Nizomiy nomidagi toshkent davlat



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet312/325
Sana31.12.2021
Hajmi5,38 Mb.
#211667
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   325
Bog'liq
hjacki 11923 UMK NUTQ MA'RUZA 2019 NUTQ(1)

Media ta’lim nima? 
Media  ta’lim  interfaol,  bolaga  individual  ta’sir  etadigan  usul  sifatida  ta’lim  jarayoniga 
jadal  sur’atlar  bilan  kirib  kelmoqda.  Media  ta’lim  bolani  mustaqil  fikr  yuritishga,  ijodkorlik 
faoliyatlarini  rivojlantirishga,  axborot  olish,  uni  qayta  ishlash,  umumlashtirish,  xulosa 
chiqarishga o‘rgatadi. 
O‘quv  xonalariga  matbuot,  televidenie,  radio,  kino,  video  va  internet  olib  kirilmokda. 
Bularning barchasi media ta’lim nomi bilan ta’lim jarayonini tashkil etishga yordam bermoqda.  
Media  ta’limning  asosiy  mazmuni  mediamadaniyat  (kino  san’ati,  badiiy  televidenie  va 
badiiy media) tilini, uning tarixini bilish, tushunishdir. 
Uning  pedagogik  strategiyasi  mediamatnlarni  badiiy  tahlil  qila  olish,  uni  talqin  qilish 
asosida baho berishdan iboratdir. Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, media qanday shakllanadi, 
u  haqiqatni  ifodalaydimi,  kimning  manfaatini  ko‘zlaydi,  uning  mazmuni  nimalardan  iborat  va 
bolalar uni qanday qabul qiladilar - bu savollar hozirgacha turli munozaralarni tug’dirmoqda. 
Lekin shuni yodda tutish kerakki, media ta’limning markazida bola shaxsi turadi, uning 
qiziqish,  xohish, istaklarini  hisobga  olish,  olingan  axborot  asosida  tanqidiy  fikrlashga  o‘rgatish 
kerak. 
Turli davlatlar olimlarining fikrlariga ko‘ra, media ta’lim tarbiyaviy, ta’limiy ahamiyatga 
ega bo‘lib, bolalarni o‘quv-bilish jarayonida kreativ fikrlashga o‘rgatadi. 
Mediata’limning  eng  muhim  vazifalaridan  biri  yosh  avlodni  tobora  jadallashib 
borayotgan  axborot  oqimida,  har  xil  axborotni  olish,  tushunib  yetish,  uning  inson  psixikasiga 
ta’sirini bilish va undan to‘g’ri, maqsadli foydalanishga o‘rgatishdan iborat. 
Mediata’lim olingan axborotni integratsiya qilish, shu asosida shaxsiy fikrni bildirish va 
qayta olishga chorlaydi. O‘z fikrini erkin bildirish, shaxsiy rivojlanish, turli axborot xurujlariga 
qarshi fikr bildirish orqali o‘quvchining ijtimoiy faolligi oshadi, media axborotdan faol va to‘g’ri 
foydalanish madaniyati shakllanadi. Shu orqali berilayotgan axborot haqida fikr yurita boshlaydi. 
Shuning uchun ham mediamashg’ulotlar: 
•  «Badiiy-imitatsiyali»  -  kichik  senariylar,  mediamatnlar  tuzish,  uni  interfaol  usulda 
namoyish etish; 
•  Teatrlashgan  vaziyat  hosil  qilish  (mediamatn  asosida  ayrim  epizodlarni 
sahnalashtirish, mediamatn jarayonini namoyish etish); 
•  Tasviriy-imitatsiya tayyorlash (afishalar yaratish, fotoko‘rgazma, ma’lum mavzudagi 
asarlar rasmlarini namoyish etish) kabilarni tushunish, qo‘llay olish ko‘nikmasini hosil qiladi. 
Yuqoridagi didaktik materiallarni tayyorlash, namoyish etish, tahlil asosida xulosa qilish, 
emotsional  qabul  qilish  orqali  nafis  san’atni  tushunishga  olib  keladi.  Bu  holat  bolaning 
umumintellektual  rivojlanishida,  bilim  olishi,  tarbiya  topishida  muhim  omil  bo‘lib  xizmat 
qiladi
23

Mediamashg’ulotlar  berilayotgan  axborotni  qabul  qilish,  o‘zlashtirish  jarayonida  ikkita 
yangi komponent ishtirokini ta’minlaydi. 
                                                           
23
 Maktabgacha ta`lim muassasalari mudiralari uchun o`quv modullari 3-modul:2012 y. 


1.  Mediamashg’ulotlarda kompyuterlar universal holda qo‘llanishi bilan xarakterlanadi. 
2.  An’anaviy  texnologiyalar  vositalari  yoniga  dasturli  vositalar  to‘ldiruvchi  bo‘lib 
kiradi.  Dasturiy  ta’minot  ayrim  mavzularni  o‘qitish  va  o‘zlashtirish  uchun  Mediata’lim  qulay 
muhit  yaratadi.  Unda  ta’lim  mazmuni  aniq,  ravon  shakllantirilgan  bo‘ladi,  chizmalar,  rasmlar, 
jadvallar, videofragmentlar, ovozli, animatsion ta’minot kreativ bilan namoyish etiladi.  
Mediamashg’ulotlarning afzal jihati shundaki, ta’lim jarayonida bolalarning mustaqil ijod 
qila  olish  qobiliyatlarini  rivojlantiradi,  Shu  munosabat  bilan  mediamashg’ulotlar  mazmunini 
belgilash, tashkil etishda faqatgina o‘quv fani mazmuni nuqtai nazaridan yondashmasdan, balki 
uning  ta’limiy,  tarbiyaviy,  rivojlantiruvchi  tomonlarini  ham  hisobga  olish  kerak  bo‘ladi. 
Mediamashg’ulot  axborotdan  foydalanish  madaniyatini  shakllantirish,  ya’ni  kerakli  axborotni 
olish,  uni  yangi  texnik  vositalar  yordamida  qayta  ishlash,  amaliyotda  qo‘llash  ko‘nikmalarini 
rivojlantirishga qaratilishi talab etiladi. 
Media  mashg’ulotlar  kompyuterlashtirilgan  o‘quv  xonalarida,  multimedia  proyektor 
yordamida  o‘tkaziladi.  Bu  mashg’ulotni  tashkil  etishning  o‘ziga  yarasha  sanitariya-gigiena 
me’yorlari. bolalarning uzluksiz ishlash me’yorlari mavjud: 

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   325




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish