Mikrotoponimlar – (yunoncha mikro - kichik) – o‘zida jar, tepalik, qir, buloq, quduq, hovuz, jilg‘a, soy, ariq, dala, dasht, ztloq, mahalla, guzar, ko‘cha, tupik, proezd singari mayda joy ob’ektlarining atoqli otlarini o‘zida mujassamlashtiradi.
Neotoponimlar – mustaqillik yillarida paydo bo‘lgan toponimlar, joy nomlari. Masalan: Istiqlol ko‘chasi, Mustaqillik maydoni kabi.
Oykonimlar – (yunoncha oykos – uy, turar joy) – tarkibiga qishloq, posyolka, shaharcha, ovul, mahalla, guzar, ko‘chalarning nomlari kiradi.
Onomastika – onomastika asli yunoncha so‘z bo‘lib, “nom qo‘yish san’ati” degan ma’noni bildiradi hamda u tilshunoslikning atoqli otlarni o‘rganuvchi soha nomidir.
Oronimlar - (yunoncha oros - tog‘) – er yuzasining relef shakllari – tog‘, cho‘qqi, tepa, qir, jarlarga atab qo‘yilgan nomlar.
Polisonimlar – (yunoncha polis - shahar) – o‘z ichiga shahar nomlarini oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |