Nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti


XXI-BOB: MUDIRA MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASINING RAHBARI. MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI USLUBCHISINING METODIK ISHLARGA RAHBARLIGI



Download 4,39 Mb.
bet241/314
Sana29.12.2021
Hajmi4,39 Mb.
#84355
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   314
Bog'liq
МАКТАБГАЧА ПЕДАГОГИКА. 2018 .

XXI-BOB: MUDIRA MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASINING RAHBARI. MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI USLUBCHISINING METODIK ISHLARGA RAHBARLIGI

Mudira tashkilotchi, ma’muriyatchi, yuqori malakali


pedagog va unga qo‘yilgan talablar

Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom

va shaxsiy javobgarlik-Har bir rahbar

faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak.

O’zbekiston Respublikasi Prizedenti Shavkat Mirziyoyev
Maktabgacha ta’lim muassasasi - murakkab tarmoq bo‘lib, mudiraning undagi roli, faoliyati ko‘p qirralidir. Mudira - maktabgacha ta’lim muassasasining tashkilotchisi, rahbari, malakali pedagog, uning faoliyati maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni komil inson qilib tarbiyalash vazifalarini to‘laqonli xal etishga qaratilgan. U maktabgacha ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiyaviy, pedagogik va gigienik talablarga muvofiq ravishda amalga oshirilishi uchun zarur lozim-sharoitlarni ta’minlaydi. O‘z jamoasida ishchanlik, maqsadga qaratilgan inoqlik vaziyatini yaratadi. Ularga umumiy rahbarlik qiladi. Mudira o‘z ishida davlatimiz va Xalq ta’limi vazirligi tomonidan qabul qilingan qaror, qonunlarga amal qiladi va o‘z ustida ijodiy ravishda ishlashni amalga oshiradi. Yuksak onglilik va siyosiy yetuklik, tamoyillilik, o‘ziga va qo‘l ostidagilarga talabchanlik – bu mudiraga qo‘yiladigan asosiy talablardir.

Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi muassis tomonidan tashkil etiladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Davlat organlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda qonun hujjatlariga muvofiq davlat maktabgacha ta’lim muassasasining muassislari bo‘lishi mumkin.

Davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga bevosita rahbarlik qilish O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishilgan holda tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari hamda Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi tomonidan tayinlanadigan mudir tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri bilan mehnat shartnomasi bir yil muddatga tuziladi.

Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri lavozimiga qo‘yiladigan malaka talablari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.

Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri:

davlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;

bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish hamda ta’lim-tarbiya jarayonining samarali tashkil etilishini ta’minlaydi;

davlat maktabgacha ta’lim muassasasi nomidan faoliyat ko‘rsatadi va barcha tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi;

davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mol-mulkini o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida tasarruf etadi;

davlat maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlarini mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq ishga qabul qiladi va ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qiladi;

davlat maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlarini moddiy va ma’naviy rag‘batlantiradi, ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llaydi;

o‘z vakolatlari doirasida buyruqlar chiqaradi;

davlat maktabgacha ta’lim muassasasining faoliyatini takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishni ta’minlash bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limiga kiritadi;

davlat maktabgacha ta’lim muassasasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, jihoz, o‘quv-metodik qo‘llanmalar va multimediali vositalar bilan ta’minlash ishlarini tashkil etadi;

davlat maktabgacha ta’lim muassasasining moliya-xo‘jalik faoliyatiga javob beradi.

Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish, maktabgacha ta’limning innovatsion shakllarini rivojlantirish maqsadida pedagogik kengash faoliyat ko‘rsatadi. Pedagogik kengash a’zolarini saylash tartibi va uning vakolatiga kiradigan masalalar davlat maktabgacha ta’lim muassasasi ustavida belgilanadi.



Download 4,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish