Alohidalanishning belgilar jamlanishiga ta’siri.
1. Antropologlarning ta’kidlashicha, ibtidoiy jamoaning shakllanish jarayonida uzoq vaqt kam sonli odamlardan tashkil topgan odamlar guruhi o’zlarini boshqa guruhga qarshi qo’ygan, ularning tilini bilmagan, ba’zan geografik jihatdan ulardan alohida -alohida bo’lib yashaganlar.
2. Zoogeograflarning guvohlik berishicha, kenja turlar orasidagi tafovut, ularning bir - biridan qanchalik uzoq muddat davomida alohida -alohida yashaganliklari va ularning o’zaro aralashib ketmaganligi bilan belgilanadi.
3. Genetiklarning ta’kidlashicha, alohidalanish populyatsiyalarda belgilarning tarqalishiga gomozigota formalarni alohida -alohida ko’payishiga sababchi bo’ladi. Odam guruhi alohida yashashiga sabab har bir guruh o’z taqdiri kelajagini shu yer sharoiti bilan bog’laydilar. Bunga misol qilib eskimoslarning shimolda, bushmenlarning sahro – cho’lda yashashini olish mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |