Zamonaviy nomshunoslik – 1) nomshunoslikning hozirgi tilda mavjud bo‘lgan atoqli otlarni o‘rganuvchi sohasi; 2) atoqli otlarni zamonaviy tilshunoslikning ilg‘or usullarida tadqiq qiluvchi ilmiy yo‘nalish.
Zoonim – (yunoncha zoon – hayvon, onoma – atoqli ot) – zotli hayvonlar (uy hayvoni, zoologik bog‘, sirk, qo‘riqxonalardagi, shaxsiy qarovdagi va shu kabilar)ga qo‘yilgan maxsus laqab nomlar. Atoqli ot turlaridan biri.
Zootoponimlar – hayvonlar atoqli otiga nisbat berib yasalgan joy nomlari.
Ideonim – (yunoncha ideya, g‘oya, onoma – atoqli ot) – tarixiy asarlar, xujjatlar atoqli oti: artionim, biblionim, gemeronim, geortonim, dokumentonim, poetonim, xrononim. Atoqli ot tiplaridan biri.
Insulonim – (lotincha insula – orol, onoma – atoqli ot) – har qanday orolning atoqli oti.
Do'stlaringiz bilan baham: |