Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining himoya qilish sohasidagi vakolatlari6
Tashkilotlarda band bo‘lgan nogironlarga nogironni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturiga muvofiq zarur mehnat sharoitlari yaratiladi. Jamoa yoki yakka tartibdagi mehnat shartnomasida belgilanadigan mehnat sharoitlari, shu jumladan mehnatga haq to‘lash, ish vaqti va dam olish vaqti rejimi, yillik hamda qo‘shimcha ta’tillarning muddati normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilganidan kam bo‘lmasligi va boshqa xodimlarga nisbatan nogironlarning ahvolini yomonlashtirmasligi yoki huquqlarini cheklamasligi kerak.
Nogiron mehnat sharoitlari odatdagicha bo‘lgan tashkilotlarda, nogironlar mehnatidan foydalaniladigan ixtisoslashtirilgan korxonalarda, tsexlar va uchastkalarda ishlashga, shuningdek qonun bilan taqiqlanmagan yakka tartibdagi mehnat faoliyatini yoki boshqa faoliyatni amalga oshirishga haqlidir.
Nogironligi tufayli nogiron bilan mehnat shartnomasi tuzishni yoki ish yuzasidan uni yuqori lavozimga ko‘tarishni rad etishga, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga, nogironni uning roziligisiz boshqa ishga o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi, tibbiy-ijtimoiy ekspertizaning xulosasiga ko‘ra nogironning sog‘lig‘i kasb vazifalarini bajarishga monelik qilgan yoki nogironning yoxud boshqa shaxslarning sog‘lig‘i va mehnat xavfsizligiga tahdid qilgan hollar bundan mustasno.
Nogiron o‘z mehnat qobiliyatini tiklaganidan keyin ilgarigi ishiga yoki shunga teng ishga joylashish huquqiga ega. Xodimlarining soni yigirma kishidan ortiq bo‘lgan korxonalarda, muassasalar va tashkilotlarda mahalliy davlat hokimiyati organlari nogironlarni ishga joylashtirish uchun xodimlar sonining kamida uch foizi miqdorida ish joylarining eng kam sonini belgilaydi va zaxirada saqlaydi. Nogironlarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam sonini yaratishga doir mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini bajarmaganlik uchun tashkilotlarning mansabdor shaxslari ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
Ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganligi tashkilotlarni ushbu Qonunning nogironlarni ish bilan ta’minlashga doir talablarini bajarish majburiyatidan ozod etmaydi. Nogironlar mehnatidan foydalanish uchun nogironlarning ehtiyojlarini va mahalliy xususiyatlarni hisobga olgan holda ixtisoslashtirilgan korxonalar, tsexlar va uchastkalar tashkil etiladi. Ko‘zi ojiz nogironlar sharoitlari o‘z imkoniyatlariga mos keladigan ishlab chiqarishda ishtirok etishda imtiyozli huquqqa ega.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar uyda ishlovchi nogironlarga, shuningdek tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi nogironlarga mazkur faoliyat uchun yashashga mo‘ljallanmagan joylar berilishida, xom ashyo olishi va mahsulot sotishida zarur yordam ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |