Nodirabegim hayoti va ijodi



Download 53,01 Kb.
bet2/4
Sana09.09.2021
Hajmi53,01 Kb.
#169656
1   2   3   4
Bog'liq
nodirabegim hayoti va ijodi (2)

Ma’dalixon otasi o’lgach, 21 yil xukumat tepasida turdi. O’z davlatini Qashqar va Tojikistonning Qora-Tegin viloyati xisobiga kengaytirdi.

Olim Sharaffidinov “O’zbek adabiyoti tarixi xrestomatiyasi” kitobida (1945) shunday yozadi:

Ma’dalixonning qilgan ishlari kishining diqqatini o’ziga tortadigan bir jixat-uning ruxoniylar bilan chiqisha olmaganidir. Ma’lumki, Ma’dalixondan ilgari Qo’qon xonligida xo’jalar, sayidlar umuman ruxoniylarning roli juda katta edi. Xonlikning siyosati shu guruxning qo’lida bo’lib, Umarxon davrida ular ayniqsa avj olgan, xukumatning turli mansablarini o’z qo’llarida olgan edilar. Ma’dalixon mana shu guruxga qarshi siyosat tutdi. Ularning ko’plarini mansabdangina emas, mamlakatdan xam quvdi. Bu quvilganlar Buxoroga to’plandilar”. (P tom 244-bet. O.Sharaffidinov).



Ana shu qora guruxlar dalixonga qarshi fitna uyushtirib, kamoli zolimligidan “Nasrullo qassob deb nom chiqargan Buxoro amiri Nasrulloga: “Ma’dali o’z o’gay onalaridan biriga uylandi, bu kofirdan Fargonani qutqarish” kerak deb ariza yozadilar. Amir Nasrullo bu arizani o’rab-surishtirmay, Qo’qonga urush boshladi. qattiq va qonli janglardan so’ng Ma’dalixon qo’shini maglubiyatga uchradi. Oxiri Amir Nasrullo Qo’qonga bostirib kirib, shaxarni talon-taroj qildi. Ma’dalixonni, ukasi Sulton Maxmudxonni, o’n to’rt yashar o’gli Muxammad Aminxonni, onasi Nodirani va bir necha ayonlarning xotinlarini fojiali ravishda o’ldiradi.

Mashxur o’zbek shoirasi Nodira-Moxlar oyimning kishining xam xavasini keltiradigan va xam daxshatga soladigan xayot yo’li mana shunday.

Nodiraning o’ldirilishi tafsiloti xaqida eski tarixiy manbalarda bir-biriga tamomila zid fikrlar bayon etilgan. Bu kitoblardagi ma’lumotlarni bir-biriga itaqqoslab qaraganda, to’grisi qaysi-yu, uydirmasi qaysi ekanini aniqlash goyat darajada mushkildir. Mana shu manbalarga tanqidiy munosabatda bo’lmay, faqat ularning biriga asoslanib, Nodiraning o’ldirilish tafsilotini olimlarimiz xar xil sharxlaganlar.

Nodira o’limi xaqida so’z ochgan o’tkir ashid shunday yozadi:”... Bu urushda Amir Nasrullo golib kelib, necha ming gunoxsiz kishilarni qilichdan o’tkazadi, Ma’dalixonni va uning o’gli Muxammad Aminni jallodga topshiradi. Jallod ularni o’ldirishga tayyorlanib turganda, oppoq sochlari to’zigan, parishon xolda Nodira paydo bo’ladi. U begunox, uch yashar? Nabirasini quchoqlaydi va Nasrulloga qarab shunday xitob qiladi:

Ey zabardasti zeridast ozor!

Senga xam kelur bu qiziq bozor...

Amir Nasrullo buyrugi bilan Nodira, uning o’gli Ma’dali va nabirasi Muxammad Aminni jallod kundasiga keltiradilar. Jallod avval Nodiraning sochini qirqadi. Keyin nabirasi, o’gli va xar uchovlarining qo’llarini kesadi, so’ng oyoqlarini qirqadi va oxiri uovlarining barobar kallalarini qirqadi”.(“Uch shoira”,10-11 betlar).

Taniqli adabiyotshunos olim To’xtasin Jalolov yuqoridagi fikrga qo’shilmay “O’zbek shoiralari” kitobining 82-83 betlarida shunday yozadi:

O’tkir Rashid bu tafsilotni qaysi manbaga asoslanib yozganini ko’rsatmagan. Fikrimizcha, u “Tarixi Turkiston” nomli kitobga murojaat qilgan ko’rinadi. “Tarixi Turkistonda” esa:



Ey zabardast ze ri dost ozor!

Senga xam kelur bu qiziq bozor.

Bayti Nodiraning so’nggi so’zi sifatida emas, tarixchining lirik chekinishi o’rnida ishlatilgan. Aslida esa bu she’r fors-tojik shoiri Sa’diy Sheroziyning “Bo’ston” nomli asaridan olingan bo’lib, asli quyidagichadir:

Ey zabardasti zeridast ozor!

Garm to kay bimonad in bozor?

Bachikor oyadat jaxondori?!

Murdanot bex, ki mardum ozori!

Demak, bu baytni Nodiraga nisbat berilishi va uning o’limi oldidagi so’nggi so’zi deyish xato”.

Tojik adabiyotshunosi Toji Usmon Vengeriya olimi German Vamberining “Buxoro yoxud Movorounnaxr tarixi”, Mulla Niyoz Muxammad ibni Ashur Muxammadning “Tarixi Shoxrux” asariga asoslanib, Nodiraning o’ldirilishi tafsiloti xaqida so’z yuritadi va odira o’lim oldida aytgan she’rlaridan quyidagi baytni keltiradi:

... Bu tuproqlar ko’zim qoni ila ming lolazor o’lsa,



Bobomdur bu, momomdur bu, otamdur bu, onamdur bu”.

To’xtasin Jalolov esa: “Nodiraning o’ziga xos uslubdor bo’lgan xar bir kishi bu baytni, Nodirani emas, deb darxol rad etadi”,- deb yozadi.

Adabiyotshunos olim Aziz Qayumov Nodiraning o’ldirilish tafsilotini yozib, Nodira o’limi oldidan gazalxonlik qilmaganini, faqat yosh nabirasini o’limga buyurgan Amir Nasrulloga qarab: “Ey zolim, otasiniku o’ldirding, bu go’dakda nima gunox bor, nega buni xam o’ldirasan? Deb xitob qiladi. Amir unga xaqorat bilan qarab:”istasang seni xam o’ldiraman” deb javob beradi. Nodira: “ Bunday fojialarni ko’rib, tirik qolganimdan ko’ra o’lganim ming marta afzal”, deb xitob qiladi. Shundan so’ng Nasrulloning buyrugi bilan jallodlar o’dirani xam qatl etadilar”,-deb yozadi.

O’zbek she’riyati antologiyasi Sh tomida mazkur fojia tafsilotini shunday yozadilar: 1842 yilda Buxoro amiri Nasrullo Qo’qon shaxrini bosib olgach, Qo’qon xoni Muxammad Alixonni va uning bolalarini dorga osib o’ldiradi. Shu paytda Nodira dorga osilayotgan nabirasini xikoya qilib, bu go’dakda nima gunox, nega uni o’ldirasan, zolim, deb Nasrulloga xitob va uning zulmiga la’nat o’qiydi. Shunda amir Nasrulloning xukmi bilan jallodlar Nodirani xam uning o’gli va nabiralari bilan bir qatorda dorga tortadilar”.

O’zbek adabiyoti tarixi” darsligi avtori akademik V.Abdullaev ...Amir Nasrullo... Muxammad Alini xam, shoiraning 12 yoshli nabirasi Muxammad Aminni xam so’ydiradi. Nodira begunox nabirasining jasadi ustida dod-faryod ko’tarib, amir Nasrulloga la’natlar yogdiradi. Shundan keyin amir Nasrullo Nodirani xam uning eng yaqin maxramlari (Xushxolbibi, Norbibi kabilar) bilan birgalikla o’ldirtiradi”,-deb yozadi.



Ko’rinib turibdiki bu da’volar bir-birini rad etadi. Adabiyotshunoslarning bir masala ustida, bir xolat tasvirida bir-biriga qarama-qarshi fikrlar bayon qilishi bu fikrlarning to’griligiga shubxa tugdiradi.

Amir Nasrullo qancha zolim, qancha qonxo’r bo’lsa, shunchalik joxil va muttasib kishi edi. Uning Fargonaga qarshi xujumining bosh sababi xam ko’r-qurona diniy e’tiqod va mutaassibning tugyoni edi. Uning u Fargonaga go’yo islomni mustaxkamlash, to’gri yo’ldan toyganlarni jazolash uchun keldi. U komil musulmonlik da’vosida edi. Modomiki Nasrullo yurishining mantiqiy moxiyati shundan iborat ekan, modomiki Nasrullo sharoit peshvolari oldida musulmonchilikning “klassik” namunasini namoyish qilish orzusida ekan, bas, uning Noidar bilan bir necha musulmon xotinlarini olomon orasiga chiqarib qatl etmogi sira xam mumkin emas. Chunki bunday xatti-xarakat uni xalq oldida batomom beburd qilib qo’yar, sharoit nomidan qilgan da’volarini auchga chiqarardi. Amir Nasrullo-zolim edi, Konxo’r edi, mutaassib edi, lekin axmoq emas edi.

Bundan tashqari, Ma’dalixonning o’gli Muxammad Aminxon, O’tkir Rashid aytganiday, uch yashar go’dak emas, 14 yashar yigitcha edi. 14 yashar yigit, bugun bo’lmasa ertaga otasining qonini va taxtini da’vo qilib maydonga chiqishi muqarrar edi. Chunki Madalixon o’zi xam 14 yoshda taxtga chiqqan edi.

Nodiraning o’ldirilishiga-uning uch yashar go’dak ximoya qilishi sabab bo’ldi deb o’ylamoq bir nav siyosiy soddalik bo’ladi. Bu xaqda adabiyotshunos To’xtasin Jalolov shunday xulosa chiqaradi:

Ma’lumki, Nodira 30 yildan ziyodroq bir davrda mamlakatda podshoXdan so’ng eng mo’’tabar zot xisoblanadi. Ma’dalixon yosh choglarida esa, podshoxlik asosan Nodira qo’lida edi. Shu tariqa bu ayol mamlakatni idora qilishga saloxiyatli ekanini isbot qilib, saroy doirasida xam, xalq orasida xam zo’r obro’ qozondi. Agar Amir Nasrullo Nodiraning ikki o’glini, shuningdek valiaxd Muxammad Aminxonni o’ldirib, Nodirani tirik qoldirganda, Nodira o’z nufuzidan (obro’) foydalanib, butun Fargona xalqini Amir Nasrulloga qarshi oyoqqa turgizishi, galayon ko’tarib, “Nasrullo qassob”ni taxtdan tobutga tortishi-qorongi tundan so’ng yorug kun kelishidek muqarrar edi”.



Ansobus-salotin va tovorixi xovoqin” kitobining avtori Mirzo olim, Nodira bilan birga xushxol Bibi, Norbibi va yana bir xotinning axtaxonada o’ldirilganini yozadi” (Bu muxim. A.Qayumov., T.Jalolov shu fikrni qo’llaydila r).
NODIRA


Download 53,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish