Nizomiy nomidagi toshkent davlat


-7-§. Kichik yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishning vazifalari



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/325
Sana31.12.2021
Hajmi5,38 Mb.
#211667
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   325
Bog'liq
hjacki 11923 UMK NUTQ MA'RUZA 2019 NUTQ(1)

6-7-§. Kichik yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishning vazifalari, 
metodlari va vositalari 
Reja: 
1. 
Kichik yoshdagi bolalar nutqini o‘stirish vazifalari. 
2. 
Kichik yoshdagi bolalar nutgini o‘stirishning metodik masalalari.  
3. 
Kichik yoshdagi bolalar uchun mashg’ulotlar ishlanmasi.  
4. 
Bolaning  har  bir  yosh  bosqichida  nutqning  tovush  madaniyatini 
tarbiyalash.  
 
Tayanch  tushunchalar:  Psixolingvistik  adabiyotlar,  yarim  tillilik,  ijtimoiy  kutish, 
kommunikativ  yo‘naltirilganlik,  ijtimoiy  vaziyat,  emotsional  kechinmalar,  ermak  o‘yinlar, 
diksiya, emotsional ekspressiya, empatiya 
1.  Kichik  yoshdagi  bolalar  nutqini  o‘stirish  vazifalari.  Uch-besh  yoshli  bolalarda 
kattalarning mehriga, ularning tushunishiga va u bilan muloqot qilishiga ehtiyoj saqlanib qoladi. 
Kattalarga nisbatan ishonchga asoslangan muloqot va uning emotsional ahvolini (quvonch, zavq-
shavq,  qayg’u,  xotirjamlik,  jahldorlik  va  h.k.)  his  qilishga,  kayfiyat  o‘zgarganligi  sabablarini 
tushunishga qodirlik rivojlanadi. Kattalar bilan muloqotning yangi shakli – qiziqarli mavzularda 
muloqot  qilish  vujudga  keladi  va  rivojlanadi.  U  dastlab  kattalar  bilan  birgalikdagi  bilish 
faoliyatiga  (masalan,  o‘yin,  predmetlar  va  o‘yinchoqlar  bilan  tajriba  o‘tkazish,  qog’ozdan  va 
tabiiy materialdan narsa yasash va boshq.) qo‘shilib ketgan, so‘ngra, bola hayotining beshinchi 
yili  oxiriga  kelib  muayyan  vaziyat  bilan  bog’liq  bo‘lmagan  bilish  mavzularidagi  «nazariy» 
muloqot ko‘rinishiga ega bo‘ladi. 
Bolalarning katta yoshli odam bilan muloqotga bo‘lgan ehtiyojining qondirilmasligi ular 
o‘rtasida emotsional jihatdan begonalashuvga olib keladi. U turli ko‘rinishda namoyon bo‘ladi: 
ba’zi  bolalar  indamas,  hurkak,  arzimagan  narsaga  ham  yig’lab  yuboruvchi  bo‘lib  qoladilar; 
boshqalari esa – negativizm, tajovuzni namoyon qilishadi. 
Bola hayotining to‘rtinchi yilida tengdoshi uning uchun eng avvalo, birgalikdagi amaliy 
faoliyat  (rasm  chizish,  narsa  yasash,  tuzish  va  h.k.)  ishtirokchisi,  o‘yindagi  sherik  sifatida 
qolaveradi.  Bola  tengdoshiga  eng  oddiy  talablar,  iltimoslar  bilan  murojaat  qiladi  va 
tengdoshining  harakatiga  baho  beradi.  Besh  yoshli  bolalar  tengdoshlarining  hadeb  u  yoki  bu 
narsani so‘rab, jonga tegishini salbiy baholaydi. 
Besh yoshga kelib, tengdoshlari bilan muloqotga va ular bilan bolalar jamiyatini vujudga 
keltiradigan  birgalikdagi  o‘yinlarga  bo‘lgan  ehtiyoj  keskin  ortadi.  Bola  hayotining  beshinchi 
yiliga kelib, u o‘z tengdoshlari o‘rtasida o‘z o‘rnini anglay boshlaydi. Kommunikativ qo‘nikma 
rivojlanadi:  bola  salomlashadi  va  xayrlashadi,  do‘stini  ismini  aytib  chaqiradi,  to‘rt-besh 
yoshlarga  kelib  –  sherigini  u  o‘ynayotgan  rol  nomi  bilan  chaqiradi  («hoy,  shofyor,  arqon 
g’ildirakning tagiga tushib ketdi»). 
Kattalar va tengdoshlar bilan muloqot qilish bolaga o‘zining «men»ini anglash imkonini 
beradi. Aynan muloqotda «men» obrazining shakllanishi ro‘y beradi. Qulay tarbiya sharoitlarida, 


ya’ni  kattalar  va  tengdoshlari  bolaga  xayrihohlik  bilan  munosabatda  bo‘layotganida  uning 
ma’qullanishiga, ijobiy bahoga, tan olishga bo‘lgan ehtiyoji qondiriladi. Salbiy muloqot tajribasi 
tajovuzga, o‘ziga nisbatan ishonchsizlikka, odamovi bo‘lib qolishga olib keladi. 
Bolaning  o‘ziga-o‘zi  baho  berishi,  odatda  yuqori  bo‘ladi.  Kichik  bolakay  o‘z  shaxsini 
haddan  tashqari  yuqori  baholashi  tabiiy,  o‘rinlidir  va  bu  kimdir  uning  shaxsiy  xususiyotlarini 
salbiy baholagan («qizg’anchiq») yoki uning xulq-atvorini, faoliyatini qandaydir bir ideal bilan, 
masalan tengdoshi bilan taqqoslagan taqdirda, shaxsni himoya qilishning o‘ziga xos mexanizmi 
hisoblanadi. 
Yosh  o‘tishi  bilan  bolaning  o‘z  aytgan  so‘zlariga  va  hatti-harakatlariga,  shuningdek, 
faoliyatning  har  xil  turlaridagi  o‘z  imkoniyatlari  va  yutuqlariga  mos  tarzda  baho  berish 
rivojlanadi. 
Besh yoshga kelib o‘zi sodir etgan hatti-harakatlarni ularning boshqa odamning va uning 
o‘zining jismoniy va emotsional  ahvoli uchun keltirib chiqaradigan oqibatlari nuqtai-nazaridan 
baholashi  mumkin.  Unga  «Agar  men  birovga  yomonlik  qilsam,  bu  unga  ham,  menga  ham 
yoqmaydi,  ikkimiz  ham  xafa  bo‘lamiz.  Agar  men  yaxshi  ish  qilsam,  ikkovimiz  ham  xursand 
bo‘lamiz» degan fikr-mulohazaning mazmuni tushunarli bo‘ladi. Bolada qiziqishlar va qadriyat 
yo‘nalishlari,  o‘g’il  bolalar  va  qizlarga  xos  bo‘lgan  muayyan  faoliyat  turlarini  va  o‘zini  tutish 
usullarini  afzal  ko‘rish  shakllana  boshlaydi  (masalan,  qizaloqlar  qo‘g’irchoq  o‘ynashsa,  o‘g’il 
bolalar mashinalarni o‘ynaydilar va h.k.). 

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   325




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish