Noaniq ekspertli tizimlar (ET)



Download 165,18 Kb.
bet3/3
Sana27.03.2022
Hajmi165,18 Kb.
#512751
1   2   3
«Harorat». Universum (qiymatlar to‘plami) – kesmasi [0,150]. Termlarining boshlang‘ich to‘plami {Yuqori, O‘rtacha, Past}. Termlarning tegishlilik funksiyalari quyidagi ko‘rinishga ega (3.1.2-rasm):





3.1.2-rasm. «Harorat» parametri uchun termlarning tegishlilik funksiyalari.


«Bosim». Universum – kesmasi [0,100]. Termlarining boshlang‘ich to‘plami {Yuqori, O‘rtacha, Past}. Termlarning tegishlilik funksiyalari quyidagi ko‘rinishga ega (3.1.3-rasm):





3.1.3-rasm. «Bosim» parametri uchun termlarning tegishlilik funksiyalari.


«Sarf». Universum – kesmasi [0,8]. Termlarining boshlang‘ich to‘plami {Katta, O‘rtacha, Kichik}. Termlarning tegishlilik funksiyalari quyidagi ko‘rinishga ega (3.1.4-rasm):




3.1.4-rasm. «Sarf» parametri termlari uchun tegishlilik funksiyalari.

«Harorat» - 85 va «Sarf» - 3,5 qiymatlar ma’lum bo‘lsin. «Bosim» ning qiymatini hisoblaymiz. Noaniq xulosaning bosqichlarini ketma-ketlikda ko‘rib chiqamiz:


Avval kirish parametrlarining berilgan qiymatlari bo‘yicha “Lingvistik o‘zgaruvchi A lingvistik o‘zgaruvchi A ning termi” ko‘rinishidagi tasdiqning ishonch darajasini topamiz. Bu bosqich fazzifikatsiya, ya’ni berilgan aniq qiymatlardan ishonch darajalariga o‘tish bosqichi deyiladi. Quyidagi ishonch darajalarini olamiz:
«Harorat» Yuqori – 0,7;
«Harorat» O‘rtacha – 1;
«Harorat» Past – 0,3;
«Sarf» Katta – 0;
«Sarf» O‘rtacha – 0,75;
«Sarf» Kichik – 0,25.
Keyin qoidalar qo‘yimlari ishonch darajalarini hisoblaymiz:
«Harorat» Past va «Sarf» Kichik: min(«Harorat» Past, «Sarf» Kichik)= min(0.3, 0.25)=0.25;
«Harorat» O‘rtacha: 1;
«Harorat» Yuqori yoki «Sarf» Katta: max(«Harorat» Yuqori, «Sarf» Katta)= max(0.7,0)=0,7.
Ta’kidlab o‘tish joizki, ixtiyoriy qoidalarni chap qismida joylashgan noaniq to‘plamlarni kon’uksiya hamda diz’yunksiya orqali o‘zgartirish yordamida qoidalar tizimiga olib kelish mumkin. Bunda har bir qoidaning chap qismi yo faqat kon’uksiyadan yo diz’yunksiyadan iborat bo‘ladi. Shundan qilib, umumiylikni buzmagan holda, chap qismi yo faqat kon’uksiyadan yo diz’yunksiyadan iborat bo‘lgan qoidalarni ko‘rib chiqish mumkin.
Har bir qoida o‘zidan noaniq implikatsiyani taqdim etadi. Qo‘yimlar ishonch darajasi hisoblangan, xulosaning ishonch darajasi esa mos termlarning tegishlilik funksiyalari bilan beriladi. Shuning uchun, noaniq implikatsiyani qurish usullarining biridan foydalanib, mos qoidaning kirish o‘zgaruvchilari o‘zgarganda chiqish ma’lumotlarining qiymatlaridagi ishonch darajasiga mos keluvchi, yangi noaniq o‘zgaruvchini hosil qilamiz. Noaniq implikatsiyani xuddi chap va o‘ng qismlarning minimumi kabi ishlatib (Mamdani ta’rifi), quyidagi shakllarni olamiz (3.1.5-rasm):

1-Qoida 2- Qoida 3- Qoida

3.1.5-rasm. Noaniq implikatsiyaga o‘xshash qoidalar.

Endi barcha qoidalarning qo‘llanilish natijalarini birlashtirish (umumlashtirish) zarur. Bu bosqich akkumulyatsiya deb ataladi. Akkumulyatsiyaning asosiy usullaridan biri – olingan tegishlilik funksiyalarining maksimumini qurish hisoblanadi. Bu 3.1.6-rasmda ko‘rsatilgan.


3.1.6-rasm. Akkumulyatsiya usuli – olingan tegishlilik funksiyasining


maksimumini qurish.

Olingan tegishlilik funksiyasini natija deb hisoblash mumkin. Bu – “Bosim” chiqish o‘zgaruvchisining yangi termi. Uning tegishlilik funksiyasi, kirish parametrlarining qiymatlari berilganda va kirish va chiqish o‘zgaruvchilarining nisbatini aniqlovchi qoidalardan foydalanilganda, “Bosim”ning qiymatidagi ishonch darajasini bildiradi.


Biroq, odatda qandaydir aniq sonli qiymat kerak bo‘ladi. Uni olish uchun esa defazzifikatsiya bosqichidan foydalaniladi, ya’ni berilgan tegishlilik funksiyalari bo‘yicha universumdan aniq qiymat olinadi.
Defazzifikatsiya usullarining to‘plami mavjud, lekin bizdagi hol uchun birinchi maksimum usulining o‘zi yetarli. Uni olingan tegishlilik funksiyasi uchun qo‘llab, “Bosim” ning qiymati 50 ekanligini hosil qilamiz. Shunday qilib, agar biz “Harorat” 85 ga, “Sarf” esa 3,5 ga teng ekanligini bilsak, unda reaktordagi “Bosim” taxminan 50 ga teng degan xulosa chiqarishimiz mumkin.
Download 165,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish