LABORATORIYA MASHG’ULOTLAR
1-Laboratoriya mashg’uloti: Astronomiya fanining dolzarb masalalari va astrofizika. Olamning paydo bo`lishi, koinotning tuzilishi, qora tuynuklar nazariyasi.
Ishning maqsadi: Yulduz kattaligining astrofizik va fizik kattaliklar bilan bog‘lanishini o‘rganish.
Qo‘llanma: logarifmik jadval; kalkulyator; fizik va astrofizik birliklar keltirilgan jadvallar.
Adabiyot: [1], II Bob, 10-§; [3], Ilova G; [6], III Bob, 1-§; [7], 5 Bob, 35, 46-§§; [15], 24 Laboratoriya ish.;
Qo‘shimcha adabiyot: [9], 2-ma’ruza; [13], 3 band, 101-106 b.; [16], T. II, I Bob, 1-§.
Masalalar: [8], № 4, 13, 43, 44, 48, 49, 5264, 83, 84.
Yulduzlarning yorug‘ligi maxsus fotometrik birlikda, yulduziy kattalikda o‘lchanadi. Yulduziy kattalik (m) osmon yoritgichi Yer yuzida (teleskop fokal tekisligida) hosil qilayotgan yoritilganlik (E) bilan logаrifmik bog‘lanishga ega. Ikkita yulduz uchun bu bog‘lanish Pogson formulasi orqali quyidagicha ifodalanadi:
. (1)
Bu formuladan birinchi yulduziy kattalikka ega yulduz ikkinchi kattalikdagi yulduzga qaraganda 2,512 marta ko‘p yoritishi (yoritilganlik hosil qilishi) kelib chiqadi. Haqiqatdan, agar m1=1 va m2=2 bo‘lsa, yoki E1/E2 . Yulduz kattaliklar shkalasining hisob boshi xalqaro kelishuvga asosan belgilangan. Masalan, vizual nurlarda Qutb Yulduzining yulduziy kattaligi mv=2m,12 ga teng deb qabul qilingan. Bu hisob bo‘yicha Sirius (Katta Itning -si) ning yulduziy kattaligi , Quyoshniki , to‘lin Oyniki ga teng.
Ma’lumki, yoritilganlik E lyukslarda o‘lchanadi va u yorikichdan kelayotgan nurlanish oqimi (F) yo‘nalishiga tik qo‘yilgan sirtning (S) yuza birligiga tushayotgan oqimga
teng. (2)
Yoritilganlik yoritgichning haqiqiy yorug‘lik sochish qobiliyatini belgilay olmaydi. Chunki, yoritgichdan uzoqlashgan sari u masofaning kvadratiga teskari proportsional tarzda kamayib boradi. Yoritkichning haqiqiy yorug‘ligini uning yorug‘lik kuchi (I) belgilaydi.
(3)
U bir birlik (steradian) fazoviy burchak () ichida sochilayotgan nurlanish oqimiga teng (1-rasm) va kandellalarda o‘lchanadi. Ma’lumki, fazoviy burchak (*).
B u yerda r –yoritkichning uzoqligi, S-undan kelayotgan nurlanish oqimiga tik o‘rnatilgan sirtning yuzasi. Agar (2) ga (3) dan F ni va (*) dan S ni topib qo‘ysak,
, (4)
1-rasm
Endi (4) ni (1) ga qo‘yamiz,
yoki . (5)
V A Z I F A
Quyosh yozgi tiniq osmonda bo‘lganda Yer yuzida (E) 100 000 lyuks yoritilganlik hosil qiladi. Yer atmosferasidan tashqarida (EA) Quyosh nurlariga tik qo‘yilgan ekranda esa 135 000 lyuks yoritilganlik hosil qiladi.
a) Quyoshning yulduziy kattaligini bilgan holda quyidagilar aniqlansin,
To‘lin Oy hosil qiladigan yoritilganlik;
Sirius hosil qiladigan yoritilganlik;
Kononus hosil qiladigan yoritilganlik;
Qutb Yulduzi hosil qiladigan yoritilganlik;
Elongatsiya paytida Venera (mv=-4m,28) hosil qiladigan yoritilganlik;
Qarama-qarshi turishda Yupiter (mv=-2m,6) hosil qiladigan yoritilganlik;
Qarama-qarshi turishda Saturn (mv=+0,7) hosil qiladigan yoritilganlik;
Qarama-qarshi turishda Uran (mv=+5,5) hosil qiladigan yoritilganlik.
b) Bir xalqaro sham (kandella) r=1 km uzoqlikdagi mv=0m.8) yulduziy kattalikka ega bo‘lishni bilgan holda quyidagi yoritgichlarning yorug’lik kuchi (I) hisoblansin.
Quyosh (mv=-26m 8);
To‘lin Oy (mv =-12m73);
Sirius (Katta Itning -si, mv =-1m58, =0.376, );
Konopus (Kilning -si, mv =-0m 86, =0.017, );
Qutb Yulduzi (mv =+2m 12, );
Elongasiya paytida Venera (mv =-4m 28, r=1a.b.);
Qarama-qarshi turishda Yupiter, r=apl-a;
Qarama-qarshi turishda Saturn.
c) Vizual nurlarda yorug‘likning mexanik ekvivalenti 1lm=0,00147 Vt va F=ES ni bilgan holda
Quyoshdan;
Oydan;
Siriusdan;
Kanopusdan;
Qutb Yulduzidan;
Elongatsiyadagi Veneradan;
Qarama-qarshi turishdagi Yupiterdan;
Qarama-qarshi turishdagi Saturndan kelayotgan va S=1m2 yuzaga tushayotgan nurlanish oqimining quvvatini hisoblang.
1-Laboratoriya ishi yuzasidan hisobot.
Yoritgichlarning asosiy fotometrik ko‘rsatgichlari
Yoritgichlar |
|
mv
|
E
(lk)
|
EA
(lk)
|
|
r
(km)
|
I
(kd)
|
|
Ф
(lm)
|
Quyosh
Oy
Sirius
Konopus
Qutb Yulduzi
Venera
Yupiter Saturn
Uran
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |