Xulosa:
Tarbiyachi navbatdagi topshiriqni bajarishga bolalarni jalb etishdan avval har bil bola
haqida qandaydir yaxshi so‘z aytishga, ularni dadillashtirishga harakat qilishi kerak. Masalan:
«Quyonlarni boqishni Alisherga ishonib topshiraman. Uning qo‘llari judayam sahiy!» «Odina-
g’amxo‘r», «Madina juda xushchaqchaq», «Iroda – mehnatsevar» va shunga o‘xshash bolalarga
berilgan baholar ularda o‘ziga ishonchni, xatti-harakatlariga baho bera olishni vujudga keltiradi.
Bolalar o‘zlarining yaxshi javoblari va a’lo xulqlari bilan javob berishga, o‘z tehgdoshlariga
nisbatan samimiy bo‘lishga harakat qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |