Nobank kredit tashkilotlari va ularning turlari Reja: I. Krish. II


Lombardlar va ulaming tashkil topish



Download 28,09 Kb.
bet6/6
Sana23.05.2022
Hajmi28,09 Kb.
#607521
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Pul-bank

Lombardlar va ulaming tashkil topish
Lombardlar - ixtisoslashgan tijorat tashkiloti bolib,asosiy faoliyati fuqarolaming harakatdagi mulklari garovi ostida, qisqa muddatli kreditlar berish va buyumlami saqlash bilan shug'ullanadi. Lombardlaming ixtisoslashganlik darajasiga qarab buyumlar, oltin buyumlar va avtoulovlar garov sifatida qabul qilinadi. Buyumlar tomonlaming o'zaro kelishuvi asosida baholanadi. Lombard va kredit oluvchi shaxs o'rtasida tuzilgan shartnoma asosida kredit beriladi. Dastlabki lombardlar XV asrlarda Fransiyaning Lombard shahrida savdogarlar tomonidan tashkil etilgan. Hozirgi kunda amaliyotda qollanilib kelinayotgan “lombard” termini shu tariqa paydo bolgan. Lombardlaming o'ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, ushbu muassasalar mijozning ehtiyoji uchun zarur bolgan summani juda tez fursatda berish imkoniyatiga egaligidir. Bunda lombard va qarz oluvchi o'rtasida, ko'pchilik hollarda qimmatbaho buyumlar garov sifatida foydalaniladi. Lombard tashkiloti berilgan kredit uchun undirilishi lozim bolgan foiz tolovini, ko'pchilik hollarda, oldindan kredit summasidan chegirib qoladi.Lombard kredit uchun hisoblanadigan foiz summalari
quyidagi tartibda hisoblanadi.Masalan, kredit summasi - 1,0 mln so'm, oylik foiz tolovi - 3 %, kreditdan foydalanish muddati - 20 kun.Kredit summasidan kelib chiqib, ushbu kredit summasiga nisbatan tolanadigan foiz tolovi quyidagicha aniqlanadi: 1000000*0,003*20=60000 so'm. O'zbekistonda lombardlar bank tizimining ikkinchi pog'onasidagi kredit
muassasalari tarkibiga kiradi.
Xulosa
Soʼnggi yillarda mamlakatimizda moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish va aholining asosiy moliyaviy xizmatlarga boʼlgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, mikromoliyalashtirish sohasini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 iyuldagi “Mikromoliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ–4400-sonli qarori qabul qilindi.
Ushbu qarorga muvofiq, nobank kredit tashkilotlari koʼrsatadigan xizmatlar doirasi kengaytirildi va mikromoliyaviy xizmatlar hajmi oshirildi.
Bugungi kunda respublikada 63 mikrokredit tashkiloti va 64 lombard faoliyat koʼrsatmoqda. 2021 yilning 1 yanvarь holatiga koʼra, ularning aktivlari miqdori 1 010 mlrd. soʼmni tashkil etdi va bu koʼrsatkich oʼtgan yilning shu davriga nisbatan 20 foizga oʼsishi taʼminlandi. Shu davrda kredit portfeli 23,7 foizga oʼsib, 935 mlrd. soʼmga yetdi.
Nobank kredit tashkilotlari sohasini izchil isloh qilish, faoliyatini tartibga soluvchi qoidalarni tizimlashtirish va unifikatsiyalash maqsadida “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalash faoliyati toʼgʼrisida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi.Ushbu loyiha Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi “2020-2025 yillarga moʼljallangan Oʼzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi toʼgʼrisida”gi PF–5992-sonli Farmoni ijrosi doirasida Jahon banki koʼmagida eng yaxshi xorijiy tajriba, umumeʼtirof etilgan meʼyor va standartlarni hisobga olgan holda tayyorlandi.
Qonun loyihasida nobank kredit tashkilotlarining turlari, koʼrsatiladigan xizmatlar roʼyxati, nobank kredit tashkilotlarini tashkil etishga doir talablar, shu jumladan, tashkiliy-huquqiy shakli, taʼsischilari, rahbar xodimlari, ustav kapitali, shuningdek, ular faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish tartibi oʼrnatilmoqda.
Hujjat loyihasida faoliyatni litsenziyalashning amaldagi jarayonlari nobank kredit tashkilotlarini hisob roʼyxatidan oʼtkazish tartibi bilan almashtirish, hisob roʼyxatidan oʼtish uchun zarur boʼlgan hujjatlar roʼyxati, ularni koʼrib chiqish va tegishli qarorlarni qabul qilish tartibi belgilanmoqda. Shu bilan birga, lombard faoliyati Markaziy bankka oʼz faoliyati boshlanishi toʼgʼrisida xabarnoma yuborganidan keyin amalga oshirilishi koʼzda tutilmoqda.
Bundan tashqari, qonun loyihasida nobank kredit tashkilotlari faoliyatini ularning faoliyati tavakkalchiligidan kelib chiqib, mutanosib ravishda tartibga solish va nazorat qilish mexanizmi joriy etiladi, shuningdek, Markaziy bankning ushbu yoʼnalishdagi funktsiyalarini bajarish vakolatlari belgilab qoʼyilmoqda.
Shu bilan birga, qonun loyihasida koʼzda tutilgan qoidalarda nobank kredit tashkilotlari xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlarini himoya qilish choralari kuchaytirilmoqda. Xususan, qonunchilik darajasida nobank kredit tashkilotlarining ular koʼrsatadigan xizmatlar toʼgʼrisidagi maʼlumotlarini, shartnomalar shartlariga bir tomonlama oʼzgartirish yoki qoʼshimchalar kiritishni taqiqlash toʼgʼrisidagi talablarni, shuningdek, isteʼmolchilarning moliyaviy operatsiyalari toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni oshkor qilmaslik majburiyatlari belgilanmoqda.

Umuman olganda, ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi respublikamizda yagona moliya tizimining toʼldiruvchisi sifatida nobank kredit tashkilotlari rivojiga xizmat qiladi.




Foydalanilgan adabiyotlar



  • A.A.Omonov,T.M.Qoraliyev “Pul va banklar” 2-nashr Toshkent 2019

  • A.A.Omonov,T.M.Qoraliyev “Pul,kredit va banklar” darslik Toshkent 2012

  • https://yuz.uz/news

  • https://www.youtube.com/watch?v=BdnW49sbEW8

Download 28,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish