murojat etiladi. Maktab ostonasiga birinchi qadamini qo‘yar ekan sizning bolangiz hayotida
o‘chmas, esda qoluvchi damlar boshlanadi, deb savolnomalar tarqatiladi va yozma ravishda
javob berilishini iltimos qilinadi.
1.
Sizning bolangizda maktabda o‘qishga moyillik bormi?.........
2.
Sizningcha
bola
maktabga
tayyorgarlikni
oilada
oladimi?....................
3.
Maktabda muvaffaqiyatli o‘qib ketishi uchun nima zarur?..............
4.
Jismoniy sog’lom bo‘lishi uchun nimalarga e’tibor qaratilishi
lozim?.........................
5.
Shaxsan sizning bolangiz maktabgacha ta’lim muassasasidan so‘ng
maktab
sharoitiga
moslashishi
uchun
nimalarga
etibor
qaratar
edingiz?...........................
6.
Maktabgacha ta’lim muassasalari va maktab ta’limi o‘rtasidagi
farqlarni bolangiz ongiga singdira olasizmi?....
7.
Maktab hayotidagi qonun-qoidalarni bilishi va unga amal qilishiga
yordam bera olasizmi?.................................
8.
Maktabgacha ta’lim muassasalaridan qanday talab va istaklaringiz
bor?
kabi savollarga javoblar olingandan so‘ng munozarani olib borish uchun ota-onalarga
topshiriqlar beriladi:
- ota-onalarning maktab bo‘sag’asidagi tashvishlari qay darajada
ekanligini aniqlash,
- maktabga bolalarni har tomonlama tayyorlash uchun ota-onalarni
qiziqtirgan kitoblarning mavjudligi,
- bolani sog’lom muhitda tengdoshlari bilan o‘rtoqlashishga
ko‘maklashishi.
- o‘qish va sanashni bilish darajalarini aniqlashga yordam berish.
- bolalarni intizomli, tartibli, chidamli va mustaqil fikirlashga
undash.
Ota-onalar topshiriqlar yuzasidan o‘zaro munozara qilganlaridan so‘ng ularning fikr va
mulohazalarini tinglash hamda maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilari va boshlang’ich
ta’lim o‘qituvchilariga bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda ularni sog’lomligiga katta e’tibor
qaratish, jismonan va aqlan rivojlantirish mas’uliyatini yuklash, muassasalar bilan hamkorlikda
ish olib borish vazifalarini bajarishdan iboratligi tushuntiriladi hamda ta’limning keyingi turi -
boshlang’ich sinflarda muvaffaqiyatli ta’lim olishga yo‘naltiriladi. Xususan, mustahkam oilada
sog’lom bola tarbiyasi bolalarni ma’rifatli, ishbilarmon, tadbirkor, bugungi bozor iqtisodiyoti
sharoitiga o‘tishning ma’naviy-axloqiy asoslarini to‘g’ri tushuna oladigan, halol, to‘g’ri, birovlar
haqqiga xiyonat qilmaydigan, hayr-ehson, sahovat va muruvvat kabi fazilatlarning asl ma’nosini
yaxshi anglaydigan jamiyat a’zosi qilib tarbiyalashda maktabgacha ta’lim muassasalari va ota-
ona avvalo, o‘zi, qolaversa, farzandlarini ham o‘rgatib bormog’I, har biri o‘z mas’uliyatini
anglab yetmog’i, ota-ona va tarbiyachi farzand tarbiyasida mohirona bo‘lishi bugungi kun
talablaridan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |