Dasturning mazmuni quyidagi tamoyillarga tayanadi:
maktabgacha ta’limning davlat va jamiyat talablariga mosligi;
maktabgacha ta’limning demokratikligi;
bola shaxsiga yo‘naltirilganligi;
bolani sog‘lomlashtirishga qaratilganligi;
bolaning qobiliyati, ehtiyoji, imkoniyatiga mosligi;
maktabgacha ta’limda o‘yin faoliyatining etakchiligi;
maktabgacha ta’limning insonparvarligi;
maktabgacha ta’limning ijtimoiy turmush bilan mosligi;
maktabgacha ta’limning oila va boshlang‘ich ta’lim bilan uzviyligi.
Dastur quydagi tamoillarga tayanadi:
maktabgacha ta’limning davlat va jamiyat talablariga mosligi;
maktabgacha ta’limning demokratikligi;
bola shaxsiga yo‘naltirilganligi;
bolalarni sog‘lomlashtirishga qaratilganligi;
bolalarning qobiliyati, ehtiyoji, imkoniyatiga mosligi;
maktabgacha ta’limda o‘yin faoliyatining yetakchiligi;
maktabgacha ta’limning insonparvarligi;
maktabgacha ta’limning ijtimoiy turmush bilan mosligi;
maktabgacha ta’limning oila va boshlang‘ich ta’lim bilan uzviyligi.
Dastur asosida bolalarda quydagi shaxsiy sifatlar:
ijodkorlik, tasavvur, zukkolik;
mustaqil fikrlash layoqatiga ega bo‘lish;
muammolarni aniqlash va ularni hal etish yo‘llarini topish;
jamiyat, mamlakatlar, atrof-muhit muammolariga befarq qaramaslik – shakllantirilishi lozim.
Dastur quyidagi omillarga asoslanadi:
davlat va jamiyat boshqaruvini erkinlashtirish va uning barkamol shaxsga bo‘lgan munosabatning kuchayganligi;
erkin fuqaro ma’naviyatining shakllanishi;
milliy urf-odatlar va tarixiy xotira, o‘zlikni anglash tuyg‘usi rivojlanayotganligi;
milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg‘usini shakllanayotganligi
Mazkur dasturda maktabgacha yoshdagi davr quydagi bosqichlardan tashkil topadi:
go‘daklik (1 yoshgacha), bu o‘z navbatida tug‘ilgandan 0-6 oylikkacha va 6-12 oy bo‘lgan yosh davrlaridan iborat
ilk yosh davri ikki bosqichda amalga oshiriladi: 1-2 yosh va 2-3 yosh davrlari;
kichik yosh (3-4 yosh);
o‘rta yosh (4-5 yosh);
katta yosh (5-6 yosh);
maktabga tayyorlov davri (6-7 yosh).
Bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlashning quydagi yo‘nalishlari metodologik asos bo‘lib hisoblanadi, bular:
bolalarni jismoniy rivojlantirish, o‘z-o‘ziga xizmat va gigiena;
bolalarni ijtimoiy-hissiy rivojlantirish;
bolalarning nutqi, o‘qish va savodga tayyorgarligi;
bolalarning bilish jarayoni, atrof-olam to‘g‘risidagi tasavvurga ega bo‘lishi va uni anglash kabi ta’lim tarbiyaviy vazifalar kiritilgan;
Dasturning bolalarni jismoniy rivojlantirish, o‘z-o‘ziga xizmat va gigiena yo‘nalishi bo‘lishi;
Bolarning rivojlanish hususiyatlari yosh davrlar bo‘yicha
(tug‘ilgandan-7 yoshgacha); yoritilib, har yosh davrga ta’rif beriladi, bolalarni jismoniy rivojlantirishning asosiy shartlari yoritilgan.
Jismoniy rivojlanish jarayoniquydagi bosqichlarga bo‘linadi;
Yirik motorikani rivojlantirish
Mayda motorikani rivojlantirish
Sensomotorikani rivojlantirish
Yirik motorikani rivojlantirishga – asosiy harakatlarni mashq
qildirish, yurish-yugurish, tashlash-ilb olish va irg‘itish, emaklash va emaklab yurish, tirmashib chiqish, muvozanat saqlash, dumalatish, sakrash umumrivojlantiruvchi mashqlardan – qo‘llar va yelka kamari, oyoqlar, gavda uchun, saflanish va katta saflanish, suzish, velosipedda uchish, o‘z tana a’zolarini boshqarishga o‘rganadi.
Mayda motorikani rivojlantirish – bunda bola biron-bir faoliyatni
yanada aniqroq bajarish (ushlash, ochish, yonish, qirqish, bo‘lish) uchun o‘z qo‘llari va barmoqlarini ishlatish va ulardan foydalanish malakasiga ega bo‘ladi.
Sensomotorikani rivojlantirish – uncha katta bo‘lmagan tekislikda
koptokni dumalatish, uni oldingga, yuqoriga irg‘itish, o‘z xatti-harakatlarini boshqarish uchun sezgi organlaridan (ko‘rish, eshitish, qo‘l bilan xis etish, xid bilish) foydalaniladi.
Shuningdek chiniqtirish va sog‘lomlashtirish
Ertalabki gigienik badan tarbiya mashqlari
Chiniqtirish tadbirlari
Ochiq xavodagi sport o‘yinlari
Sakrab o‘ynaladigan, irg‘itib ilib olish, osqichdan o‘tish va tirmashib chiqish, ermak, o‘zbek xalq harakatli o‘yinlari kiritilgan.
Gigiena: shaxsiy gigiena, uxlash, ovqatlanish gigienalarga bo‘linadi.
Madaniy-gigienik ko‘nikmalarni egallash va o‘ziga-o‘zi xizmat qilish qoida va talablari,
Do'stlaringiz bilan baham: |