TUMAN MAKTABGACHA TA’LIM METODIKASI KABINETINING ISH MAZMUNI VA VAZIFALARI
Tuman maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetining sohaga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlar, Xalq ta’limi vazirligi, boshqarmalari va bo‘limlari tomonidan chiqarilgan qarorlar, farmoyishlar va boshqa hujjatlar asosida besh yilga mo‘jallangan istiqbol rejasi tuziladi.
Yillik rejada metodika kabinetining har bir o‘quv yiliga taalluqli faoliyati aks etadi.
Chorak va oylik rejalarida yillik reja belgilangan vazifalarning bajarilishi muddati aniq qayd etiladi.
Tuman maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetining yillik ish rejasi tumandagi uslubiy ishlarni bosqichma- bosqich, mazmunli tashkil etilishini ta’minlash kerak. Bunda asosiy e’tibor o‘quv, ta’lim-tarbiya yo‘nalishidagi faoliyatini o‘rganish, maktabgacha ta’lim muassasalarida uslubiy ishlarni tashkil etish va takomillashtirib borish, mudira, uslubchi, tarbiyachilarga o‘quv faoliyati, mehnat, estetik, musiqa tarbiyasi bo‘yicha uslubiy yordam ko‘rsatish muassasalarda kasalliklarning oldini olish va pro- filaktikasini yo‘lga qo‘yish, yasli va aralash guruhlarda, shuningdek, bolalar soni kam bo‘lgan muassasalar faoliyatini ilmiy-uslubiy jihatdan to‘g‘ri va samarali tashkil etish kabi masalalarning bajarilishiga qaratiladi.
Rejada maktabgacha ta’lim muassasalarini maqsadli, birlamchi yoki tizimli tekshirish tadbirlari alohida o‘rin tutadi. YUqorida ta’kidlanganidek, tekshiruv shakli uning maqsadi va mazmuniga bog‘liq. Bunday tadbirlar maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati bilan tanishish, ularda kechayotgan jarayonlardan doimo xabardor bo‘lib turishni ta’minlaydi. Ta’kidlash joizki, tekshiruv rejasi barcha muassasalarni qamrab olishi kerak.
Rejada maktabgacha ta’lim muassasalari soni va nomi ko‘rsatiladi.Xulosa qilib aytganda, tuman maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetining asosiy vazifasi — pedagogika va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida erishilgan yutuqlarni, ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish, umumlashtirish va tahlil qilish asosida maktabgacha tarbiya muassasalarining kundalik faoliyatiga doir yutuq va taj- ribalar, yangi ishlanma va texnologiyalarni joriy etish borasida amaliy uslubiy yordam berishdan iborat.
Bu o‘rinda tuman Xalq ta’limi bo‘limi tomonidan tavsiya etilgan bilimli, tajribali va ilg‘or pedagoglarning uslubiy birlashmalar, seminar mashg‘ulotlari, ma’ruzalar va boshqa anjumanlarni tapgkil etish borasidagi sa’yharakatlari maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |