Antropooykonimlar – kishi ismlari, laqab, taxalluslar, familiyalardan yasalgan turar nomlari. Masalan: YUsufqo‘rg‘oncha, Yo‘ldoshobod kabi.
Apellyativ – (lotincha apellyativum – turdosh ot) – atoqli otga qarama-farshi qo‘yiluvchi, atoqli ot yasash uchun lisoniy asos bo‘luvchi turdosh va boshqa til leksemalari.
Apellyativ asos – atoqli otni yasash uchun asos bo‘lgan turdosh ot, leksema.
Areal toponimika // mintaqaviy toponimika – toponimiyaning turli hududlar bo‘ylab tarqalish xususiyatlarini o‘rganuvchi tarmog‘i.
Astronim – (yunoncha astro – yulduz, onoma – atoqli ot) – alohida olingan samoviy jismlar, ob’ektlar (yulduzlar, sayyoralar, kometalar, asteroid va boshqalar) nomi. Atoqli ot turi.
Do'stlaringiz bilan baham: |