Kurs ishining maqsadi: Elektrolit va noelektrolit, YuMBni, va Osmotik bosimni o`rganish.
Kurs ishining ilmiy va amaliy ahamiyati: Kurs ishini bajarishda adabiyotlardan o`rganilgan va taxlil qilingan ma`lumotlardan, shuningdek tajriba natijalaridan, talabalar mustaqil ishlari va mavzuga oid referatlarini tayyorlashda ularning fizik-kimyo sohasiga oid bilimlarini mustahkamlashda amaliy ahamiyatga ega.
I – ASOSIY QISM
Elektrolit va noelektrolitlar
Ba’zi moddalar erigan yoki suyuqlangan holatda elektr tokini o'tkazmasligi yaxshi ma’lum. Buni oddiy asbob yordamida kuzatish mumkin. Bu asbob simlar vositasida elektr tarmoqqa ulangan ko'mir sterjenlardan (elektrodlardan) tarkib topgan. Zanjirga elektr lampochka ulangan, u zanjirda tok bor yoki yo'qligini ko'rsatadi. Agar elektrodlar shakar eritmasiga botirilsa, lampochka yonmaydi. Lekin elektrodlar natriy xlorid eritmasiga botirilganda lampochka ravshan yonadi. Eritmalar yoki suyuqlanmalarda ionlarga ajraladigan va shu sababli elektr tokini o'tkazadigan moddalar elektrolitlar deyiladi.Eritmalar yoki suyuqlanmalarda ionlarga ajralmaydigan va elektr tokini o‘tkazmaydigan moddalar noelektrolitlar deyiladi. Elektrolitlarga kislotalar, asoslar va deyarli barcha tuzlar, noelektrolitlarga — organik birikmalarning ko'pchiligi, shuningdek, molekulalarida faqat kovalent qutbsiz va kam qutbli bog'lanishlar bo'ladigan moddalar kiradi.
Elektrolitlar — ikkinchi tur o'tkazgichlardir. Ular eritmada yoki suyuqlanmada ion larga ajraladi, shu tufayli ham tok o'tadi. Ravshanki, eritmada ionlar qancha ko'p bo'lsa, u elektr tokini shuncha yaxshi o'tkazadi. Toza suv elektr tokini juda kam o'tkazadi. Elektrolitlarning suvda eriganda ionlarga ajralishi elektrolitik dissotsilanish deyiladi. Masalan, natriy xlorid NaCl suvda eriganida batamom natriy ionlari Na+ bilan xlorid ionlar Cl ga ajraladi. Suv vodorod ionlari H+ bilan gidroksid ionlar OH ni juda oz miqdorlardagina hosil qiladi.
Elektrolitlar (elektro... va yun. 1u1o8 — eruvchan, parchalanuvchan) — elektr tokini oʻtkazuvchi ionlarning maʼlum konsentratsiyasi qatnashadigan kimyoviy moddalar yoxud sistema; tor maʼnoda — elektrolitik dissotsiatsiya natijasida hosil boʻladigan ionlar bilan elektr toki oʻtkazadigan eritmalar. Elektrolitik dissotsiatsiya darajasi (a)ga koʻra kuchli E. (a birga yaqin) va kuchsiz E. (a 0 ga yaqin) farqlanadi. Eritmada 1 ta molekulani dissotsiatsiyalaydigan ionlar soniga qarab E. binar (2 ta ion), ternar (3), kvarternar (4), simmetrik va assimmetrik xillarga boʻlinadi. E. fan va texnikada keng qoʻllanadi. Tirik organizmlarning barcha suyuq sistemalarida E. boʻladi. E. koʻpgina kimyoviy sintezlar va elektrokimyoviy ishlab chiqarish jarayonlarida muhim ahamiyatga ega. Elektrolit eritmalar deb suyuqlanmasi yoki suvdagi eritmasi elektr to'kini otkazsa elektrolitlar hisoblanadiElektrolitlarga suvda eriydigan kislotalar, ishqorlar va tuzlar kiradi.
Eritmalari yoki suyuqlanmalari elektr tokini o‘tkazmaydigan moddalar elektrolitmaslar (noelektrolitlar) deyiladi. Elektrolitmaslarga qutbsiz kovalent bog‘lanishli moddalar, metan, karbonat angidrid, shakar, spirtlar va distillangan suv kiradi.
Elektrolitlar faqat suvda eritilganda yoki suyuqlantirilganda elektr tokini o‘tkazadi. Kristall holda ular elektr tokini yomon o‘tkazadi yoki butunlay o‘tkazmaydi.
Nima uchun elektrolitlarning suvdagi eritmasi yoki suyuqlantirilgani elektr tokini o‘tkazadi, aksincha, elektrolitmaslarning suvli eritmalari elektr tokini o‘tkazmaydi? Bu savolga javobni 1887-yilda shved olimi Svante Arrenius o‘zining elektrolitik dissotsiatsiyalanish nazariyasida javob bergan. U elektrolitlar sohasida olib borgan ilmiy ishlari uchun 1903-yilda Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan. Elektrolitlar (tuzlar, kislotalar hamda ishqorlar) — suvda eritilganda yoki suyuqlantirilganda ionlarga ajraladi: Ionlar musbat zaryadlangan (kationlar) yoki manfiy zaryadlangan (anionlar) zarralardir. KCl ↔ K + + Cl − NaOH ↔ Na + + OH −
2. Kimyoviy elementlar davriy jadvalining oltinchi guruh bosh guruhchasi (kislorod guruhchasi)da kislorod, oltingugurt, selen, tellur va poloniy elementlari joylashgan (Poloniy radioaktiv element bo‘lganligidan uning xossalarini radiokimyoda batafsil o‘rganiladi). Kislorod guruhchasi elementlarining tashqi energetik pog‘onasida oltitadan elektron bor. Shu sababli bu elementlar o‘zlarining tashqi energetik qavatlarini tugal holatga, ya’ni sakkizta elektronli holatga keltirish uchun ikkita elektron qabul qilib oladi, natijada -2 oksidlanish darajasini namoyon qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |