Nizomiy nomidagi toshkent davlat


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/325
Sana31.12.2021
Hajmi5,38 Mb.
#211667
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   325
Bog'liq
hjacki 11923 UMK NUTQ MA'RUZA 2019 NUTQ(1)

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar: 
1.  Maktabgacha yoshdagi bola nutqning grammatik to‘g’riligini qanday o‘stiriladi? 
2.  Dialogik  nutqni  rivojlantirishga  doir  maxsus  mashg’ulotlarning  qanday  ahamiyati 
bor? 
3.  Nutqda eng muhimi qaysi? 
4.  Dialogik ravon nutqni rivojlantirishga doir qanday maxsus mashg’ulotlarni bilasiz? 
5.  Dialogik nutqqa o‘rgatish usullari haqida nimalarni bilasiz? 
15-§. Bolalarni monologik nutqqa o‘rgatish 
Reja: 
 
 
1. Monologik nutqini shakillantirishning nazari asoslari.  
2. Monologik nutqini shakllantirish usullari. 
Tayanch  tushunchalar:  zanjirli  aloqa,  intonatsiya,  kontaminatsiyalangan,  Monologik 
nutq, so‘z ijodkorligi, nutqning grammatik tizimi. 
1.  Monologik  nutqni  shakllantirishning  nazariy  asoslari.  Monologik  nutq  bir 
kishining boshqalarga qaratilgan nutqi hisoblanadi va hikoya qilish, xabar berish, o‘qigani  yoki 
eshitganini qayta so‘zllab berish, o‘zi savol berib, o‘zi javob berish shaklida namoyon bo‘ladi. 


Bolalarga keng yoyilgan fikr tuzishni o‘qitishda tarbiyachi ularda matn tuzilmasi (boshi, 
o‘rtasi,  ohiri)  haqidagi  eng  oddiy  bilimlarni,  gap  bilan  fikrning  tarkibiy  qismlari  o‘rtasidagi 
aloqalar  haqidagi  tasavvurni  shakllantirishi  zarur.  Aynan  ushbu  ko‘rsatkich  (gaplar  o‘rtasidagi 
aloqa  vositasi)  nutqiy  fikrning  ravonligini  shakllantirishning  muhim  shartlaridan  biri  sifatida 
ishtirok etadi. 
Har qanday tugallangan fikrda iboralarni bog’lashning keng tarqalgan variantlari mavjud 
bo‘ladi.  Gaplarni  bog’lashning  eng  keng  tarqalgan  usuli  –  bu  zanjirli  aloqadir.  Olmosh,  leksik 
takrorlash,  sinonimik  jihatdan  o‘rin  almashish  mazkur  aloqaning  asosiy  vositalari  hisoblanadi. 
Zanjirli aloqa nutqni yanada moslashuvchan va rang-barang qiladi, chunki bola bu usulni egallar 
ekan, bir so‘zni qayta takrorlashdan qochadi. 
Pedagog  bolalarga  gaplarni  parallel  ravishda  bog’lashni  o‘rgatishi  zarur,  bunda  gaplar 
bir-biriga  ulanmaydi,  balki  taqqoslanadi  yoki  hatto  qarama-qarshi  qo‘yiladi  (Kuchli  shamol 
esardi. Quyon iniga yashirinib oldi). 
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarga ravon matnlar tuzishni o‘rgatishda ularda mavzuni 
va  aytilgan  so‘zning  asosiy  fikrini  ochib  berish,  matnga  sarlavha  qo‘yish  qobiliyatini 
rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish zarur. 
Ravon  fikrni  tashkil  etishda  intonatsiya  katta  rol  o‘ynaydi,  shuning  uchun  ayrim  gaplar 
intonatsiyasidan  to‘g’ri  foydalanish  ko‘nikmasini  shakllantirish,  umuman,  matnning  tarkibiy 
birligi va mazmunan tugallanganligini qayd etishga yordam beradi. 
Kattalar 
bilan 
bolalarning 
birgalikdagi 
so‘z 
ijodkorligi 
monologik 
nutqni 
rivojlantirishning  asosiy  sharti  hisoblanadi.  Endigina  besh  yoshga  to‘lgan  bolalar  tanish 
ertaklarni  hikoya  qilib  berish,  voqealar  to‘qish,  shaxsiy  tajribasidan  so‘zlab  berishga  qiziqishni 
namoyon qiladilar. Katta  yoshli kishi  yo‘naltiruvchi va aniqlashtiruvchi savollarni berish, o‘yin 
vaziyatlarini yaratish orqali bola tashabbusini qo‘llab-quvvatlashi darkor. Pedagogning sekingina 
hikoya  mazmunini,  rejasini,  voqealarning  ehtimoliy  rivojini,  so‘z  shaklini  aytib  qo‘yishi 
birgalikdagi so‘z ijodkorligida muhim ahamiyatga egadir. 
Axborotni  uzatish  yoki  uni  bayon  qilish  usullariga  ko‘ra  fikr  bildirishning  quyidagi 
turlarini  ajratish  mumkin:  Tasvirlash,  bayon  qilish  mulohaza,  ular  maktabgacha  yoshdagi 
bolalarning ravon fikrlarida kontaminatsiyalangan (aralash) ko‘rinishda uchrashi mumkin, ya’ni 
ularda tasvirlash (mulohaza) usullari bayon qilishga qo‘shilib ketadi (va aksincha). 
Har  xil  turdagi  matnlar  tuzishni  o‘qitishni  ishlarning  suhbat,  o‘zining  va  begonalarning 
matnini  tahlil  (baholash)  qilish,  reja  tuzish  va  u  bo‘yicha  hikoya  qilish,  matn  sxemasidan 
(modelidan),  turli  xil  mashqlardan  foydalanish  kabi  shakllarda  amalga  oshirish  tavsiya  etiladi. 
So‘z  predmetlar,  jarayonlar,  xususiyatlarni  nomlash  uchun  muhim  til  birligi  hisoblanadi.  So‘z 
ustida ishlash  nutqni  rivojlantirish borasidagi  ishlarning umumiy  tizimida  eng  muhim  ishlardan 
biri  hisoblanadi.  Ona  tilining  lug’at  tarkibini  egallash    uning  grammatik  tizimini  o‘zlashtirish, 
ravon monologik nutqni rivojlantirish, nutqning tovush jihatini shakllantirishning zarur shartidir. 
So‘zning  til  birligi  sifatidagi  ajralmas  xususiyati  uning  mazmunidir.  Insonda  so‘zlarning  turli 
ma’nolarini  tushunish  ko‘plab  yillar  davomida  rivojlanadi.  Pedagog  so‘zdan  foydalanishda 
semantik  aniqlikni  ta’minlash  uchun  bolani  aynan  bir  so‘zning  turlicha  ma’nolari  bilan 
tanishtirishi zarur. Bolada so‘zlar va so‘z birikmalarini matn bilan, nutqiy vaziyat bilan qo‘llash 
ko‘nikmasini  rivojlantirish  ravon  fikrlarni  hosil  qilish,  so‘zlardan  erkin  foydalanish  va  ularni 
mazmuniga  qarab  bog’lashda  til  vositalarini  erkin  tanlash  qobiliyatini  shakllantirishga  yordam 
beradi. 
Narsalarning  so‘zdagi  ifodasi  (nomi)ni  bolalar  ularni  o‘rab  turgan  borliq  bilan  tanishish 
jarayonida  o‘zlashtirib  oladilar.  Biroq,  maktabgacha  yoshdagi  bolaning  lug’ati  nafaqat  miqdor 
jihatdan  o‘sishga,  balki  sifat  jihatdan  takomillashuviga  (so‘zlar  ma’nosini  aniqlashtirish, 
sinonimlar,  antonimlar,  ko‘p  ma’noli  so‘zlarni  qo‘llashdagi  semantik  aniqlik,  ko‘chma 
ma’nolarni  tushunish)  muhtojdir.  Agarda  muayyan  so‘zni  qo‘llashni  o‘rgatish  uning  mazmuni 
bilan bog’liq bo‘lib, so‘z ustida ishlash jarayonida assotsiatsiya asosidagi bog’liqliklar o‘rnatilsa, 
bolalar ushbu so‘zni tezroq o‘zlashtiradilar 


Maktabgacha  yoshdagi  bolalar  lug’atini  rivojlantirishda  so‘zlarni  mavzuga  oid 
guruhlarga  birlashtirish  tamoyili  muhim  hisoblanadi.  Til  birliklari  o‘zaro  bog’langan  va  bir-
biriga  tobe  bo‘ladi.  Mavzuga  oid  qatorlarni  tashkil  qiluvchi  so‘zlar  umumiyligi  negiz  atrofida 
joylashadigan  semantik  maydon  hisoblanadi.  Chunonchi,  ko‘p  ma’noli  so‘z  bo‘lmish  igna 
archasimon daraxt bargi ma’nosida quyidagi semantik maydonga kiradi: daraxt - daraxt tanasi – 
novdalar  –  yashil  –  momiq  -  o‘sadi  -  tushib  ketadi.  Aynan  shu  so‘z  «tikuv  ignasi»  ma’nosida 
boshqa semantik qatorga kiradi: tikmoq - tikib qo‘ymoq - mato ustidan ip bilan tikmoq – ayollar 
ko‘ylagi - erkaklar ko‘ylagi – naqsh – o‘tkir - o‘tmas va h.k. 

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   325




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish