Uyga vazifa: Quyidagi mashqni dasturini tuzish.
5*. A satrdagi belgilarni faqat o'rnini almashtirib B satrni hosil qilish mumkin yoki yo'qligini aniqlovchi dastur tuzing.
40- dars. 9- sinf
MAVZU: Paskalda ekranni grafik holatga o'tkazish.
Dars maqsadi:
a) Ta’limiy
b) Tarbiyaviy
c) Rivojlantiruvchi
Dars jihozi: Kompyuter, ekran, doska, bo’r, kitob, daftar
Dars uslubi: Aralash
Darsning borishi: a) O’tilganlarni takrorlash
b) Yangi mavzu bayoni
Hozirgacha kompyuter ekraniga faqat matnli axborotni chiqarish bilan tanishildi. Ammo kompyuter ekranida turli rasmlar ham hosil qilish mumkin. Buning uchun Paskalning Graph (graf) modulida nuqta, to'g'ri chiziq, to'g'ri to'rtburchak, aylana kabi bir qancha shakllarni chizishga moijallangan operatorlar mavjud.
Shakl chizish operatorlaridan foydalanish uchun dastur boshida Uses Graph; ko'rsatmasi beriladi. Bu ko'rsatma uning tarkibidagi operator va funksiyalardan foydalanish imkoniyatini beradi, xalos. Mazkur operatorlarning ishlashi uchun esa ekran grafik holatga o'tkazilishi zarur.
Grafik holatda kompyuter ekrani mayda nuqta(piksel)lardan tashkil topadi. Grafik holatda ham matnli holatdagi kabi yurgich mavjud bo'lib, u nuqtadan iborat. Ekranda hosil boiadigan barcha chizmalar yurgichning ekranda iz qoldirib yoki iz qoldirmasdan siljishi natijasida hosil boiadi. Yurgichning ekranda turgan o'rni uning koordinatasi bilan aniqlanadi. Koordinata boshi bo'lgan (0,0) nuqtasi ekranning chap yuqori burchagida joylashgan. Ekran grafik holatga o'tkazilganda yurgich koordinata bo- j shida joylashadi. Koordinata o'qlari X va ' koordinata boshidan mos ravishda o'ngga va pastga qarab yo'nalgan, ya'ni qiymatlar sh^ yo'nalishlarda o'sib boradi. Ekranning yurgichturgan nuqtasi joriy nuqta deyiladi. Ekrandagi nuqtalar soni ko'pi bilan 640x480 ta (0..639x0..479) bo'ladi.
Ekranni grafik holatga o'tkazish uchun Graph modulining InitGraph(GD,GM,); protsedurasidan foydalaniladi, bu yerda GD (GraphDriver) va GM (Graph Mode) - butun sonli o'zgaruvchilar. Ularning qiymati kompyuterning grafik imkoniyatlariga va tanlangan grafik holatga bogiiq. Agar GD:=0; (yoki GD:=Detect;) deb olinsa, dastur tomonidan eng samarali grafik holat avtomatik aniqlanadi. - grafik holatda ishlashni ta'minlovchi BGI kengaytmali maxsus fayl joylashgan BGI katalogi adresi bo'lib, zamonaviy kompyuterlarda EGAVGA.BGI fayli qo'llaniladi. Bu fayl joriy katalogda joylashgan bo'lsa o'rnida bo'sh satr yoziladi.
Grafik holatdan chiqish, ya'ni matn holatiga qaytish uchun CloseGraph protsedurasidan foydalaniladi. Grafika bilan bog'liq dasturlar, asosan, quyidagi ko'rinishda bo'ladi:
Uses Graph;
Var Gd, Gm : Integer;
{Grafika bilan bog'liq masalaga mos o'zgaruvchilar tavsifi } Begin
Gd := 0; { Grafik drayverni avtomatik ravishda aniqlash } InitGraph(Gd,Gm, ");{Grafik holatga o'tish}
{Grafika bilan bog'liq masala yechimi yoziladigan qism} Readln; CloseGraph; { Grafik holatdan chiqish } End.Paskal tilida 16 xil rangdan foydalanish mumkin bo'ladi. Bu ranglar 0 dan 15 gacha butun sonlar bilan kodlangan. Graph modulida har bir rang uchun maxsus o'zgarmas (konstanta) ajratilgan bo'lib, ular matn holatida ishlatiladigan ranglar bilan bir xil (ekran bilan ishlash niavzusidagi ranglar jadvaliga qarang).Graph modulida 80 ga yaqin protsedura va funksiyalar mavjud. Quyida ularning ba'zilari bilan tanishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |