Nizomiy nomidagi


Magistrlar bilimini sinash uchun savol va topshiriqlar



Download 439,42 Kb.
bet106/152
Sana06.01.2022
Hajmi439,42 Kb.
#321248
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   152
Bog'liq
Ортиқова Л ORGANIK OLAM RIVOJLANISHI MAJMUA-2020

Magistrlar bilimini sinash uchun savol va topshiriqlar

1. Odamsimon maymunlarning kelib chiqishi haqida ma’lumotlar bering.

2. Odamsimon maymunlar qaysi oilalarni o‘z ichiga oladi?

3. Genetik nuqtai nazardan qaysi odamsimon maymun odamga yaqin?

4. Primatlarning hasharotxo‘rlardan kelib chiqqanligini izohlang.

19-mavzu: Qazilma xolda topilgan maymunlar suyaklari va ularning tasnifi

Tayanch tushunchalar va bilimlar: odam paydo bo‘ishi to‘g‘risidagi qarashlar, odamning yaratilishi, odamning tabiiy yo‘l bilan kelib chiqqanligi to‘g‘risidagi qarashlar, odam va hayvonlar tuzilishidagi farqlar, o‘xshash tomonlar, odamning hayvonlar sistemasida tutgan o‘rni.
Odamning paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi muammo odamlarni qadimdan boshlab qiziqtirib kelgan va hozir ham qiziqtirayotgan muammo hisoblanadi. Bu muammoni hal etishda diniy qarashlar bilan ilmiy qarashlar orasida qadimdan bir- biriga zid fikrlar bildirilgan.

Odamni ollox yaratganligi to’g’risida diniy kitoblarda ta’kidlangan qarash bilan birgalikda eramizdan oldin va keyin yashagan tabtatshunos olimlar odam tanasining tuzilishini umurtqali xayvonlar tana tuzilishi bilan o’xshashligini va shunga asoslanib dastlabki odamlar hayvonlardan kelib chiqqanligini ta’kidlaganlar.

Qadimgi Misrda Xnum degan xudo odamni kulol charxida loydan yasagan, degan fikr keng tarqalgan. Yunonistonda esa, odamlarni Zeva loydan yasagan, donolik xudosi Afina unga hayot baxsh etgan, deb hisoblashgan. Yahudiy, xristianlarning muqaddas kitoblari bo‘gan Injil, Tavrotda hamda musulmonlarning muqaddas kitobi Qur’oni Karimda ham, dastlabki Odam otani xudo loydan yasab, so‘ngra unga jon ato qilganligi ta’kidlanadi. Masalan Qur’oni Karimning 1) “Xijr” surasi 26-oyatida, biz insonni (odamning asli) qora balchiqdan bo’lib odam surati berilgach quritilgan loydan yaratganmiz Bunday qayt shu suraning 28—29 oyatida yana takrorlanadi. Al –Asro surasini 61 oyatida Faqat iblis kibru – xavo bilan “Sen loydan yaratgan kimsaga sajda qilurmanmi” deydi. Xaj surasi 5 oyatida “biz sizga olloxning qudratini bayon qilish uchun sizlarni (ya’ni otangiz Odamni tuproqdan, so’ngra shakllanib bitgan, bitmagan parcha go’shtdan yaratdik”. 332-bet. 2) Mu’minun surasi 12 oyatda Biz insonni (Odamni loyning sarasidan yaratdik) 342-bet. Rum surasi 54 oyat Ollox shunday zotdirki sizlarni zaif narsadan (bir tomchi suvdan yaratdi...) 410 bet. 3) Sajda surasi g’oyat barcha narsani chiroyli qilib yaratgan Insonni yaratishni (ilk bor) loydan boshladik. So’ngra uning naslini xakir bir suvdan iborat nutf (manim) paydo qildik. So’ngra uni bitkazib, ichiga O’z (mulkidan) ruxidan kiritdik. Sizlar uchun quloq, ko’z, yuraklarni paydo qildik. 415 bet. Fatir surasi 11 – oyat Allox sizlarni (Odamni) tuproqdan, so’ngra uning naslini ..... yaratib. Keyin sizlarni juft-juft (erkak - ayol) qilib qo’ydi. Zumar surasi 6-oyat (U) sizlarni bir jondan Odamdan yaratdi, so’ngra undan juftini (xavvoni) paydo qildi... 459 bet. G’afir surasi 67-oyat U sizlarni (Odamni tuproqdan) so’ngra avlodlarni nutfdan, so’ngra laxta qondan yaratgan zotdir. Toriq surasi 5 oyat bas, inson o’zini nimadan yaratilganiga bir boqsin 6 oyat (U) otlib chiqqan bir suvdan yaralgan 7oyat U suv esa esa otani nujut kamari va onani ko’krak suyagidan chiqan. 2) Shu sura 282 oyatida hamoim – masnun, ya’ni qonunga bo‘ysunuvchi, shakl beriluvchi 3) Al isro surasi 61- oyatida tiyn – Laa, tuproq, balchiq, yer 4) Xamj surasi 6- oyatida tuproqdan – chang, kul 5) Shu oyatda yana nuftadin – toza suv, urug‘, maysa shu oyatda alohida ivigan qon ivish xususiyatiga ega suyuqlik. Zulk 7) Mo‘min surasi 14- oyatda Muzg‘ayodan bir bo‘lak etdan paydo bo‘lgan degan yetti xil fikr berilgan.

Bu tushunchalar odam tanasining yaratilishiga taaluqlidir. Lekin A’raf surasining 11-oyatida Olloh nomidan odamlarga qarata shunday deyilgan: “Aniqki, biz sizlarni yaratdik, so‘ng sizlarga su’rat berdik”. Bundan ko‘rinadiki, Olloh avval odamlarning ruhini yaratgan, so‘ng har bir ruhga su’rat, jism ato etgan.

Bunday diniy qarashlar bilan bir qatorda eramizdan oldin yashagan olimlar va undan keyingi tabiatshunos olimlar odamning tana tuzilishi umurtqali hayvonlarga o‘xshash ekanligini aytib o‘tganlar va ularga asoslanib, antik dunyo olimlari Anaksimandr, Anaksimen odam hayvonlardan kelib chiqqan, degan fikrni ilgari surganlar. (Ye.A. Vselsev Darvinizm).

Odam gavda tuzilishining hayvonlarga o‘xshashligini va odamlar hayvonlardan kelib chqqanligini Abu Nasr Forobiy ham ta’kidlagan. Abu Rayhon Beruniy odamlarning rangi, qiyofasi, tabiati va axloqining turlicha bo‘lishi tuproq, suv, havo va odamlar yashab turgan muhit sharoitiga bog‘liq, deydi.

Odamning paydo bo‘lishi muammosini hal etishda evolyutsion ta’limotning asoschisi Ch. Darvining xizmatlari benihoya kattadir. U o‘zining 1859-yili nashr qilingan “Turlarning kelib chiqishi” asarida odamning kelib chiqishi va tarixini yoritib berishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o’tadi. U shu bilan chek-lanmagan, 1871-yili “Odamning paydo bo‘lishi va jinsiy tanlanish” degan mashhur asarini yozdi. U bu asarida odamning paydo bo‘lishi alohida hodisa bo‘lmay, balki hayvonot dunyosining tarixiy taraqqiyoti natijasi, degan fikrni ilgari suradi. U odamlarning hayvonlarga o‘xshashligini chog‘ishtirma anatomiya, embriologiya, paleontologiya dalillari asosida isbotlab berdi.


Download 439,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish