Shunday qilib, O’zbekistonda jamoatchilik nazoratini tom ma'noda yuksaltirish uchun xuquqiy asoslar ham, uni amalga oshiridigan sub'ektlar(tizilma)lar tizimi ham, nazoratga tortiladigan faoliyat (ob'ektlar) ning belgilangani ham xuquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining tamoyili bo’lgan qonun ustuvorligini ta'minlash kafolatining amalda ro’yobga chiqarilishini ta'minlaga asos bo’lib xizmat qiladi. Chunki qonun ustuvorligi jamoatchilik nazorati mukammal qaror topgan jamiyatdagina ijtimoiy adolatning asosiy mezoni bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |