4. Maktabgacha tayyorlov guruh bolalarini savodga o‘rgatishda multimedia
texnologiyalarini tatbiq etish. Maktabgacha tayyorlov guruhlari bolalarini savodga o‘rgatishda
multimedia texnologiyasidan foydalanish, asosan uch tomonlama amalga oshiriladi.
1. Kompyuter va uning dasturlari yordamida didaktik vositalar tayyorlanadi
hamda Internet va masofali ta’lim ashyolaridan foydalaniladi.
2. Kompyuter ishtirokida bevosita dialog metodi asosida bolalarga yangi
material o‘rgatiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, 6-7 yoshli bola kattalar kabi
kompyuterda ishlashga qodir emas. Shuning uchun, MTMlarda yangi materialni
o‘rganishda bevosita dialog metodidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu holda
kompyuter didaktik vosita manbai rolini o‘ynaydi.
3. Bilvosita dialog – virtual axborot muhitida kompyuter bilan dialog asosida
multimedia texnologiyasi amalga oshiriladi. Bunda material bolalar tomonidan
mustaqil o‘rganiladi, o‘tilgan material mustaqil takrorlanadi, mashqlar mustaqil
bajariladi, multimediali kompyuter o‘yinlari mustaqil amalga oshiriladi va bola
mashqlarni, komyuter qo’ygan vazifalarni, o‘yinlarni takror-takror bajarib, qo‘yilgan
mashg’ulot maqsadiga erisha oladi. Bu holda multimedia texnologiyasidan
foydalanganda kompyuter ta’lim manbai rolini o‘ynaydi. Maktabga tayyorlov
guruhlarini savodga o‘rgatishda multimedia texnologiyasidan foydalanishning asosiy
va yetakchi shakli mashg’ulotdir. Mashg’ulotlar «Bolajon» dasturi asosida,
belgilangan rejalar asosida olib boriladi. Yangi mashg’ulotlarni o‘rgatishga
qaratilgan, tekshiruvchi - sinovchi, majmuaviy «sayohat» yoki «ekskursiya» va
«kompyuterli o‘yin» shakllariga bo‘linadi.
Mashg’ulotning o‘yin shakli.
Tarbiyachi-pedagog bolalarni kompyuter ro‘parasiga joylashtiradi.
Kompyuter xotirasiga joylashtirilgan materiallarni monitor ekraniga chiqaradi.
Bolalarning diqqati ekranga chiqqan materialga qaratiladi. Tarbiyachi va bolalar o‘rtasida dialog
(savol-javob) boshlanadi. Bolalar tarbiyachi (pedagog) bergan topshiriqni mustaqil bajaradi.
O‘rganilgan material mustahkamlanadi. Bolalarning mashg’ulot davomida olgan bilimi
baholanadi. O‘rganilgan material bo‘yicha uyga topshiriq beriladi.
Mashg’ulot mazmuni. Multimedia texnologiyasidan foydalanib o‘tkaziladigan
mashg’ulotlar kompyuter texnologiyasiga asoslanadi. Shuning uchun, multimedia
texnologiyasiga asoslangan mashgulotlarni kompyuter mashg’uloti, deb ham atash mumkin.
Kompyuterli mashg’ulotlarning aksariyati birlashgan mashg’ulotlar shaklida o‘tkaziladi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, mashg’ulot davomida tarbiyalanuvchilarning kompyuter
oldida 15 daqiqadan ortiq o‘tirishi mumkin emasligi e’tiborga olinishi kerak. Shuni ta’kidlash
kerakki, «Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yilgan Davlat talablari»da ham
bolaning kompyuterda shug’ullanishi 15-20 daqiqa etib belgilangan. 15 daqiqaga rejalashtirilgan
material o‘tib bo‘lingach, 15-20 daqiqali oraliq bosqichi o‘tkaziladi.
Ushbu oraliq bosqichida tarbiyalanuvchilarning toliqishini hisobga olib, kompyutersiz
amalga oshiriladigan mashg’ulot o‘tkaziladi. Kompyutersiz o‘tkaziladigan ushbu oraliq
28. Adilova S. Multimedia va ularni ta`lim jarayonida qo‘llash // Pedagogikta`lim-T.: TDPU, 2001. № 2. -B.
20-21.
mashg’ulotlarda, mavzuga tegishli og’zaki savol-javoblar, topishoqlar, turli mazmundagi
o‘yinlar, amaliy tadbirlar (masalan, qaychi bilan harflar qirqish, qog’ozda yozishga o‘rgatish)
o‘tkaziladi. Shuningdek, she’r, ashula aytiladi va jismoniy mashqlar bajariladi. Jumladan, ko‘z
toliqishini bartaraf etuvchi ko‘z gimnastikasi - bir necha daqiqa davomida ko‘zni ochib yumish,
xonaning burchaklariga navbatma-navbat nazar tashlash kiradi. Oraliq bosqichdan so‘ng yana 15
daqiqali asosiy mashg’ulot davom ettiriladi.
Yangi bilim berishda bevosita dialog metodidan foydalanishni maktabga tayyorlov
guruhlari bolalarining yoshlari (6-7), ularning fikrlash darajalari va boshqa xususiyatlarini
e’tiborga olishni taqozo etadi. Bevosita dialog metodidan foydalanilgan holda kompyuter
didaktik vositalar manbai rolini o‘ynaydi.
Virtual akxorot muhitida kompyuter bilan (bilvosita) dialog metodining algortmi:
1. Kompyuter bola (tarbiyalanuvchi)ga - topshiriq, savol, mashqni bajarish yoki o‘yinni
bajarishni buyuradi.
2. Bola (tarbiyalanuvchi) topshiriqni bajaradi.
3. Kompyuter topshiriq bajarilishining to‘g’ri yoki noto‘g’riligini bildiradi.
4. Noto‘g’ri bo‘lsa, takroriy bajartiradi.
5. Kompyuter bolaning bilimini baholaydi.
Kompyuterda ishlovchi bola mashqlarni va kompyuter qo‘ygan vazifalarni, o‘yinlarni
takror-takror bajarib, maksadiga erisha oladi, chunki kompyuter - «bag’ri keng» va «toqatli,
sabrlidir». Bola xato qilgan taqdirda ham xatoni o‘zi tuzatgunga qadar hech kim unga tanbeh
bermaydi. Ammo bolalar kompyuterda mustaqil ishlagan hollarda ham ularning harakatlari
doimo tarbiyachi nazoratida bo‘ladi.
Bevosita dialog asosida o‘tkazilgan mashg’ulotda 15 daqiqa uzluksiz monitor ekraniga
qaragan va bolalar kompyuterdan uzoqroq «sichqoncha» va klaviatura kabellarining uzunligi
masofasida joylashgan holda bolalarning 95 foizi 15-20 daqiqadan so‘ng toliqishlari
yo‘qolganini bildirdilar. Multimediali kompyuter texnologiyasining ta’lim-tarbiya berish
metodikasini bayon qilishdan oldin uning quyidagi ikki jihatiga e’tibor berish kerak:
1) agar u yoki bu multimedia vositasi tarbiyalanuvchilarga bayon etib borilmasdan
namoyish etilsa, u oddiy multfilm bo‘lib qoladi.
2) agar tarbiyachi multimedia vositasini namoyish etish davomida uni tahlil etib
(tushuntirib, bayon etib) borsa, ta’lim jarayonini aks ettirib, multimedia texnologiyasiga
aylanadi.
Agar MTMdagi kompyuterlar soni 5-6 dan ortiq bo‘lsa, mashg’ulot frontal ravishda, bitta
bo‘lsa, undan navbatma-navbat foydalanilgan holda o‘tkaziladi. Bunday holda taklif etilgan
birinchi tarbiyalanuvchi tarbiyachi tomonidan berilgan savolga to‘g’ri javob bera olmasa,
ikkinchisidan so‘raladi. Agar MTMlarda proyektor va ekran (yoki elektron doska) bo‘lsa,
tarbiyachi mashgulotni «kompyuter-elektron doska» usulidan foydalanib olib boradi.
15-20 daqiqali ikkinchi bosqichdan so‘ng, uchinchi bosqichda birinchi bosqichda
kompyuterdan foydalanib, o‘rganilgan materiallar savol-javob asosida mustahkamlanadi va
tarbiyalanuvchilarning bilimlari baholanadi. Mashg’ulot oxirida uyga vazifa beriladi.
Tarbiyalanuvchilarga uyga beriladigan topshiriqlar kundalik turmushda uchraydigan
masalalardan bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Mashg’ulotning texnologik xaritasi. Maktabga tayyorlov guruhlarida mashg’ulotlar
garchi dars shaklida o‘tkazilmasa-da, tarbiyachi u yoki bu mavzu materiali bo‘yicha o‘ziga
mashg’ulotning texnologik xaritasini tuzib olishi kerak. Xaritada mashg’ulot mavzusi, maqsadi
va vazifalari, mashg’ulot mazmuni, mashg’ulotni amalga oshirish texnologiyasi, kutiladigan
natijalar, kelgusi ishlar, uyga vazifalar aks etishi kerak
Do'stlaringiz bilan baham: |