Nizomiy nomidagi toshkent davlat


 Bolalarni monologik nutqni o‘rgatish ishining mazmuni va vazifalari



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/325
Sana31.12.2021
Hajmi5,38 Mb.
#211667
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   325
Bog'liq
hjacki 11923 UMK NUTQ MA'RUZA 2019 NUTQ(1)

1. Bolalarni monologik nutqni o‘rgatish ishining mazmuni va vazifalari. Hikoya qilib 
berish  (monologik  nutq)ga  o‘rgatishdir.  Ravon  nutqni  rivojlantirishda  monologik  nutq  katta 
yordam  berishi  amaliyotda  o‘z  isbotini  topgan.  Tafakkurning  rivojlanlanganligi  lug’at  boyligi, 
jumla tuzish malakasi, o‘z fikrini erkin va ravon bayon eta olish ko‘nikmasi bilan chambarchas 
bog’liq. 
Maktabgacha  katta  yoshdagi  bolalarga  muayyan  mavzular  bo‘yicha  ertaklar,  rasmlar 
asosida  hikoya  tuzish  topshirig’i  ham  berilishi  lozim.  Bunday  topshiriq  ustida  ishlash  orqali 
ularda  mustaqillik,  ijodiy  faollik  rivojlantiriladi.  «Bizning  oila»,  «Bahor  fasli»,  «Qo‘g’irchoq 
teatrida»,  «Ertaklar  mamlakatida»,  «Qo‘g’irchoqlarim-ovunchoqlarim»,  «Uch  ayiq», 
«Quyonlar»,  «Qovoqpolvon»  va  boshqa  mavzularda  hikoya  tuzishni  tavsiya  etish  bolalarni 
nihoyatda qiziqtiradi.  
Jumlani  to‘g’ri  tuzish,  tovushlarni,  qo‘shimchalarni  to‘g’ri  talaffuz  etish,  yoshiga  mos 
darajada  tasviriy  vositalardan  to‘g’ri  foydalana  olishiga  yordam  berib  boriladi.  «Bolalar 
maktabgacha  ta’lim  muassasalari  dasturi»ga  binoan  muayyan  mavzular  bo‘yicha  mustaqil 
jumlalar tuzish, ona tiliga xos tovush, so‘zlarni to‘g’ri talaffuz qilish, nutqning ta’sirchanligiga 
erishish, rasmlar asosida hikoya tuzish, kichik hajmli badiiy asarlarni qayta hikoya qilib berish, 
manzarali rasmlar asosida hikoyalar to‘zish talab etiladi. Lekin, kuzatishlar bu talablarning to‘liq 
bajarilmayotganini  ko‘rsatadi.  Vaholanki,  bolalarning  nutqini  rivojlantirishda  badiiy 
adabiyotning imkoniyatlari kattadir.  
Maktabgacha  ta’lim  muassasalari  tarbiyalanuvchilari  badiiy  adabiyot    namunalari  bilan 
har  kuni  tanishtirilib  boriladi.  hikoyatlar,  rivoyatlar,  ertaklar,  maqollar,  topishmoqlar,  tez 
aytishlar  va  qo‘shiqlar  ular  nutqining  ifodaliligini  ta’minlab  qo‘ya  qolmaydi,  balki  so‘z 
zahirasini ham boyitadi, adabiy til imkoniyatlaridan bahramand qiladi.  
«Bolalar  maktabgacha  ta’lim  muassasalari  uchun  dastur»da  badiiy  adabiyot  namunalari 
bilan tanishish uchun tavsiya etilgan ro‘yxatdan mashg’ulotlar o‘tkazishda keng foydalaniladi.  
Dasturda  qo‘shimcha  adabiyotlar  ham  tavsiya  etilgan  bo‘lib,  bular  asosiy  adabiyotlar 
vositasida  o‘tiladigan  mavzularni  to‘ldirishga  va  mashg’ulotlarni  yanada  boyitishga  yordam 
beradi.  Bolalar  nutqini  rivojlantirishda  eng  muhim  vazifalar  sifatida  ularning  lug’atini  boyitish 
va  faollashtirish,  nutqining  grammatik  tuzilishini,  tovush  madaniyatini,  dialogik  va  monologik 
nutqni shakllantirish, badiiy adabiyot namunalaridan foydalanish juda muhimdir. 
Ma’lumki,  bolalarning  kundalik  faoliyatida  hikoya  tuzishga  yo‘naltirishda  ularni 
so‘zlashga undamoq zarur. Masalan, «Kecha biznikida to‘y bo‘ldi» mavzusida bolalarning o‘zi 
tuzgan hikoyani quyidagicha yo‘naltiruvchi savollar bilan to‘ldirish mumkin.  


Sizlarnikida  «Qanaqa  to‘y  bo‘ldi?»,  «To‘yga  kimlar  keldi?»,  «Sen  to‘yda  nima  ish 
qilding?», «To‘y yaxshimi?», yoki bolalardan biri betob bo‘lib qoldi deylik. Sog’aygandan so‘ng 
maktabgacha ta’lim  muassasasiga kelgan kuni,  albatta, savol-javob  bo‘ladi:  «Sobir,  Zokir  yoki 
Gulchehra nima uchun maktabgacha ta’lim muassasalariga kelmay qo‘yding?» 
- «Men kasal bo‘lib qoldim».  
Shunda  tarbiyachi  bolani  so‘zlatish,  hikoya  dilishga  undash  uchun  quyidagi  savollarni 
beradi:  «Qanday  kasal  bo‘lding?»,  «Uyga  vrach  chaqirdilaringmi?»,  «Qanday  davolanding?», 
Betobligingda  zerikmasliging  uchun  senga  qanday  kitob  o‘qib  berishdi?»,  «Bizga  ham  aytib 
bergin-chi?».  
Bundan  tashqari,  mashg’ulotlar  xonasi  jihozlarini  o‘zgartirib  borish,  bolalar  chizgan 
rasmlar  ko‘rgazmasi,  kichkintoylar  uchun  kitoblar  ko‘rgazmasini  uyushtirish  jarayonidagi 
dialogik yoki monologik hikoyalar ham katta ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘ladi.  
Bu  borada  bizga  bolalarning  oilalari  yaxshi  yordam  berdilar.  Natijada  sovg’a  qilingan 
kitob,  kasb  haqida  suhbat,  musiqiy  lahzalar,  mehnat  jarayoni,  bolalarning  oilasidagi  yaqin 
kishilari - yozuvchi, shoir, rassom, bastakor, quruvchi, haydovchi,  doktor, o‘qituvchi, chilangar 
va boshqalar haqida maroqli hikoyalar tuzishga sabab bo‘ldi.  
Bolalarning  turli  ko‘katlar,  gullar  bayramida  gullar,  yangi  yil  ertaligida  turli  hayvonlar 
rolida chiqishlari, qo‘g’irchoq teatri spektakli kabi turli hikoyalarda o‘z ifodasini topdi. Demak, 
yaratilgan  sog’lom,  qiziqarli  muhit  ma’naviy  sog’lomlikning  muhim  mezoni  -  ravon  nutqning 
ham sog’lom bo‘lishiga olib keladi. Bu esa, o‘z navbatida, ravon nutqning har bir talabini reja 
asosida bir tizimda, maqsadga muvofiq amalga oshisihini ta’minlaydi. 

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   325




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish