Nizomiy nomidagi



Download 439,42 Kb.
bet142/152
Sana06.01.2022
Hajmi439,42 Kb.
#321248
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   152
Bog'liq
Ортиқова Л ORGANIK OLAM RIVOJLANISHI MAJMUA-2020

27-Mavzu: Akselratsiya
Akseleratsiya — tez o‘sishni bugungi kun bolalarining muammosi deyishadi. U qanday paydo bo‘ladi va agar shu holat kuzatilsa, ota-onalar nima qilishlari kerak?

 Baland bo‘yli, qo‘l-oyoqlari uzun yosh yigit tiqilinch avtobusga chiqishga harakat qiladi. Ko‘rinishidan unga 17 yoshdan kam bermaysiz, aslida esa uning hali pasporti ham yo‘q. Kimdir bunday xususiyatni yaxshi deb hisoblashi mumkin, bolalarning o‘zlari esa ko‘pincha bundan aziyat chekishadi.

Tez rivojlanish — bu hamisha sog‘liq bilan bog‘liq muammolar va bir talay “o‘smirlik” tashxislari. To‘qimalar tez o‘sayotgan skeletning ketidan o‘sib ulgurmaydi va shu sabab, gipertoniya, vegetotomir distoniyasi, buyrakusti bezlarining yetarlicha ishlamasligi, allergik reaksiyalar kabi qator kasalliklar kelib chiqadi. Ammo bolalar akseleratsiyasi faqat tibbiyot masalasi emas, u ruhshunoslar va pedagoglar, ijtimoiy xodimlar, yuristlar hamda hatto bolalar poyabzali va kiyimlari ishlab chiqaruvchilarini ham o‘ylantiradi.

Akseleratsiyaga umumiy moyillik so‘nggi yillarda butun dunyoda kuzatilmoqda. Bolalar o‘zlarining bir necha avlod avvalgi tengdoshlaridan baland, vaznlari og‘ir bo‘lib bormoqda. Bu o‘zgarishlarning hammasi bola hali go‘dakligida boshlanib, o‘smirlik davrida rivojlanishning eng yuqori cho‘qqisiga yetadi. Tarixga murojaat qiladigan bo‘lsak, akseleratsiyaning ko‘plab misollarini topish mumkin: buning uchun avvallari o‘n uch yoshda turmushga chiqib, o‘ttiz yoshda buvi bo‘lishganini eslashning o‘zi kifoya. Ko‘rinib turibdiki, tez ulg‘ayish yangi muammo emas.

Bolalar akseleratsiyasi bo‘yicha tadqiqotlar ko‘p, ammo ularning birontasi ham isbotli javobni bermayapti. Ba’zi olimlar bunda iqlimiy sharoitlarning o‘zgarishi va yomon ekologiyani ayblashmoqda. Bu bilan shaharlik o‘smirlarning qishloqdagi tengdoshlariga nisbatan tez rivojlanishining sababini tushuntirish mumkin. Boshqalar esa uning sababini hayot hamda tibbiy xizmat sifatining yaxshilanishida ko‘rishmoqda. Yana boshqalar bolalar kimyoviy moddalar bilan to‘ldirilgan yomon mahsulotlar tufayli tez o‘sishmoqda, deb hisoblashmoqda.

Haqiqatan ham, zamonaviy bolalar ko‘p ovqatlanishib, yog‘ bosishi muammosiga erta duch kelishmoqda. Bugungi kunda go‘sht gormonlar va antibiotiklarga, sabzavotlar pestitsidlarga boy, shokolad batonchalari tarkibida sun’iy qand va ta’mni kuchaytiruvchi moddalar ko‘p bo‘lib, ular bola organizmiga insulin bombasi kabi ta’sir ko‘rsatadi. Bu ro‘yxatga o‘smirlar yaxshi ko‘radigan geni o‘zgartirilgan mahsulotlardan tayyorlangan fastfudlarni qo‘shadigan bo‘lsak, bola organizmidagi o‘zgarishlarga ajablanmasak ham bo‘ladi.

“Bolaning bo‘yi baland bo‘lsa, buni nimasi yomon?” dersiz. Ammo tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, fiziologik me’yorning bir yilga oshishi aqliy rivojlanishning ikki yilga ortda qolishiga olib keladi.

Fiziologik akseleratsiya bilan birga ruhiy akseleratsiya ham mavjud. Bunda bolaning bo‘yi va vazni me’yorga mos keladi, ammo uning gaplari, fikrlashi yoshidan ancha katta ko‘rinadi. Bu toifadagi bolalar rostdan ham kattalar kabi falsafiy fikr yuritadi. Ular hayot muammolarini juda erta anglab, tez katta bo‘lishadi.

Bolaning doimiy ziqlikda bo‘lishi, gadjetlarga qiziqishi, yo‘rgakdaligidan rivojlantirishning boshlanishi ruhiy akseleratsiyaning sabablaridir. Kichkintoyning bolaligi yo‘q, lekin sport to‘garagida, maktab olimpiadalari va tanlovlarda muvaffaqiyatga erishgan, shu bilan birga erta nevroz va qator somatik kasalliklarni ham orttirgan. Bola katta bo‘lishga, vaziyatga moslashishga majbur bo‘ladigan sharoitda o‘sadi, hayotida murakkabliklar ko‘p paydo bo‘ladi. Ularni ota-ona yordamisiz o‘zi yengishiga to‘g‘ri keladi…

Farzandingiz bolalikning gashtini surishiga, rostdan ham bola bo‘lishiga imkon bering, uni o‘z muammolaringizga sherik qilmang. Balog‘at yoshida tarbiyaning pand-nasihat usulidan kamroq foydalaning. Chunki bu unga aks ta’sir qilishi mumkin. O‘smirning energiyasini yaratuvchilik oqimiga — sport, ijod bilan shug‘ullanishga yo‘naltirishga harakat qiling.





Download 439,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish