Siyosiy partiyalar ham ma'lum ma'noda jamoatchilik nazoratini amalga oshiruvchi tuzilma (sub'ekt) bo’lib, ularning bu boradagi faoliyati O’zbekiston Respublikasining "Siyosiy partiyalar to’g’risida” gi qonunning 1-moddasi mazmunidan kelib chiqadi. Unga ko’ra, siyosiy partiya davlat xokimiyati organlarini shakllantirishda, jamiyat muayyan qismining siyosiy irodasini ro’yobga chiqarishda hamda o’z vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi fuqarolarning ko’ngilli birlashmasi bo’lib xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |