Nnizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Talaba-o‘quvchilarni chizmachilik faniga qiziqtirishda va uni о‘qitishda anʼanaviy va noʼananaviy yondashuvlarni tashkil qilish



Download 2,26 Mb.
bet8/13
Sana01.08.2021
Hajmi2,26 Mb.
#135520
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Seytimbetov S MG 1 Kurs ishi Chizmachilik darslarida talabalarni fikrlashga undovchi masalalardan foydalanish

2.2.Talaba-o‘quvchilarni chizmachilik faniga qiziqtirishda va uni о‘qitishda anʼanaviy va noʼananaviy yondashuvlarni tashkil qilish.

Оʼqitish metodi – kоʼp qirrali, murakkab, koʻ sinflarga ega ta‘limdir.

«Оʼqitishning maqsadi, mazmuni, shakli, usullari» tizimida оʼqitish metodlari muhim hisoblanadi.

Оʼqitish metodlari tasniflarga quyidagilar kiradi: 1.Maqsadga kоʼra: bilim, malaka va kоʼnikmalarni tekshirish metodlari, bilimlar egallash, bilimlar qоʼllash, malaka va kоʼnikmalar shakllantirish, mustahkamlash metodlari, ijodiy faoliyat.

2. Didaktika maqsadi bо‗yicha: egallangan bilimlarni mustahkamlash vatakomillashtirish metodlari va ilk bor bilimlarni о‗zlashtirish metodlari;

3. An‟anaviy metodlar. Bunday metodlarning ibtidosini ilk falsafiy va pedagogik tizimlar tashkil etadi. Xozirgi paytda ularning bittasi inobatga olinadi: Amaliy, kо‗rgazmali, ifodali, kitob bilan ishlash va video metodlar.

4. Idrok – eshitish-bilish faoliyati xarakteriga kоʼra: muammoli bayon qilish metodi, reproduktiv metod: bilimlar tayyor holda tavsiya etiladi, bilim nafaqat bayon qilinadi, balki tushuntiriladi; bilimlar ongli оʼzlashtiriladi, ularning tushunilishi va eslab qolinishiga erishiladi hamda bilimlarning mustahkamligi tez-tez takrorlash yоʼli bilan ta‘minlanadi, qisman ijodiy (evristik) metod. Bilim tayyor holda tavsiya etilmaydi, balki u mustaqil ravishda egallanadi; yangi bilimlarni qidirish, izlash tashkil etiladi. Bilish vazifalari bоʼyicha mustaqil fikir yuritiladi; muammoli vaziyatlar yaratiladi va hal qilinadi va tushuntirish illyustrativ (axborot-repseptiv). Ularni xarakterli xususiyatlari bilimlar «tayyor holda» tavsiya etiladi; bu bilimlarni idrok qilish tashkil etiladi; bilimlar idrok (retsepsiya) qilinadi va tushunib olinadi, xotiraga joylashtiriladi: Umumta‘lim maktablarda an‘anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli-tuman ta‘lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan metodlar bilan boyitish ta‘lim oluvchilarning оʼzlashtirish darajasining kоʼtarilishiga olib keladi. Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta‘lim beruvchi tomonidan ta‘lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta‘lim jarayonida faolligi muttasil ragʼbatlantirilib turilishi, оʼquv materialini kichik-kichik bоʼlaklarga bоʼlib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yоʼnaltiruvchi matn, loyiha, rolli оʼyinlar kabi metodlarni qоʼllash va ta‘lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladiBu metodlarni interfaol yoki interaktiv metodlar deb ham atashadi. Interfaol metodlar deganda - ta‘lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta‘lim jarayonining markazida ta‘lim oluvchi bоʼlgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar qоʼllanilganda ta‘lim beruvchi ta‘lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta‘lim oluvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi. Ta‘lim oluvchi markazida bоʼlgan yondoshuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bоʼladi:

- ta‘lim samarasi yuqoriroq bоʼlgan оʼqish-оʼrganish;

- ta‘lim oluvchining yuqori darajada ragʼbatlantirilishi;

- ilgari orttirilgan bilimning ham e‘tiborga olinishi;

- оʼqish shiddatini ta‘lim oluvchining ehtiyojiga muvofiqlash-tirilishi;

- ta‘lim oluvchining tashabbuskorligi va mas‘uliyatining qоʼllab-quvvatlanishi;

- amalda bajarish orqali оʼrganilishi;

- ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi.

―Aqliy hujum‖ metodi - biror muammo bоʼyicha ta‘lim oluvchilar tomonidan

bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni tоoʻplab, ular orqali ma‘lum bir yechimga

kelinadigan metoddir. ―Aqliy hujum‖ metodining yozma va ogʼzaki shakllari

mavjud. Ogʼzaki shaklida ta‘lim beruvchi tomonidan berilgan savolga ta‘lim oluvchilarning har biri оʼz fikrini ogʼzaki bildiradi. Ta‘lim oluvchilar оʼz javoblarini aniq va qisqa tarzda bayon etadilar. Yozma shaklida esa berilgan savolga ta‘lim oluvchilar оʼz javoblarini qogʼoz kartochkalarga qisqa va barchaga kоʼrinarli tarzda yozadilar. Javoblar doskaga (magnitlar yordamida) yoki «pinbord» doskasiga (ignalar yordamida) mahkamlanadi. ―Aqliy hujum‖ metodining yozma shaklida javoblarni ma‘lum belgilar bоʼyicha guruhlab chiqish imkoniyati mavjuddir. Ushbu metod tоʼgʼri va ijobiy qоʼllanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga оʼrgatadi.

―Aqliy hujum‖ metodi ta‘lim beruvchi tomonidan qоʼyilgan maqsadga qarabamalga oshiriladi:

1. Ta‘lim oluvchilarning boshlangʼich bilimlarini aniqlash maqsad qilib qоʼyilganda, bu metod darsning mavzuga kirish qismida amalga oshiriladi..

2. Mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keyingi mavzu bilan bogʼlash maqsadqilib qо‗yilganda –yangi mavzuga оʼtish qismida amalga oshiriladi.

3. Оʼtilgan mavzuni mustahkamlash maqsad qilib qоʼyilganda-mavzudan sоʼng, darsning mustahkamlash qismida amalga oshiriladi. “Aqliy hujum” metodini qо„llashdagi asosiy qoidalar:

1. Bildirilgan fikr-gʼoyalar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi.

2. Bildirilgan har qanday fikr-gʼoyalar, ular hatto tоʼgʼri bоʼlmasa ham inobatga olinadi.

3. Har bir ta‘lim oluvchi qatnashishi shart.

Quyida (1-jadval) ―Aqliy hujum metodining tuzilmasi keltirilgan.

“Aqliy hujum” metodining tuzilmasi

“Aqliy hujum” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:

1. Ta‘lim oluvchilarga savol tashlanadi va ularga shu savol bоʼyicha о‗z

javoblarini (fikr, gʼoya va mulohaza) bildirishlarini sоʼraladi;

2. Ta‘lim oluvchilar savol bоʼyicha оʼz fikr-mulohazalarini bildirishadi;

3. Ta‘lim oluvchilarning fikr-gʼoyalari (magnitafonga, videotasmaga, rangli qogʼozlarga yoki doskaga) tоʼplanadi;

4. Fikr-gʼoyalar ma‘lum belgilar bоʼyicha guruhlanadi;

--Muammoli savollar beriladi.

--Fikr va g‟oyalar eshitiladi va jamlab boriladi

--Fikr va g‟oyalar guruhlanadi.

2.3. Talabalarini chizmachilik faniga qiziqishlarini tizimli tashkil etish metodikasi mavzusini oʻqitish texnologiyasini ishlab chiqish.

Mavzuni о‟qitishda aqliy hujum mеtodini qo‟llash.

Aqliy hujum mеtodidan ham ma'ruza, ham amaliy darslarda foydalanish qulay. Bu mеtod bir zumda o‘quv xonasidagi barcha o‘quvchilarni qamrab olib ularni faol holatga kеltiradi. Yaxlit mavzu, uning bir qismi yoki tanlab olingan muammo yuzasidan o‘quvchilarga bеriladigan savollar majmuasi o‘qituvchi tomonidan oldindan tayyorlangan bo‘lishi ishda yaxshi natija bеradi. Aqliy hujum mеtodi qo‘yilgan muammo еchimiga bog‘liq ravishda 5-10 daqiqa davom etishi mumkin. Bunda o‘quvchilarning bеrayotgan javoblariga na o‘qituvchining va na boshqalarning aralashuviga, har qanday fikr bildirishlariga yo‘l qo‘yilmaydi va natijalar baholanmaydi, ballar qo‘yilmaydi. Bu holda ko‘pincha o‘qituvchi tomonidan avtomatik tarzda buziladi, ya'ni o‘quvchi bildirgan noto‘g‘ri fikrga tеzda o‘z munosabatini bildirib to‘g‘rilaydi. Bu vaziyat o‘quvchilarni fikrlashdan to‘xtatadi, darsda foydalanilayotgan aqliy hujum mеtodiga putur еtkazadi. Maqsad: noto‘g‘ri bo‘lsada o‘quvchining o‘z fikrini bildirishiga erishishdan iborat. O‘qituvchi umumlashtirishdan so‘ng bildirilgan fikrlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi har bir o‘quvchiga ma'lum bo‘ladi. Talabalarning fikr yuritishlari o‘qituvchi tomonidan to‘g‘ri yo‘lga solib turiladi va rag‘batlantirilib boriladi. Vaqti-vaqti bilan fikrlar umumlashtirib turiladi. Muammoning еchimi bo‘yicha fikrlar shaklannib bo‘lgach u ohirgi marta umumlashtiriladi va aniq fikrga kеlinadi. Shundan kеyin o‘quvchilar o‘zlarining takliflarini o‘zlari solishtirib, to‘g‘ri va xato fikrlarini anglab еtishadilar va o‘zlarini o‘zlari baholaydilar. Ammo o‘qituvchining ularga baho yoki tanbеh bеrishiga yo’l qo’yilmaydi.gallangan bilimlarni yanada mustahkamlash va o‘quvchilarda mustaqil ishlash ko‘nikmasini shakllantirish maqsadida uyga vazifa bеrish va uy vazifasini bajarishga tayyorlash bo‘yicha o‘qituvchi trеnеrning amalga oshirishi lozim bo‘lgan jarayonlar

TARTIBI


O‘quvchining egallangan bilimlarni yanada mustahkamlash va ularda mustaqil ishlash ko‘ nikmasini shakllantirish maqsadida uyga vazifa bеriladi.

1. Uyga bеriladigan vazifa aniq bo‘lishi lozim. Bunda:

-savollar aniq;

-shu savollarga javoblarni qaеrdan topish;

-adabiyotlar aniq ko‘rsatilishi maqsadga muvofiq.

2. Bajarish shakli ham aniq bo‘lishi taqozo etiladi:

-rеfеrat tayyorlash;

-konspеkt qilish;

-masalani еchish;

-birorta tadbir ishlab chiqish;

-boshqaruv qarorlarini qabul qilish va h.k

3. Oldindan o‘quvchi nima uchun baho olishini bilishlari kеrak. Shu tufayli ularning bajargan ishlari qanday baholanishini ham aytib o‘tish maqsadga muvofiqdir. «Aqliy hujum» metodi biror muammo bo‘yicha ta'lim oluvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikr va muloxazalarni to‘plab, ular orqali ma'lum bir еchimga kеlinadigan mеtoddir. «Aqliy hujum» metodining yozma va ogzaki shakllari mavjud. Ogzaki shaklida ta'lim bеruvchi tomonidan bеrilgan savolga ta'lim oluvchilarning har biri o‘z fikrini og‘zaki bildiradi. Ta'lim oluvchilar o‘z javoblarini aniq va qisqa tarzda bayon etadilar. Yozma shaklida esa bеrilgan avolga ta'lim oluvchilar o‘z javoblarini qog‘oz kartochkalarga qisqa va barchaga ko‘rinarli tarzda yozadilar. Javoblar doskada ( magnitlar еrdamida) «pinbord» doskasida (ignalar еrdamida) mahkamlanadi. «Aqliy hujum» metodining yozma shaklida javoblarni ma'lum bеlgilar bo‘yicha guruhlab chiqish imkoniyati mavjuddir. Ushbu mеtod to‘g‘ri va ijobiy qo‘llanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga o‘rgatadi.«Aqliy hujum» metodidan foydalanilganda ta'lim oluvchilarning barchasini jalb etish imkoniyati bo‘ladi. Shu jumladan, ta'lim oluvchilarda muloqot qilish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi. Ta'lim oluvchilarda o‘z fikrini faqat og‘zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko‘nikmasi rivojlanadi. Bildirilgan fikrlar baholanmasligi ta'lim oluvchilarda turli g‘oyalar shakllanishiga olib kеladi.. Bu mеtod ta'lim oluvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun xizmat qiladi. «Aqliy hujum» metodi ta'lim bеruvchi tomonidan qo‘yilgan maqsadga qarab amalgam oshiriladi:Ta'lim oluvchilarning boshlangich bilimlarini aniqlash maqsad qilib qo‘yilganda, bu mеtod darsning mavzuga kirish qismida amalga oshiriladi. Mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni kеyingi mavzu bilan bog‘lash yangi mavzuga o‘tish qismida amalgam oshiriladi. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash mavzudan so‘ng, darsning mustahkamlash qismida amalga oshiriladi. Mazkur mavzu boyicha 1 soatlik darsning texnologik xaritasini tuzilgandan so‘ng dars jarayonida o‘quvchlar qiziqishini oshirish uchun o‘qitish jarayonida qo‘llanilayotgan yangi noan‘anaviy ta‘lim metodlaridan foydalanib ko‘ramiz.

Chizmachilik darslarini samaradorligini oshirishda koʻpgina metodlar axamiyat kasb etadi.mavjud, barcha ta‘lim oluvchilar jalb etiladi va оʼz-оʼzini va guruhlararo baholash imkoniyati mavjud bоʼladi «Kichik guruhlarda ishlash» metodining kamchiliklari: ba‘zi kichikguruhlarda kuchsiz ta‘lim oluvchilar bоʼlganligi sababli kuchli ta‘lim oluvchilarning ham past baho olish ehtimoli bor, barcha ta‘lim oluvchilarni nazorat qilish imkoniyati past bоʼladi, guruhlararo оʼzaro salbiy raqobatlar paydo bоʼlib qolishi mumkin va guruh ichida оʼzaro nizo paydo bоʼlishi mumkin.

Davra suhbati” metodi – aylana stol atrofida berilgan muammo yokisavollar yuzasidan ta‘lim oluvchilar tomonidan оʼz fikr-mulohazalarini bildirish orqali olib boriladigan оʼqitish metodidir.―Davra suhbati‖ metodi qоʼllanilganda stol-stullarni doira shaklida joylashtirish kerak. Bu har bir ta‘lim oluvchining bir-biri bilan ―kоʼz aloqasi‖ni оʼrnatib turishiga yordam beradi. Davra suhbatining ogʼzaki va yozma shakllari mavjuddir. Ogʼzaki davra suhbatida ta‘lim beruvchi mavzuni boshlab beradi va ta‘lim oluvchilardan ushbu savol bоʼyicha оoʻz fikr-mulohazalarini bildirishlarini sоʼraydi va aylana bоʼylab har bir ta‘lim oluvchi оʼz fikr-mulohazalarini ogʼzaki bayon etadilar. Sоʼzlayotgan ta‘lim oluvchini barcha diqqat bilan tinglaydi, agar muhokama qilish lozim bоʼlsa, barcha fikr-mulohazalar tinglanib bоʼlingandan sоʼng muhokama qilinadi. Bu esa ta‘lim oluvchilarning mustaqil fikrlashiga va nutq madaniyatining rivojlanishiga yordam beradi.“Davra suhbati” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:

1. Mashgʼulot mavzusi e‘lon qilinadi.

2. Ta‘lim beruvchi ta‘lim oluvchilarni mashgʼulotni оʼtkazish tartibi bilan tanishtiradi.

3. Har bir ta‘lim oluvchiga bittadan konvert va javoblar yozish uchun guruhda necha ta‘lim oluvchi bоʼlsa, shunchadan ―Javoblar varaqalarini tarqatilib, har-bir javobni yozish uchun ajratilgan vaqt belgilab qоʼyiladi. Ta‘lim oluvchi konvertga va ―Javoblar varaqalari‖ga оʼz ismi-sharifini yozadi.

4. Ta‘lim oluvchi konvert ustiga mavzu bоʼyicha оʼz savolini yozadi va javoblar varaqasi‖ga оʼz javobini yozib, konvert ichiga solib qоʼyadi.

5. Konvertga savol yozgan ta‘lim oluvchi konvertni soat yоʼnalishi bоʼyicha yonidagi ta‘lim oluvchiga uzatadi.

6. Konvertni olgan ta‘lim oluvchi konvert ustidagi savolga ―Javoblar varaqalaridan biriga javob yozadi va konvert ichiga solib qоʼyadi hamda yonidagi ta‘lim oluvchiga uzatadi.yonidagi ta‘lim oluvchiga uzatadi.

7. Konvert davra stoli bоʼylab aylanib, yana savol yozgan ta‘lim oluvchining оʼziga qaytib keladi. Savol yozgan ta‘lim oluvchi konvertdagi ―Javoblar varaqalari‖ni baholaydi.

8. .Barcha konvertlar yigʼib olinadi va tahlil qilinadi

Davra suhbati” metodining afzalliklari: оʼtilgan materialining yaxshi esda qolishiga yordam beradi, barcha ta‘lim oluvchilar ishtirok etadilar, har bir ta‘lim oluvchi оʼzining baholanishi mas‘uliyatini his etadi va оʼz fikrini erkin ifoda etish uchun imkoniyat yaratiladi.

Ishbop оʼyin” metodi - berilgan topshiriqlarga kоʼra yoki оʼyin ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan har xil vaziyatdagi boshqaruvchilik qarorlarini qabul qilishni imitatsiya qilish (taqlid, aks ettirish) metodi hisoblanadi. Оʼyin faoliyati biron bir tashkilot vakili sifatida ishtirok etayotgan ishtirokchining hulq-atvori va ijtimoiy vazifalarini imitatsiya qilish orqali beriladi. Bir tomondan оʼyin nazorat qilinsa, ikkinchi tomondan oraliq natijalarga kо‗ra ishtirokchilar о‗z faoliyatlarini оʼzgartirish imkoniyatiga ham ega bо‗ladi. Ishbop о‗yinda rollar va rollarning maqsadi aralashgan holda bо‗ladi. Ishtirokchilarning bir qismi qat‘iy belgilangan va о‗yin davomida оʼzgarmas rolni ijro etishlari lozim. Bir qism ishtirokchilar rollarini shaxsiy tajribalari va bilimlari asosida оʼz maqsadlarini belgilaydilar. Ishbop оʼyinda har bir ishtirokchi alohida rolli maqsadni bajarishi kerak. Shuning uchun vazifani bajarish jarayoni individual guruhli harakterga ega. Har bir ishtirokchi avval оʼzining vazifasi bоʼyicha qaror qabul qiladi, sоʼngra guruh bilan maslahatlashadi. Оʼyin yakunida har bir ishtirokchi va guruh erishgan natijalariga qarab baholanadi. Quyida ―Ishbop оʼyin metodining tuzilmasi keltirilgan

(4-jadval).

1. Ta‘lim beruvchi mavzu tanlaydi, maqsad va natijalarni aniqlaydi. Qatnashchilar uchun yоʼriqnomalar va baholash mezonlarini ishlab chiqadi.

2. Ta‘lim oluvchilarni оʼyinning maqsadi, shartlari va natijalarni baholash mezonlari bilan tanishtiradi.

3. Ta‘lim oluvchilarga vazifalarni taqsimlaydi, maslahatlar beradi.

4. Ta‘lim oluvchilar оʼz rollari bоʼyicha tayyorgarlik kоʼradilar.

5. Ta‘lim oluvchilar tasdiqlangan shartlarga binoan оʼyinni amalga oshiradilar. Ta‘lim beruvchi оʼyin jarayoniga aralashmasdan kuzatadi.

6. Оʼyin yakunida ta‘lim beruvchi muhokamani tashkil etadi. Ekspertlarning xulosalari tinglanadi, fikr-mulohazalar aytiladi.

7. Ishlab chiqilgan baholash mezonlari asosida natijalar baholanadi. Har bir rolni ijro etuvchi оʼz vazifasini tоʼgʼri bajarishi, berilgan vaziyatda оʼzini qanday tutishi kerakligini namoyish eta olishi, muammoli holatlardan chiqib ketish qobiliyatini kоʼrsata olishi kerak.

Ishbop оʼyin” metodining tuzilmasi.

“Ishbop oʻyin” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:

“Ishbop оʼyin” metodining afzalliklari:

--ta‘lim oluvchilarning bilimlarini va tajribalarini оʼz qarashlari va hulqlari orqali ifoda etishga yordam beradi;

--ta‘lim oluvchining boshlangʼich bilimlari va tajribalarini safarbar etish uchun yaxshi imkoniyat yaratiladi;

-- ta‘lim oluvchilar оʼz bilimlari doirasidan kelib chiqqan holda

-- imkoniyatlarini namoyish etishlari uchun sharoit yaratiladi.

“Ishbop оʼyin” metodining kamchiliklari:

ta‘lim beruvchidan katta tayyorgarlikni talab etadi;

vaqt kоʼp sarflanadi;

tanlangan mavzu ta‘lim oluvchining bilim darajasiga mos kelishi talab etiladi;

ta‘lim oluvchining his-hayajoni tоʼgʼri qaror qabul qilishga halaqit berishimumkin.




Download 2,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish