Trilobitlar kenja tipi bo‘g‘imoyoqlilarning qazilma holdagi tuzilishi nihoyatda sodda bo‘lgan dengiz hayvonlari bo‘lib, kembriy davr yetkaziqlardan to paleozoy erasining oxirigacha yashagan. Trilobitlar halqali chuvalchanglarga ko‘p jihatdan o‘xshash. Gavdasi bosh va segmentlardan tuzilgan tanadan iborat. Tanasi gomonom bo‘g‘imli. Bosh qalqoning ustida bir juft murakkkab ko‘zlar bor. Trilobitlarning boshi halqali chuvalchanglar prostomiumi, boshdagi parragi bo‘g‘imoyoqlilarning boshdagi oldingi segmentga mos keladi. Bosh bo‘limining tuzilishi bilan trilobitlar bo‘g‘imoyoqlilarga nisbatan halqali chuvalchanglarga yaqin turadi. Trilobitlarning oyoqlari o‘rmalash, nafas olish, oziqni ushlash va uni maydalash funksiyasini bajargan. Trilobitlar ayrim jinsli, metamorfoz orqali rivojlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |