Nizolarni boshqarish
Eng ideal holatda menejer nizolarni hal qilibgina (bartaraf etib) qolmasdan, ularni boshqara olishi ham lozim deb hisoblanadi.
Nizolarni boshqarish nizoli vaziyatni o‘zgartirish, zarurat tug‘ilganda esa umuman bartaraf qilishdan iborat. Nizoni hal etishning hal qiluvchi belgisi to‘qnashuvni, ya’ni nizo predmeti, maqsadi, ob’yektini bekor qilishdir
Nizoli vaziyatlarni boshqarishning bir qator samarali usullari mavjud. Ularni quyidagi yirik guruhga bo‘lish mumkin.
Tarkibiy – tashkiliy usullarga quyidagilar kiradi.
Ishga bo‘lgan talabni tushuntirish usuli. Bu usul disfunsional usulga mutlaqozid bo‘lib, bunda har bir xodim va bo‘limlardan qanday natija kutilishi tushuntiriladi.
Muvofiqlashtirish va integrasiyalash usuli. Bu usul og‘zaki buyruq (amr) zanjiri deb yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |