Maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya ishlariga rahbarlik qilish.
O‘yin faoliyatini kuzatish va tahlil qilish juda murakkab ish. Bu o‘yinning maktabgacha yoshdagi bola shaxsini rivojlantirishdagi alohida ahamiyati, maktabgacha ta’lim muassasasida olib boriladigan ta’lim-tarbiya jarayonida olib boriladigan o‘rni, o‘yin turlarining xilma-xilligi va ularni rivojlantirish xususiyatldari bilan bog‘liqligi tufaylidir.
Bu xususiyatlarni yaxshi bilish o‘yin faoliyatini chuqur tahlil qilishni va mudira tomonidan tarbiyachilarga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatishni ta’minlaydi. Bolalarning o‘yinlari xilma-xilligi bilan farqlanadi. U maktabgacha bo‘lgan butun bolalik davrida mazmuni, uyushtirilishi, o‘yinda bolaning faolligini namoyon qilish xarakteriga ko‘ra, ularning bolalarga ko‘rsatadigan ta’siri va nihoyat kelib chiqishiga ko‘ra katta o‘zgarishlarni boshidan kechiradi.
Mudira ishni o‘yin turlarini tanlashga qaratadi. Mashg‘ulotdagi didiktik o‘yinlar syujetli-rolli, qoidali, harakatli, musiqaviy didaktik o‘yinlari, stol ustida o‘ynaydigan o‘yinlar, tinch o‘yinlar va ijodiy o‘yinlar tarbiyachi tomonidan rejalashtirishning maqfsadliligiga, ularga rahbarlik darajasini nazorat qilib borib, tajriba asosida tarbiyachiga metodik-amaliy maslahatlar berdi. Turli yosh guruhlardagi o‘yin tizimini “Bolajon” dastur asosida ishlab chiqadi va o‘yin jarayonini kuzatish jadvalini tuzadi.
O‘yin faoliyatining paydo bo‘lishi va rivojlanishi uchun sharoitlarning ta’minlanganligi (o‘yin uchun berilgan vaqtning yetarliligi, o‘yin faoliyatini kengaytirish uchun joyning, zarur o‘yinchoq va qo‘llanmalarning mavjudligi va kabinetda ularni to‘g‘ri joylashtirilishi, bolalarni taassurotlar bilan boyitish va yaxshi kayfiyatlari);
O‘yin faoliyatiga rahbarlik metodikasi-bolalarning emotsional ijobiy holatlarini qo‘llab-quvvtlash va yaxshilashga yo‘llangan metod va usullar, o‘ynovchilarning faolligini ta’minlash, faoliyatning bir turidan ikkinchisiga o‘z vaqtida o‘tish, bunga qanday metod va usullar bilan erishiladi? O‘yin faoliyatini uzaytirish va murakkablashtirish, bolaning ilk yoshida o‘yindan uning nutqini tushunishni rivojlantirish va faolligini tarkib toptirish maqsadlarida foydalanish, ijobiy o‘zaro munosabatlar va boshqa axloqiy sifatlarni tarbiyalash.
Mudira o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi.
O‘yinni faoliyat tarzida rivojlantirish;
O‘yindan bolalarga ta’lim-tarbiya berishda foydalanish.
Guruhda to‘laqonli o‘yinlarning rivojlanishi uchun sharoitlar yaratilishiga:
a) tarbiyachining o‘yin qobiliyatlariga rahbarlik qilishi;
b) o‘yin muhitini yaratish;
v) kundalik kun tartibida o‘yin uchun vaqtning yetarliligiga alohida e’tibor berib bordi.
Tajriba shuni ko‘rsatdiki, bolalarningt o‘yin jarayonidagi hatti- harakatlari, ularning katta yoshlilarga taqlid qilish istagidan dalolat beradi. Bolaning o‘yini odamlarning hatti-harakatlari, hulq-atvori, o‘zaro munosabatlarini o‘yin roli vositasida ijodiy aks ettirishdan iborat bo‘ldi.
g) ota-onalar jamoatchiligi bilan ish uslublari.
Mudiraning jamoatchilik va maxalla qo‘mitasi bilan ish metodlari quyidagi tarzda amalga oshiriladi:
Ota-onalar va jamoatchilik uchun anjumanlar.
Ota-onalar universitetlari. Bunda oila markazidan vakil, yetuk olimlar, xalq ta’limi bo‘limi xodimlari va barcha ota-onalar ishtiroq etadilar. Ota-onalar universitetning asosiy maqsadi Davlat va jamiyatimiz tomonidan oila va bolalar tarbiyasiga masalalari va kamchiliklarini, muammolarini xal etishdan iborat.
Mudira tashkiliy tegishli maktab bilan aloqa o‘rnatib bir yilga mo‘ljallangan reja asosida ish ko‘radi. Ushbu reja asosida muassasaning asosiy vazifalari, maktab tomonidan amalga oshiriladigan tadbiriy choralar, bolani maktab ta’limiga tayyorlash, lotin alifbosida o‘qish, yozishni mukammal o‘rganish va bunda mudira hamda maktab direktorining vazifalari belgilanadi.
a) ma’muriy xo‘jalik faoliyat - bunda reja kontingenti bo‘yicha bolalarni joylashtirish, maktabgacha ta’lim muassasasi dasturining maktabgacha ta’lim tizimisida belgilangan harajatlarni o‘z vaqtida joy-joyiga qo‘yib ishlatishni tashkil etish, bolalarni ovqatlantirishni to‘g‘ri tashkil etish, yozgi sog‘lomlashtirish mezonlarini tashkil etish, hizmat qiluvchi xodimlarni to‘g‘ri joylashtirish va ishlash malakalarini oshirish, mehnatni ratsional ravishda tashkil etishdan iborat.
b) dastur talablarining bajarilishiga mudiraning rahbarligi va nazorati.
O‘quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish, maktabgacha ta’limning innovatsiya shakllarini rivojlantirish maqsadida maktabgacha ta’lim muassasasida Pedagoglar kengashi faoliyat ko‘rsatadi. Pedagoglar kengashi a’zolarini saylash tartibi va uning vakolatiga kiradigan masalalar maktabgacha ta’lim muassasasi ustavida belgilanadi.
Maktabgacha ta’lim muassasasiga bevosita rahbarlik qilish mudira tomonidan amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim muassasasi mudirini ishga qabul qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Uzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
-Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri bilan mehnat lozimnomasi bir yi l muddatga tuziladi.
- Maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri lavozimiga O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |