NOBEL MUKOFOTI
Nobel mukofoti (inglizcha: Nobel Prize) — buyuk ilmiy izlanishlar, inqilobiy ixtirolar yoki madaniyat va jamiyatning rivojiga katta hissalar qoʻshganligi uchun har yili taqdim etiladigan eng nufuzli xalqaro mukofotlardan biri.
Nobel mukofotlari - har yili buyuk ishlar uchun beriladigan xalqaro mukofot. Taʼsis etuvchisi A. B. Nobelning (k,. Nobellar) vasiyatiga koʻra, undan keyin qolgan mablagʻ asosida Nobel jamgʻarmasi tashkil etildi; shu jamgʻarmaga har yili kelib tushadigan daromad 5 qismga teng boʻlinib, irqi, millati, jinsi va dinidan qatʼi nazar, fizika, kimyo, fiziologiya yoki tibbiyot sohasidagi kashfiyotlar, badiiy asarlar, xalqlar doʻstligi va tinchlikni mustahkamlash yoʻlida koʻrsatilgan faoliyat uchun beriladi (1968 yilda Shvetsiya davlat banki oʻzining 300 yilligi munosabati bilan iqtisod fanlari sohasidagi yutuqlar uchun beriladigan qoʻshimcha Nobel mukofotini taʼsis etgan).
Nobel mukofoti Alfred Nobel tasviri tushirilgan oltin medal, diplom va miq-dori Nobel jamgʻarmasidagi daromadga bogʻliq (odatda, 30 mingdan 70 ming dollargacha) boʻlgan mablagʻdan iborat. Alfred Nobelning vasiyatiga koʻra, Nobel mukofotini berish vazifasi Stokgolmdagi Qirollik FA ga (fizika, kimyo, iqtisod fanlari boʻyicha), Stokgolmdagi Qirollik tibbiyot-jarroxlik institutiga (fiziologiya yoki tibbiyot boʻyicha) va Stokgolmdagi Shvetsiya akademiya-1 siga (badiiy asarlar boʻyicha) topshi-rilgan. Tinchlikni mustahkamlash 4 yoʻlida koʻrsatilgan faoliyat uchun 1 Nobel mukofotini Norvegiya parlamentining Nobel komiteti aʼzolari beradi. Tinchlik mukofotidan tashqari hamma mukofotlar faqat individual tarzda beriladi. Vafot etganlarga Nobel mukofoti berilmaydi. Nobel mukofotini topshirish tantanasi Stokgolm va Osloda Alfred Nobel vafot etgan kun (10 dekabr) da oʻtkaziladi. Birinchi mukofot 1901 yil topshi-rilgan. Nobel mukofotini 1901—2003 yilda 565 kishi olgan.
Alfred Bernhard Nobel (21-oktabr 1833, Stokgolm, Shvetsiya — 10-dekabr 1896, San Remo, Italiya) — shved kimyogari, muhandis, dinamitning ixtirochisi. Oʻzining ulkan boyligini Nobel mukofotini tadbiq etishga vasiyat qilgan. Uning sharafiga sintezlanib olingan kimyoviy element nobeliy nomlangan.
Nobel, oʻn yettinchi asr olimi Olaus Rudbeck(1630-1708)ning avlodi. U Immanuel Nobel (1801-1872) va Andriette Ahlsell Nobel (1805-1889)larning uchinchi farzandi. Alfred Nobel 1833-yil 21 oktyabr Stokgolmda tugʻilgan. 1842-yili oilasi bilan Sankt-Peterburgga koʻchib oʻtishadi, u yerda otasi torpedalarni ishlab chiqish bilan shugʻullanadi. Alfred professor Zinin Nikolay Nikolayevichning qoʻlida kimyoni oʻrganadi. 1859-yili otasining ishi bilan ikkinchi oʻgʻli Ludvig Nobel (1831-1888) shugʻullana boshlaydi. Oilaviy biznesi bankrotga uchragach, Alfred otasi bilan birga Shvetsiyaga qaytadi va oʻzini portlovchi moddalarni oʻrganishga, ayniqsa nitroglitserinni (1847-yilda Ascanio Sobrero tomonidan ihtiro qilingan) havfsiz ishlab chiqarish va ishlatishga bagʻishlaydi.
Iqtisodiyot — yunoncha "ekonom" va "oykos" soʻzlari birlashmasidan kelib chiqqan boʻlib, "ekonomika" qishloq xoʻjalik asoslari haqida fan degan maʼnoni anglatadi. "Ekonomika" soʻzi ommaviy oʻzbek lugʻatiga oʻtilganda "iqtisodiyot" atamasiga oʻzgaradi. Iqtisodiyot cheklanmagan ehtiyojlarni, cheklangan resurslardan samarali foydalanib boshqarishni oʻrganuvchi fan.
Ragnar Frisch (1895.3.3 Oslo 1973.31.1) - norveg iqtisodchisi, Norvegiya Fanlar akademiyasi aʼzosi (1931). Oslo shahridagi universitetda oʻqigan. Oslo universiteti huzuridagi Iqtisodiyot instituti direktori (1931—1965); Yel (1930), Sorbonna (1933) universitetlarida iqtisodiyot boʻyicha leksiyalar oʻqigan. Iqtisodiy nazariyada matematik yoʻnalish vakili. Ekonometrika asoschisi, birinchilardan boʻlib makro va mikroiqtisodiy taxlil sohalari chegaralarini koʻrsatdi, iqgisodiy jarayonlarni tahlil qilishda qoʻllaniladigan iktisodiy siklning dinamik modelini yaratgan. Iqgisodiymatematik programmalashtirish usullaridan foydalangan holda iqtisodiy rejalashtirishda qarorlar qabul qilish modelini ishlab chiqsi. F. taklif etgan iktisodiy oʻsish usullari va modellari, shuningdek, milliy hisoblarnk tuzish tartiblari Norvegiya va boshqa mamlakatlarning byudjet, statistika organlari faoliyatida keng qoʻllanilgan. Iqtisodiyot sohasidagi birinchi Nobel mukofoti laureatlaridan biri (Ya. Tinbergen bilan birga, 1969)
Tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti — dunyoda tinchlik oʻrnatishga ulkan hissa qoʻshgan shaxslarga/tashkilotlarga beriladi. Alfred Nobelning vasiyatiga binoan Nobel tinchlik mukofoti „tinchlikparvarlik konferensiyalarini oʻtkazish va targʻib qilishda, xalqlarning birdamligi, doimiy armiyalar sonining kamayishiga katta hissa qoʻshgan“larga beriladi. 1901 yilda mukofotning birinchi laureatlariga Xalqaro Qizil xoch qoʻmitasining asoschisi Anri Dyunan va Parlamentlararo ittifoq asoschisi Frederik Passi aylandi.1901-2019 yillarda mukofot atigi 100 marta topshirilgan, 19 yil davomida — 1914-1916, 1918, 1923, 1924, 1928, 1932, 1939-1943, 1948, 1955-1956, 1966-1967 va 1972 yillarda mukofotga munosib nomzod topilmagan.Shu vaqt ichida 107 kishiga, shu jumladan 17 nafar ayolga va uch marta Xalqaro Qizil xoch qoʻmitasini oʻz ichiga olgan 27ta tashkilotga Nobel tinchlik mukofoti berildi. Oʻziga berilgan tinchlik boʻyicha Nobel mukofotidan bosh tortgan yagona shaxs bu 1973 yilda AQSh davlat kotibi Genri Kissinjer bilan birga ushbu mukofotga sazovor boʻlgan vetnamlik siyosatchi Le Dik Txodir. 2020 yil ushbu mukofotga Butun Jahon oziq-ovqat dasturi sazovor bo’ldi
Do'stlaringiz bilan baham: |