Tayanch tushunchalar:
Estetik tarbiya – bu ta’lim oluvchilarda estetik his-tuyg‘u, estetik didni tarbiyalash, ularni ijodiy qobiliyatlarini taraqqiy ettirish, estetik madaniyatni shakllantirishdir.
Estetik g‘oya manbalari –estetik idrok, ishonch va talab kabilardir.
Estetik his – insonni o‘rab turgan muhitga munosabatining asosiy shakli bo‘lib, hayot haqiqatini o‘zlashtirishning asosiy bosqichidir.
Nazorat uchun savollar:
1. Estetik va badiiy tarbiya tushunchalarini mazmunini ochib bering.
2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni estetik tarbiyalash vazifalarini asoslab bering.
3. Maktabgacha yoshdagi bolalarni estetik tarbiyalash vazifalari qay mazmunda hal etilishini ochib bering.
4. Maktabgacha yoshdagi bolalarni estetik tarbiyalash vositalaridan har tomonlama foydalanish zarurligini isbotlab bering
5. Estetik tarbiyaning metodlarini yoriting?
Do'stlaringiz bilan baham: |