog hodimlar

Maktab psixologi.
Sinf raxbarlari

3

Balog’at yoshidagi qizlarning onalari bilan O’smirlar ginekologi ishtirokida yeg’ilish o’tkazish.

30.03

6-11 sinf o’quvchi qizlarining onalari

MMIBDO’
Psixolog
Maktab vrachi va hamshirasi

4

Umumiy ota-onalar yeg’ilishlarini tashkillash.

31.03
01.04

1-4 sinflar
5-8 sinflar
9-11 sinflar

MMIBDO’
Psixolog
Sinf raxbarlar

5

Maktabdagi pedagog hodimlar bilan “Farzandimga do’stman” nomli trening mashg’ulotini tayyorlash.

02.04

Pedagog va ishchi hodimlar

Maktab psixologi

Maktab direktori: H.Boboqulov



Maktab psixologlari: A.Allayeva
Z.Eshqobilova

AKSIYA TADBIRIDAN LAVHALAR.




Ota - onalar bilan umumiy yeg’ilishlar.
O'quvchilarni Kasbi kasb hunarga o'qitish markaziga sayohatidan foto rasm.

Yuqori sinf o'quvchi qizlariga yig'ilish o'tkazildi Gnekolog vrachlar bilan birgalikda.
Download 96,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish